O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


Download 0.77 Mb.
bet164/216
Sana14.11.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1772326
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   216
Bog'liq
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

Ishtirokni sotib olish
Ishtirokni sotib olishda (buy-in) bir guruh xususiy shaxslar bungacha ular hech qanday aloqaga ega bo‘lmagan kompaniyaning bir qismini yoki, ehtimol, butunlay sotib olish yuzasidan umumiy taklif kiritadi. MBO kabi ishtirokni sotib olish mashhurligi 1980 va 1990- yillarda sezilarli darajada oshdi. MBO tadqiqotlar markazi (Centre for Management Buy-out Research) ning ma‘lumotlariga ko‘ra, Buyuk Britaniyada 1979-yilda ishtirokni xarid qilish bo‘yicha 0,5 mln f.st. qiymatli faqat bitta bitim tuzilgan. 2000-yilga kelib ularning soni taxminan 200 gacha yetgan. O‘z xususiyatlari, jumladan, moliyalashtirish usuliga ko‘ra, MBOlar, asosan, ishtirokni sotib olishga o‘xshaydi. Ishtirokni sotib olish bo‘yicha ko‘pgina bitimlar juda yirik miqdorda pul to‘lash bilan bog‘liq.
Yuqorida aytib o‘tilgan Northern Foods plc kompaniyasi tomonidan Fox qandolat fabrikasining sotilishi bir guruh odamlar tomonidan ishtirokini sotib olish edi ((buy-out team).
Yana bir misol, Caterham Cars Ltd ni 2005-yil yanvar oyida bir guruh shaxslarga sotishdir. Caterham Cars kompaniyasi
ixtisoslashtirilgan sport avtomobillarini ishlab chiqaradi. Uning asoschilari (1973-yilda), boshqaruvchilari va egalari sotuv vaqtiga qadar Nirn oilasi bo‘lgan. Ishtirokni sotib olish bo‘yicha guruhga Lotus Cars Ltd kompaniyasi menejeri Ansar Ali boshchilik qilgan. Bitimni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash venchur kapitali yetkazib beruvchi Corven Ventures Ltd firmasi tomonidan amalga oshirilgan. (Venchur kapitali kichik biznesni rivojlantirish uchun taqdim etiladigan nisbatan kichik miqdordagi pul mablag‘laridan iborat bo‘lib, bu haqda boshqa bobda so‘z yuritilgan).
Ishtirokni sotib olish bo‘yicha bitimlar kichik oilaviy kompaniyaning aksiyalar paketiga egalik qiluvchi aksiyador pensiyaga chiqishga qaror qilgan taqdirda tez-tez ro‘y beradi.
Chiqarib yuborish
Chiqarib yuborish (sell-off) deb bir korxona o‘z faoliyatining bir qismini (ya‘ni, aktivlarining bir qismini) boshqa korxonaga, odatda, pul uchun sotadigan bitimga aytiladi. Chiqarib yuborish birlashishga muqobil bo‘lishi mumkin. Sotuvchi kompaniyaning aktivlari boshqa kompaniyaga ba'zan to‘liq sotiladi, lekin qarzlarni to‘lash majburiyati sotuvchi kompaniyada qolaveradi.
2004-yil oxirida ingliz kema va transport kompaniyasi The Peninsular and Oriental Steam Navigation Company plc (P and O) Ispaniyadagi Med Group Leisure Investment MV ispan firmasiga 102 million funt sterlingga ko‘ngilochar va sport kurortini La Manga ni sotib yuborishi chiqarib yuborishga yaqqol misol bo‘lib xizmat qiladi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling