O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


Download 0.77 Mb.
bet167/216
Sana14.11.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1772326
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   216
Bog'liq
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

NAZORAT SAVOLLARI


  1. Aksiyadorlar farovonligini maksimallashtirishga intilayotgan kompaniyaga korporativ qayta tarkiblash ijobiy ta‘sir qiladimi? Javobingizni izohlang.



  2. Nishon-kompaniya aksiyadorlari xaridor kompaniya tomonidan o‘zining aksiyalarini xarid qilish bo‘yicha (aksiyalarni aksiyalarga ayirboshlash asosida) taklifga qanday munosabatda bo‘lishi lozim?



  3. Birlashish va yutib yuborishga nisbatan Buyuk Britaniyada monopoliyaga qarshi tartibotning asosiy tamoyillari qanday?



  4. Aksiyalarning kompaniya menejmenti tomonidan sotib olinishi bilan ishtirokni sotib olish o‘rtasidagi farq nimadan iborat?



  5. Chiqarib tashlash kurtaklashdan nimasi bilan farq qiladi?



  6. Buyuk Britaniyada kompaniyalarning birlashishi bo‘yicha bitimlar umuman olganda muvaffaqiyatli kechmoqdami?



10-BOB. STARTAPLARNI MOLIYALASHTIRISH
Ushbu bobda biz quyidagi masalalarni ko„rib chiqamiz:



10.1. Startap tushunchasi
So‘nggi yillarda biznesda startap kabi hodisa nafaqat mashhur, balki urf bo‘lib qoldi. Televidenieda startaplar haqida gapirishmoqda, bu haqda kitoblar chop etilmoqda. Bir qarasangiz, Internetda yangi tematik resurslar paydo bo‘lmoqda. Startap bilan —tandirdan yangi uzilgan” kompaniya o‘rtasidagi farq bor-yo‘qligi ham har kimga tushunarli emas. Startapning o‘ziga xos xususiyatlari bormi? Yoki bu atama istalgan istiqbolli tashabbusga ishora qiladimi?
—Startap” so‘zi inglizcha startup - —startap” tushunchasidan kelib chiqadi va u endigina yaratilgan yoki hali yaratilish jarayonida bo‘lgan kompaniyani anglatadi.
Bunda o‘sha kompaniyaning rivojlantirish va ilgari surish lozim bo‘lgan qandaydir biznes g‘oyasi mavjudligi, ammo uning yaratuvchilari hozircha bozor tadqiqotlari va uni amalga oshirish uchun mablag‘ qidirish bilan bandligi nazarda tutiladi.
Ba'zan iste'molchilarga innovatsion tovar va xizmatlarni taklif qilmoqchi, ammo hozirda mutanosib biznes-texnologiyalar va moliyaviy ko‘mak izlash jarayonida bo‘lgan kompaniyalar startaplar deb ataladi. Bunday kompaniyalarning kelajagi ancha mavhum ko‘rinadi.
Faoliyat sohasidan qat'i nazar, har qanday kompaniya startap deb hisoblanishi mumkin. Biroq ayrim doiralarda yuqori texnologiyalar,
Internet-biznes va —aralash fanlar” sohasidagi tashabbuslargina startaplar deb ataladi.
—Startap” tushunchasi o‘tgan asrning 30-yillarida Amerikada paydo bo‘lgan. Aynan o‘sha paytda ikki talaba - Xyulett va Pakkard - mo“jazgina korxonaga asos solib, uni “startup” deb atashadi. Keyin ayon bo‘lishicha, ushbu kompaniyani yuksak istiqbol kutib turgan ekan Ayni paytda bu kompaniya bizga Hewlett-Packard yoki HP nomi bilan ma‘lum-u mashhurdir.
Startaplar haqida so‘z ketganda, yurtdoshlarimiz ko‘pincha o‘ziga o‘xshashlar orasida alohida ajralib turadigan internet-resurslarni tasavvur qilishadi. Eng mashhur va muvaffaqiyatli startaplar sifatida videofayllar xostingi Youtube, «xalq entsiklopediyasi» - Vikipediya (hech bir bahs-munozara unga murojaatsiz kechmaydi), shuningdek, eng yirik ijtimoiy tarmoqlar - Facebook va VKontakte tilga olinadi. Ko‘pchilik bu loyihalar negizida betakror g‘oya yotganligi uchun shunchalik mashhur bo‘lib ketgan deb o‘ylaydi. Lekin bu unchalik ham to‘g‘ri emas.
Boshqa mamlakatlarda “startap” tushunchasi biroz boshqacha talqin etiladi. Startaplarning eng yorqin misollari - bu xalqaro miqyosda dovrug‘ qozongan IT-korporatsiyalar: Microsoft, Apple, Google. Ushbu gigantlarning tarixi, chindan ham, mo‘‘jaz narsadan - aynan esa, o‘z g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishga ishtiyoqmand bo‘lgan bir qancha hamfikrlarning kichik guruhidan boshlangan.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling