O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


REZYUME Birlashish (yutib yuborish)


Download 0.77 Mb.
bet166/216
Sana14.11.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1772326
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   216
Bog'liq
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

REZYUME
Birlashish (yutib yuborish)


  • Birlashish - boshqa kompaniyadan uni nazorat qilish uchun etarli bo‘lgan aksiyalar paketini sotib olish.



  • Organik rivojlanishga muqobil sanaladi. (Kompaniyaning organik rivojlanishi kompaniya ichida ishlab chiqilgan yangi loyihalar tufayli rivojlanishdir).



  • Birlashishlar nishon-kompaniya aksiyadorlari va xaridor kompaniya aksiyadorlari tomonidan NPV tamoyillari asosida, ya‘ni, aksiyadorlar farovonligini oshirish mantig‘i nuqtai nazairdan baholanadi.



  • Birlashish sabablari:



  • raqobatni bartaraf etish yoki uni qisqartirish;



  • ta‘minot manbalari yoki sotish kanallarini himoya qilish;



  • ko‘lam samarasiga erishish;



  • etarlicha foydalanilmayotgan aktivlarni qo‘lga kiritish;



  • diversifikatsiyalash orqali riskni qayta taqsimlash;



  • sinergiya (2 + 2 = 5).



  • Birlashishni moliyalashtirish usuli sotib oluvchi kompaniya uchun maqbul bo‘lishi va nishon-kompaniyaning aksiyadorlariga jozibali bo‘lishi kerak.



  • Pul bilan to‘lash oluvchiga turli xil imkoniyatlarni taqdim etadi; soliq oqibatlari bo‘lishi mumkin.



  • aksiyalar bilan to‘lash nishon-kompaniya aksiyadorlari orasida ommabop bo‘lishi mumkin; Shu bilan birga, xaridor kompaniyaning aksiyadorlik kapitalini nazorat qilish zaiflashadi; sotib oluvchi uchun leverej bilan bog‘liq oqibatlar ham yuzaga keladi.



  • Obligatsiyalar bilan to‘lash, odatda, ayni paytda qimmatli qog‘ozlarga egalik qilayotgan investorlar orasida ommabop emas; Bundan tashqari, xaridor uchun leverej bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi.



  • Birlashish natijalari ziddiyatli; so‘nggi yillarda birlashish biroz muvaffaqiyatli kechmoqda.



Divestitsiyalar



  • Divestitsiya - kompaniyaning tarkibidan uning bir qismini ajralib chiqishi, bunda quyidagilar maqsad qilinadi:



  • asosiy faoliyatga e‘tibor berish;



  • “muammoli” investitsiyalardan xalos bo‘lish;



  • mablag‘ jalb etish.



Kompaniyaning menejment tomonidan sotib olinishi (MBO):



  • MBO - kompaniyaning bir qismini o‘z xodimlarining bir guruhiga sotish.



  • Ko‘pincha yirik miqdorda qarz mablag‘larini jalb qilish yo‘li bilan moliyalashtiriladi (“qarz mablag‘lari yordamida sotib olish”).



  • Ishtirokni sotib olish - tashqi investorlar guruhi kompaniyaning bir qismini sotib oladi.



  • Chiqarib yuborish - bir kompaniya o‘z qismini boshqa kompaniyaga sotadi.



Kurtaklash:



  • Kurtaklash - kompaniyaning bir qismini ajratish, yangi kompaniya tashkil etish va boshlang‘ich kompaniya aksiyadorlari uchun har birining ulushiga mos ravishda aksiyalar chiqarish.



  • Odatda, ikkita sababdan biri tufayli amalga oshiriladi.



  • kurtaklangan kompaniyani yuridik mustaqil qilish istagi;



  • butun kompaniyani yutib yuborishga urinishning oldini olish istagi.




Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling