O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


Startaplarni moliyalashtirish manbalarining turli-tumanligi


Download 0.77 Mb.
bet174/216
Sana14.11.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1772326
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   216
Bog'liq
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

Startaplarni moliyalashtirish manbalarining turli-tumanligi
Mablag‘lar jalb qilishning yuqorida ko‘rsatilgan shakllari loyihani amalga oshirishning har bir bosqichida turli moliyalashtirish manbalari mavjudligini nazarda tutadi. Asosiy investitsion agentlar ikki guruhga bo‘linadi:


Investitsiya fondlari. Xususiy investitsiya fondlari o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda daromad keltiradigan istiqbolli loyihalarga depozitlardan jalb qilingan aktivlarni investitsiyalashga ixtisoslashgan tashkilotlardir. Venchur fondlar rivojlanuvchi innovatsion startaplarni qo‘llab-quvvvatlashga qaratilgan. Bunday investitsiyalar risk darajasi bilan farqlanib turadi. Biroq investitsiya to‘g‘risida qaror qabul qilishdan oldin, investor tadbirkorlik sub‘ekti tomonidan taqdim etilgan loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish ehtimoli nuqtayi nazaridan baholaydi. Riskni xejerlash maqsadida birdaniga turli sohalardagi qator loyihalarga mablag‘ ajratiladi. Investitsion venchur fondlarning vazifalaridan biri innovatsion startaplarning faoliyati ustidan nazoratni qo‘lga kiritish sanaladi. IMI.VC, RunaCapital, KiteVentures, ru-NetVentures, ABRT VentureFund va boshqalar Rossiya kabi butun dunyo bo‘ylab
startaplarni moliyalashtirish bilan shug‘ullanuvchi yirik tashkilotlar sanaladi.
Biznes farishtalari kim. Biznes farishtalari xususiy investorlar sanaladi. Ular uchun startaplarni moliyalashtirish - investitsiya fondlari bilan bir xil - kelgusida foyda olish uchun o‘z aktivlarini daromadli ravishda joylashtirish imkoniyati. Ammo shunga o‘xshash manbadan mablag‘ olish ehtimoli ancha yuqori. Ko‘pincha, biznes farishtalari investitsiya qilish riskini ob'yektiv baholash uchun etarlicha kompenent emas. Tadbirkorning g‘oyasi kerakli hissiy taassurot qoldirishi va bu bilan startap uchun moliyalashtirish ta'minlanadi.
Rasmiy investitsion fondlar va tijorat banklari bilan taqqoslaganda, biznes farishtalari investitsiyalarning tez daromad keltirishi jihatidan kam talablarga ega. Investitsiya fondlari uzoq muddatli qo‘yilmalarga mo‘ljal oladi, shuning uchun dastlabki bosqichlarda vaqtinchalik qiyinchiliklarga tushunish bilan yondashadi. Biznes farishtalari o‘z qo‘yilmalari asta-sekin foyda keltirishidan manfaatdor va faqat o‘z resurslarini tasarruf etishadi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling