O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


Aksariyat investorlarni quyidagi masalalar qiziqtiradi


Download 0.77 Mb.
bet177/216
Sana14.11.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1772326
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   216
Bog'liq
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

Aksariyat investorlarni quyidagi masalalar qiziqtiradi:


  • jamoaning malakasi,



  • tavsiya etilgan mahsulot / xizmat uchun bozor imkoniyatlarining mavjudligi



  • loyihangizning moliyaviy unsurlari.



Buni taqdimotni tayyorlashda ham, biznes-rejani ishlab chiqishda ham hisobga olish kerak.
Birinchi va asosiy punkt - loyiha menejmentidir. Shuni esda tutish kerakki, investor g‘oyani emas, uni hayotga tatbiq eta oladigan jamoani moliyalashtiradi. Shuning uchun, agar biznes-reja yoki taqdimotni o‘qiyotganda, investor loyiha menejmentidan shubha qilsa, bu u sizning g‘oyangizga investitsiya qilmasligini anglatadi.
Bekgraund, jamoangiz a‘zolarining tajribasi va malakasi investor uchun taqdimot paytida muhokama qilinadigan dastlabki punktlardan biri bo‘lishi kerak. Agar sizning potensial hamkoringiz startap menejmentining kerakli malakaga ega bo‘ladi degan qarorga kelsa, siz bilan ishlash imkoniyati sezilarli darajada ortadi.
Keyingi masala sizning g„oyangizni amalga oshirish uchun bozor imkoniyatidir, bu imkoniyat oynasi - windowofopportunity deb ham ataladi. Siz bozorni - iste'molchilar, raqobatchilar, yetkazib beruvchilar haqida bilishingizni namoyon etishingiz va nima uchun aynan sizning mahsulotingiz raqobatchilar mahsulotlaridan ko‘ra xaridor tomonidan afzal ko‘rilishini tushuntirishingiz kerak. Investorlarni har doim ishtiyoqmand jamoalarga ega yirik bozorlarga sarmoya kiritish imkoniyati jalb qiladi.
Agar siz loyihaga o‘z vaqtingiz va g‘oyangizni emas, balki pulingizni joylashtirmoqchi yoki joylagan bo‘lsangiz, bu sizning biznes muvaffaqiyatiga ishonchingizni ko‘rsatadi va boshqa investorlarini jalb qilish imkoniyatini oshiradi.
Investorlar bilan muloqotning dastlabki bosqichlarida loyihadan erta chiqish yoki boshqa korxonalar bilan qo‘shilish / sotish imkoniyatlari haqida so‘z yuritilmasligi lozim.
Katta biznesda rivojlanish istiqbollari hisobga olinmagan loyihalar kamdan-kam hollarda venchure kapitalistlarining ijobiy munosabatiga loyiq ko‘riladi. Bunday holda, mahalliy biznes farishtalarini qidirish yaxshi bo‘ladi.
Startaplarda ishtiroki masalasiga kelsak, odatda, venchur kapitalistlar sizning biznesingizda 20-25 foiz ulushga ega bo‘lishni xohlashadi, agar bir necha kompaniya investitsiya joylashtirgan bo‘lsa, u holda 15 foizdan. Agar bu erda gap ekma moliyalashtirish haqida ketsa, unda ulushlar 10 foizdan pastga tushirilishi mumkin.

1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling