O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


Startaplarni moliyalashtirish uchun onlayn- kreudfanding platformalar


Download 0.77 Mb.
bet178/216
Sana14.11.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1772326
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   216
Bog'liq
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

Startaplarni moliyalashtirish uchun onlayn-
kreudfanding platformalar



Biznesni boshlar ekan, odamlar avvalo —Pulni qayerdan olish kerak?” degan savolga to‘qnash kelishadi. Bu yerda variantlar yetarli: oflayn aloqalar orqali investorni qidirib topishingiz, biznes inkubatorga borishingiz yoki venchur fondga murojaat qilishingiz mumkin. Eng dangasalar uchun hatto sotuvchilarni (startaplar) va xaridorlarni (investorlar) birlashtiradigan platformalar ham mavjud. Bu yerda yuridik shaxsni ro‘yxatga olish kabi rasmiyatchiliklar ikkinchi darajaga tushib qoladi. Ko‘p hollarda, loyiha profilini to‘g‘ri loyihalashtirish va uni tasdiqlash uchun sayt ma‘murlariga berish kifoya. Agar startap va investor bilan tanishish muvaffaqiyatli kechgan bo‘lsa, bitimlar odatiy tarzda tuziladi - kompaniyadagi ulushni onlayn sotish instrumentlari hozircha o‘ylab topilmagan.
Kickstarter. Ushbu platforma xayriya asosida ijodiy loyihalar uchun pul olish imkonini beradi. Bunda loyihalar turli-tumanligi bilan ajralib turishi mumkin. Kickstarter - bu allaqachon ko‘plab yirik loyihalarga yordam bergan birinchi platformalardandir.
Indiegogo. Kickstarterdan farqli o‘laroq, ushbu platforma ijodiy loyihalar bilan chegaralanmagan. Indiegogoda siz har qanday narsa uchun - sevimli mashg‘ulot, xayriya, startap yoki hatto shaxsiy moliyaviy ehtiyojlargacha pul to‘plashingiz mumkin. Ushbu platforma ham birinchilardan biri bo‘lib, hududiy yoki boshqa chegaralar mavjud emasligi tufayli tanilgan.
Crowdfunder com. Ushbu platforma faqat investitsiyalar uchun mo‘ljallangan. U investorlar uchun eng tez o‘sayotgan va keng platformalardandir. Crowdfunder - investitsiya shartnomalari asosida moliyalashtirish uchun jiddiy platforma.
Rockethub. Ijodiy loyihalarni xayriya moliyalashtirishga asoslangan boshqa platforma. Rockethub qolgan barcha
ishtirokchilardan Fuel Pad va Launch Pad dasturlari mavjudligi bilan ajralib turadi, ular barcha ishtirokchilarga natijaga erishish uchun bir- birlari bilan aloqa qilish va ma'lumot almashishga ko‘maklashadi.
Crowdrise. Agar siz xayr-ehson yoki boshqa ehtiyojlar uchun pul yig‘moqchi bo‘lsangiz, unda shunga murojaat qiling. Boshqa tashkilotlarning qancha pul to‘planganligini kuzatishga imkon beruvchi tizim ushbu platformaning o‘ziga xos xususiyati sanaladi.
REZYUME
“Startap” so‘zi inglizcha startup - “startap” tushunchasidan kelib chiqadi va u endigina yaratilgan yoki hali yaratilish jarayonida bo‘lgan kompaniyani anglatadi.
Tashabbuskor guruh foyda emas, g‘oya uchun ishlaydi. Shuning uchun —startap” yaratishda g‘oyaviy yetakchi rahbarligida butun boshli jamoa ishtirok etadi. Ushbu jamoaning har bir a‘zosi muayyan funksiyani bajaradi: biri istiqbolli g‘oyani ishlab chiqadi, ikkinchisi - ushbu g‘oya asosida biznesni rejalashtiradi, uchinchisi - yetkazib beruvchilar, mijozlar, moliyalashtirish manbalarini qidiradi. Ular natijaga birdaniga erishib bo‘lmasligini yaxshi tushunadilar. Ammo g‘oyalarining foyda keltirishiga qattiq ishonadilar.
G‘oyalarni ro‘yobga chiqarishga mablag‘ yetishmasligi
—startap”ning asosiy xarakterli xususiyati bo‘lsa kerak. Shuning uchun —startap”larga investorlar - yangi g‘oyalarga qiziquvchi, sarmoya kiritish orqali ularni ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashuvchi odamlar kerak bo‘ladi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling