O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti moliyaviy menejment fakulteti “menejment va marketing” kafedrasi shamsiyeva sitora shaxritdin qizi «menejmentda xodimlarni rag’batlantirish omillari»


Download 312.11 Kb.
bet3/27
Sana16.11.2023
Hajmi312.11 Kb.
#1778129
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Menejment va marketing-fayllar.org

XULOSA 
. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
64

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI. . . . . . . . . . . . . . .
69 


4


KIRISH 
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi. Boshqaruv tizimida
xodimlarni rag’batlantirish mehnat samaradorligini oshirishning asosiy 
omillaridan hisoblanadi. Xodimlarni rag’batlantirishning turli xil shakllari
mavjud bo’lib, rahbar shaxs ularni o’z o’rnida va to’g’ri qo’llay bilsagina natija 
va samaraga erishadi, aks holda bunday harakatlar korxona boshqaruv tizimida
kutilmagan holatlarga va oqibatlarga olib kelishi mumkin. 
Menejmentda
rag’batlantirish shakllari moddiy va nomoddiy 
ko’rinishlarda amalga oshiriladi va uning natijasida xodim va korxona
maqsadlarini uyg’unlashtirish, xodimlarning jonbozlik ko’rsatib faoliyat olib 
borishlari va boshqa bir qancha ijobiy yutuqlarga erishiladi. Bu borada
Prezdentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek,“
Xususiy korxonalarda sidqidildan
mehnat qilishga undaydigan omillar va shaxsiy manfaatdorlik darajasi va eng 
asosiysi, o’zining ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatining yakuniy natijasi
uchun mas’uliyat hissi butunlay boshqacha ekani barchamizga yaxshi ma’lum

1

.

Zamonaviy menejmentda rag’batlantirish omilidan faol foydalanib 


kelinadi. Ma’lumki, korxona tarkibida turlicha shaxsiy va kasbiy xususiyatga


ega individlar mehnat faoliyatini olib borishadilar. Mazkur individlar o’rtasidagi 
har doim yuzaga kelib turuvchi turlicha ziddiyatlarni bartarf etib borish, ularni
jipslashib faoliyat ko’rsatishga undaydigan muhitni yaratish menementdagi 
asosiy vazifalardan hisoblanadi. Shu maqsadda, korxona samaradorligini
oshirishda ijobiy natija beruvchi rag’batlantirish masalalari bugungi kunda 
mamlakatimiz korxonalari faoliyatidagi muhim va dolzarb yo’nalishlardan
hisoblanadi va mazkur jarayonlarni yanada jadallashtirishga qaratilgan 
tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi va ushbu holat mavzuni tanlashga
muhim turtki bo’ldi deyish mumkin. 



Download 312.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling