O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev


O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti


Download 3.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/161
Sana17.11.2023
Hajmi3.11 Mb.
#1782418
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   161
Bog'liq
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 94-moddasiga muvofiq: 
«O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Konstitutsiyaga va qonunlarga 
asoslanib, hamda ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun hududida 
majburiy kuchga ega bo‘lgan farmonlar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi». 
SHuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 14 dekabrdagi «Normativ-
xuquqiy xujjatlar to‘g‘risida»gi qonunining 10-moddasida ham «O‘zbekiston 
Respublikasining Prezidenti Konstitutsiya va qonunlar asosida hamda ularni ijro 
etish uchun farmonlar shaklida normativ-xuquqiy xujjatlar qabul qiladi» deb qayd 
etilgan. 
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti bank-moliya,soliq, pul-kredit, 
valyuta sohasidagi islohatlarni yanada chuqurlashtirish, uning yo‘nalishlarini 
muvofiqlashtirish, umummamlakat miqyosidagi yuksak ahamiyatli masalalarni hal 
etish, davlat boshqaruv idoralari, mahalliy hokimiyat organlari tomonidan 
bajarilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalarni belgilash yuzasidan farmonlar 
chiqaradi. 
O‘zbekiston Respublikasida bank-moliya tizimlarining shakllantirilishi va 
rivojlantirilishi, bank-moliya soxasidagi islohotlarni ro‘yobga chiqarilishida 
Prezident farmonlari juda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. 
Mustaqilligimizning dastlabki yillarida chiqarilgan farmonlarda iqtisodiy 
barqarorlikka erishish, inflyasiya jarayonlarini jilovlash, bank-moliya tizimini 
yuzaga keltirish, pul muomalasini mustahkamlash kabi vazifalar ilgari surilgan 
bo‘lsa, keyinchalik bank-moliya muassasalari faoliyatini bozor munosabatlariga 
moslashtirish, ular faoliyatini erkinlashtirish va barqarorlashtirish ustivorlik kasb 
etdi. So‘nggi yillarda chiqarilgan farmonlarda esa bank-moliya tizimlari 
soxasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, jahon ilg‘or tajribasini keng joriy 
etish va shu orqali makroiqtisodiy yuksalishni ta’minlash, valyuta munosabatlarini 
yanada erkinlashtirish vazifalari belgilab berildi. 


52 

Download 3.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling