O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev


Download 3.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/161
Sana17.11.2023
Hajmi3.11 Mb.
#1782418
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   161
Bog'liq
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох

- Huquqiy pretsedent ( lotincha . praecedens «oldingi, o‘tgan holat») — o‘tgan 
davrda yuzaga kelgan, bugungi kunda nimadir uchun asos yoki misol bo‘ladigan 
huquqiy holat. YOki davlat organining keyingi ishlar ko‘rib chiqilayotganda 
na’muna sifatida olinadigan qarori; 
- Normativ huquqiy akt – vakolatli organ yoki davlatning mansabdor shaxsi 
tomonidan belgilangan rasmiy yozma hujjat bo‘lib u o‘zgartirilishi, vaqtincha 
to‘xtatib turilishi yoki umuman bekor qilinishi, to‘xtatilishi mumkin. 
Bank xuquqining manbalari bo‘lib jamiyatda bank faoliyatini amalga 
oshirilishi chog‘ida yuzaga keluvchi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni tartibga 
soluvchi qonunchilik xujjatlari majmui tushuniladi. Bank xuquqi tarmoqlararo 
xususiyatga ega ekanligi, uning manbai sanaluvchi xuquqiy-me’yoriy xujjatlarning 
ham turli xuquq soxalariga taalluqli bo‘lishi mumkinligini belgilab beradi. Bunda 
Konstitutsiyaviy xuquq, moliya xuquqi, ma’muriy xuquq, fuqarolik xuquqi, 
xo‘jalik-tadbirkorlik xuquqi, protsessual xuquq soxalariga mansub bo‘lgan 
normalar etakchi o‘rin tutishi shubxasizdir. Ayni paytda jinoyat va jinoyat-
protsessual xuquqi soxalari normalari ham o‘ziga xos o‘rin tutadi. 
Konstitutsiyaviy yoki davlat xuquqiy normalar moliya, pul-kreditning davlat 
va jamiyat hayotida muhim o‘rin tutishi, jamiyatni boshqarishning qudratli 
dastaklaridan ekanligi hisobga olingani holda bu soxada davlatning mavqei va 
ta’sir kuchini mustaxkamlashga qaratilgan tamoillarni belgilaydi. Xususan, 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mamlakat o‘z moliya va pul-kredit 


36 
tizimiga ega ekanligi (Konstitutsiyaning 122-moddasi) qayd etilgan bo‘lsa, boshqa 
tegishli moddalarida moliya, pul-kredit masalalarida davlat organlari vakolatlari 
chegaralari, Oliy Majlis, uning palatalariga berilgan vakolatlar nazarda tutiladi. 
Ushbu Konstitutsiyaviy normalarda moliya, pul-kredit soxasidagi prinsipial 
axamiyatga ega bo‘lgan davlat tadbirlarini ishlab chiqish, bu sohadagi qonunlar 
qabul qilish Oliy Majlis va qonunchilik Palatasiga taalluqli ekanligi ko‘zda tutiladi. 
Bank xuquqiga oid ma’muriy-xuquqiy normalar Respublika bank tizimlarini 
boshqarish, tijorat banklari kundalik faoliyatini tekshirish – nazorat qilish, bank 
munosabati ishtirokchilari bo‘lgan jismoniy shaxslar, xo‘jalik yurituvchi 
sub’ektlar, o‘zga shaxslar mulkiy va boshqa qonuniy manfaatlarini ma’muriy-
xuquqiy vositalar bilan himoya qilishga qaratil-gan qoidalarni belgilab beradi.
Bank xuquqida ma’muriy-xuquqiy normalar bank tizimining yuqori (Markaziy 
bank) va quyi (tijorat banklari) pog‘onalari o‘rtasidagi munosabatlarda eng ko‘p 
qo‘llaniladi. Xususan, tijorat banklari faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan 
bank faoliyatini amalga oshirishlik uchun litsenziya (ruxsat) berish yoki uni 
qaytarib olish, iqtisodiy normativlarni belgilanishi, bank faoliyati ustidan nazoratni 
amalga oshirilishi, tegishli sanksiyalarni qo‘lash – ma’muriy vositalar hamda 
ma’muriy-xuquq normalari bilan tartibga solinuvchi ijtimoiy munosabatlardan 
iboratdir. 
Bank xuquqiga oid ma’muriy-xuquqiy normalar xaddan tashqari ko‘p sonli 
ekanligi va ular asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 
chiqariladigan idoraviy aktlardan iboratligi va ular oliy yuridik akt sanaluvchi 
qonunlar bilan qamrab olinmaganligi bank xuquqi manbaalarining o‘ziga xos 
jihatlaridan bo‘lib sanaladi. Bank xuquqi manbaalari orasida idoraviy me’yoriy 
xujjatlar xukmron o‘rinda turishi bu soxadagi qonunchilik normalarini idoraviy 
manfaat nuqtai nazaridan, «O‘ziga xos» talqin etilishiga va shu yo‘l bilan 
ma’muriy-buyruqbozlik ish uslublari saqlanib qolishi, tadbirkorlik sub’ektlarining, 
birinchi navbatda tijorat banklarining qonuniy manfaatlari buzilishiga sabab 
bo‘lishi mumkin. Ma’lumki, ma’muriy-buyruqbozlik ish uslublari bozor 


37 
tamoillariga tamomila zid bo‘lib, tadbirkorlikni, tashabbuskorlikni, iqtisodiy 
erkinlikni cheklanishiga va oxir oqibatda mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining 
to‘xtab qolishiga olib keladi. 
Bizning nazarimizda ushbu mulohazalardan kelib chiqqan holda bank 
faoliyatini idoraviy me’yoriy xujjatlar bilan tartibga solishdan ularni bevosita 
qonunlar vositasida tartibga solishga o‘tish vaqti etib keldi. Loaqqal idoraviy 
me’yoriy xujjatlar soni cheklanishi, ularga tez-tez o‘zgartirish va qo‘shimchalar 
kiritishdan iborat noma’qul amaliyotdan voz kechib, me’yoriy xujjatlar amal 
qilishining barqarorligi ta’minlanmog‘i dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. 
Bank xuquqida fuqarolik xuquqiga oid bo‘lgan normalar etakchi o‘rin tutadi. 
Zeroki bank faoliyati asl maqsad-mohiyatiga ko‘ra jismoniy shaxslar, tadbirkorlik 
sub’ektlari va o‘zga shaxslarga bank xizmati ko‘rsatishdan iborat bo‘lib, bank-
mijoz munosabatlari mutlaqo fuqarolik xuquqiy tamoillarga ko‘ra (ixtiyoriylik, 
tenglik, o‘zaro manfaatdorlik va boshqalar) yuzaga keladi va amalga oshadi. 
Bank muassalarining yuridik shaxs maqomi, ularni ta’sis etilishi, mulkiy 
maqomi, tarkibiy tuzilishi (vakolatxona va filiallar maqomi), qayta tashkil etilishi 
va tugatilishi bilan bog‘liq bo‘lgan qoidalar fuqarolik kodeksida va boshqa 
fuqarolik qonun xujjatlarida mustahkamlab qo‘yilgan. 
Tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladigan bank operatsiyalari aslida 
ularning o‘z mijozlari bilan tuzadigan fuqarolik-xuquqiy bitimlaridan iborat bo‘lib, 
bitimlar tuzish va ijro etishga oid bo‘lgan bosh qoidalar Fuqarolik kodeksida 
belgilangan (O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 10-bobi 101-128 
moddalar). 
Tijorat banklari o‘z mijozlari va o‘zga shaxslar bilan iqtisodiy munosabatlarga 
kirishar ekan, bu munosabatlarni o‘zaro tuzilgan shartnomalar asosida yuridik 
jihatdan mustaxkamlaydi. Bunday shartnomalar Fuqarolik kodeksining shartnoma 
to‘g‘risidagi umumiy qoidalariga (26, 27, 28 boblar, 353-385 moddalar) amal 
qilishi lozim bo‘ladi. 


38 
Tabiiyki, bank va mijoz munosabatlarida majburiyatlarni buzilishi 
(bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligi) uchun javobgarlik yuz berishi, 
hamda qo‘llanilishiga oid munosabatlar ham fuqarolik qonunchiligi normalari 
bilan tartibga solinadi. 
YUqorida qayd etilganlardan tashqari, Fuqarolik kodeksida bank faoliyatining 
ayrim turlari va ularning xuquqiy asoslari nazarda tutilgan bo‘lib, bu asoslar 
bankka oid munosabatlarni kundalik qonunchilik va qonun osti xuquqiy xujjatlari 
bilan tartibga solinishi uchun yuridik baza vazifasini ham bajaradi. Jumladan, 
kredit, bank omonati, hisob-kitoblar, bank hisob varag‘i kabi masalalar Fuqarolik 
kodeksining maxsus boblarida nazarda tutilgan. Bozor munosabatlari sharoitida 
tovar-pul muomalasi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy hamda 
universal qonunchilik tarmog‘i sifatida fuqarolik xuquqi normalari bank 
faoliyatining boshqa soxalarida (masalan, valyutaga oid munosabatlar, banklar 
tomonidan qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish) ham keng qo‘llaniladi. 
O‘zbekiston Respublikasi bank qonunchiligi uning Konstitutsiyasi, respublikaning 
ichki qonunchiligiga va xalqaro kelishuv hamda bitmlarga asoslanadi. 
SHu tariqa O‘zbekiston Respublikasi birinchi konstitutsiyasi o‘zida bank huquqi 
uchun muhim bo‘lgan qator normalarni mujassamlashtirgan, shular O‘zbekiston 
Respublikasi bank tizimini huquqiy boshqaruvini amalga oshiruvchi qonunlarning
asosi hisoblanadi. 
Birinchidan, unda bank huquqi faqatgina davlat organlari tomonidan belgilangan 
qonunlar bilan amalga oshirilishi belgilangan. 
Ikkinchidan, fuqarolarning tadbirkorlik faoliyati huquqi, shu bilan birga bank 
xizmatlari taklifi konstitutsiya normalariga asoslangan. Uchinchidan, qonunlar 
respublikada yagona iqtisodiy muhit, tovar, xizmat va moliyaviy mablag‘larning 
erkin xarakatlanishi, raqobatni qo‘llab quvvatlash, iqtisodiy erkinlik faoliyati 
kafolatlashga huquqiy zamin yaratadi. 


39 
Respublikaning Konstitutsiya normalari bank huquqini bank faoliyatiga tegishli 
yoki uni cheklashi mumkin bo‘lgan konstitutsion normalarni hosil qiladi. Ularga 
quyidagilarni keltirish mumkin: 
-bevosita bank faoliyatiga aloqador, Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan va 
tasdiqlangan bank me’yoriy hujjatlari, normativlari; 
-fuqarolarning huquq va erkinliklarini tartibga solish; 
-huquqiy tartibga solishni vakolat va darajasini belgilash va boshqalar. 
Bank huquqiga konstitutsiyaning tartibga solish asosini xisobga olganda 
konstitutsiyaning faqatgina qonunchilik prinsipi asoslarini o‘zida jamlashini 
inobatga olishimiz kerak. Bularga, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida 
belgilanganidek, xech kim shaxsni sud qarorisiz o‘z mulkidan maxrum qila 
olmaydi. SHuningdek, xar bir fuqaro qonuniy belgilangan soliq va yig‘imlarni 
to‘lashi majburligi belgilangan. SHu va bir nechta boshqa normalar 
kelishmovchilik yuzaga kelganda aynan shu qonunlarni qo‘llash imkonini beradi. 
SHuningdek, konstitutsiyada shunday normalar borki, ular tarmoq qonunlarining 
qabul qilinishiga ehtiyoj qoldirmaydi va aniq belgilangan tartibga solish 
patensialiga egadir. Bank huquqiga tegishli bo‘lgan normalarga yana Markaziy 
bank boshqaruvini belgilash va uni xisoboti to‘grisidagi normalarni aytib o‘tsak 
bo‘ladi.
Ushbu xususiyatlar taklif va qo‘shimchalarni tahlil qilish orqali aniqlanishi 
mumkin.Ushbu taklif va qo‘shimchalar qonun loyixasi muxokamasi vaqtida 
aytilishi va turli xil ijtimoiy guruhlar va xarakatlarni talablarini o‘z ichiga olgan va 
ushbu qonunlarda o‘z aksini topgan bo‘lishi lozim. 
Bank faoliyatini tartibga solishda qonun osti normativ xujjatlar katta rol o‘ynaydi. 
Umuman olganda bank huquqiga ko‘p darajali normativ boshqaruv xos bo‘lib buni 
ijobiy omil ham aytish qiyin. Odatda qonunosti hujjatlarning ko‘pligi faoliyat va 
boshqaruvda to‘g‘ri qaror qabul qilishda chalkashliklarga yo‘l qo‘yishga olib 
kelishi mumkin.


40 
Qonun osti hujjatlar tizimida avvalo qonun asosida va uni yanada takomillashtirish 
uchun qabul qilinadigan Prezident farmonlarini keltirsak bo‘ladi. Bank faoliyati 
qonunchiligiga qator Prezident qarorlari tegishli. 
Qonun osti normativ hujjatlarning asosiy qismini Markaziy bank vakolatida 
bo‘lgan va u tomonidan chiqarilgan farmon, ko‘rsatma va yo‘riqnomalar egallaydi. 
Markaziy bank normativ hujjatlari: 
-Davlat organlariga, mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari barcha yuridik va 
jismoniy shaxslar uchun majburiy; 
- Ular qonunlarga zid bo‘lmasligi lozim; 
-Markaziy bankning me’yoriy hujjatlari rasmiy nashrida e’lon qilingandan so‘ng 
yoki belgilangan muddatlarda kuchga kiradi. Bank boshqaruvi tomonidan 
belgilangan istisno xolatlardan tashqari; 
-Teskari kuchga ega emas; 
- O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yhatdan o‘tkazilgan bo‘lishi 
kerak. 
Markaziy bankning davlat ro‘yhatidan o‘tishi majburiy bo‘lmagan normalari ham 
mavjud bo‘lib ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 
-So‘mga nisbatan xorijiy valyuta kursi; 
-Foiz stavkasining o‘zgarishi; 
-Rezerv talablari miqdori; 
-Kredit tashkilotlari va banklarga majburiy normativlar miqdori; 
-To‘g‘ridan-to‘g‘ri miqdoriy cheklovlar; 
-Markaziy bank uchun buxgalteriya xisobi va xisoboti qoidalari; 
-Markaziy bank va tijorat banklari faoliyatiga doir ba’zi hujjatlari yoki 
farmoyishlari bo‘lshi mumkin. 
YUqoridagilardan kelib chiqib bank huquqining manbalarini ikki guruhga bo‘lish 
mumkin
1) bank faoliyatini muvofiqlashtiruvchi manbalar; 
2) bank faoliyatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri dahldor huquqiy manbalar. 


41 
Bank huquqining manbalarini bank faoliyatiga oid bo‘lgan, muvofiqlashtiruvchi
ichki va tashqi rasmiy 
munosabatlarning normalarini o‘zida ifoda etadi. Bank 
huquqining manbalariga quyidagilar kiradi: 
1) O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi; 
2) xalqaro huquq normalari; 
3) O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari; 
4) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsion sudining qarorlari; 
5) bank faoliyatiga doir qonunlar: O‘zbekiston Respublikasining «Banklar 
va bank faoliyati to‘g‘risida»gi, «To’lovlar va to’lov tizimi to‘g‘risida»gi,
«Valyutani tartibga solish to‘g‘risida»gi,
«Markaziy bank to‘g‘risida»gi,
«Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish 
to‘g‘risida”gi,« Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida»gi, “Xususiy bank va 
moliya institutlari hamda ular faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Garov 
reestri to‘g‘risida”gi, “Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risida”gi, “Valyutani 
tartibga solish to‘g‘risida”gi, “Bank siri to‘g‘risida”gi, ” Fuqarolarning 
banklardagi omonotlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi, “ Faoliyatning 
ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi va boshqa qator qonunlar,”Fuqarolik 
kodeksi”, “Jinoyat kodeksi”, “Soliq kodeksi va boshqa qonunlar; 
6)banklarning ichki me’yoriy hujjatlari. Markaziy bankning me’yoriy hujjatlari, 
farmoyishlari, yo‘riqnomalari, normativlari va boshqalar. 
Bank xuquqi manbai sanaluvchi qonunlar orasida etakchi o‘rinni O‘zbekiston 
Respublikasining « Markaziy bank to‘g‘risida»gi, hamda «Banklar va bank 
faoliyati to‘g‘risida»gi qonunlar egallaydi. Bular tayanch qonunlar sifatida bank 
faoliyatiga oid munosabat ishtirokchilarining umumiy xulqi-atvor qoidalarini, bank 
tizimini boshqarishi, bank soxasidagi tadbirkorlik va moliya-kredit xizmatlaridan 
foydalanish jarayonidagi xuquqiy xolatlarini belgilab beradi. 
O‘zbekiston Respublikasining «Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonun 
Markaziy bankning xuquqiy maqomi hamda asosiy maqsad va vazifalarini 


42 
aniqlaydi. O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi 
qonunida tijorat banklarining bank faoliyatini amalga oshirish chog‘idagi xuquqiy 
holati, bank faoliyatining ayrim turlarini amalga oshirishga oid normalar va 
qoidalar nazarda tutiladi. 
Fuqarolik kodeksi bozor iqtisodiyoti tizimi sharoitidagi asosiy qonun sifatida 
tovar-pul munosabatlarining barcha asosiy turlarini, shu jumladan, bank faoliyatiga 
oid munosabatlarni ham tartibga soladi. Fuqarolik kodeksining umumiy qoidalari 
bilan bir qatorda bevosita bank xizmatlari ko‘rsatish (kredit, omonat, xisob-kitob 
ishlari va boshqalar)ga oid bo‘lgan normalari bank xuquqi manbaalaridan bo‘lib 
sanaladi; 
Bank xuquqiga va bank faoliyatiga taalluqli bo‘lgan qonunlar son jihatdan 
anchagina bo‘lsada, ammo qonun osti aktlari, ya’ni qonunlar ijrosini ta’minlash, 
ularda belgilangan maqsad va vazifalarni ro‘yobga chiqarishga qaratilgan xuquqiy 
xujjatlar o‘z massasi va qamrovi jihatdan bank xuquqi manbalari orasida salmoqli 
o‘rin egallaydi. Bunday hol bank munosabatlariga oid barcha jihatlar, kundalik 
hayotda yuz berib turadigan tipik vaziyatlarni qonunlar bilan batamom qamrab 
olish va ularning barchasini qonunlarda nazarda tutish mumkin emas. CHunki 
xozirgi bozor munosabatlari shakllanib borayotgan shiddatli zamonda bank 
faoliyati uzluksiz rivojlanish va takomillashish jarayonini boshdan kechirmoqda. 
Bu jarayonlarni oqilona boshqarish. Kundalik muammolarni tezkor usullarda hal 
etish qonunosti xujjatlarisiz mumkin emas. 
Bank xuquqi soxasida qonunosti xuquqiy xujjatlari qabul qilish xuquqiga ega 
bo‘lgan davlat organlari doirasi qonun xujjatlari bilan belgilangan bo‘lib, ularning 
har biri o‘zlariga yuklatilgan vazifalar hamda berilgan vakolatlar doirasida xuquq 
normasi ijodkorligi bilan shug‘ullanadilar. 
Bank xuquqi manbai sanaluvchi qonunchilik aktlari yuridik kuchiga, 
qo‘llanilish soxasiga va maqsad-vazifalariga ko‘ra tasniflanishi mumkin. 


43 
YUridik kuchiga ko‘ra bank xuquqi manbaalari bo‘lgan qonun xujjatlari ikki 
asosiy guruhga: a) qonun aktlari va b) qonunosti aktlarga bo‘linishi mumkin. 
Qonunlar ham ularda xalq va davlat erkining ifodalanish miqyosiga ko‘ra 
Konstitutsiya va Konstitutsiyaviy qonunlarga hamda joriy qonunlarga bo‘linadi. 
YUqorida ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida 
O‘zbekiston Respublikasi moliya, pul-kredit tizimi asoslari, bank tizimini davlat 
boshqaruvi asoslari mustahkamlanadi. 
Bank-huquqiy jihatdan tartibga solishning umumiy belgilari ba’zi kamchiliklari: 
a) ko‘p tartib-qoidalar bo‘yicha tartibga solinishi, ularning 80 foizi normativ-
huquqiy hujjatlarga to‘g‘ri keladi;
b) ba’zi huquqiy aktlarning nomutanosibligi; 
v) bozorgacha, xizmat ko‘rsatishgacha bo‘lgan vaqtlarda qabul qilingan me’yoriy 
hujjatlarning mavjudligi; 
g). huquqiy tartibga solishning dinamikasining mavjud emasligi; 
e) rasmiy manbalar yoki ilgari nashr etilgan manbalarning rasmiy nashrlarining 
etarli emasligi va boshqalarni keltirish mumkin.
Markaziy bank normativ hujjatlari sudda boshqa davlat organlari huquqiy hujjatlari 
kabi muhokama va munozara etilishi mumkin. 
Xalqaro huquq hujjatlari va odatlari. 
Bank faoliyatini tartibga soluvchi xalqaro huquq hujjatlari, boshqa xalqaro huquq 
hujjatlari xususiyatiga ega. Ularga: 
-Tajriba yoki kelishuv orqali belgilangan odat; 
-Ularni amalga oshirish mehanizmi murakkabligi xususiyati; 
-O‘zining ko‘p jihatlari bilan ushbu normalar milliy qonunchilikda o‘z aksini 
topishi lozimligi va boshqalarni kiritish mumkin. 
Bugungi kunda bank faoliyati unifikatsiya va standartlashuviga intilishi xalqaro 
huquqiy hujjatlarning ahamiyatini oshirmoqda. Tabiiyki pul oqimining 


44 
samaradorligini oshirish uchun, to‘lov munosabatlarining barcha ishtirokchilari
misol uchun “akkreditiv” termini ularga qaysi milliy qonunchilik bilan ishlashidan 
qat’iy nazar bir xil tushunishlari zarur. Agar turli xil mamalakatlarning banklari 
to‘lov hujjatlari va operatsiyalarni turlicha tushunishsa va talqin etishsa nafaqat 
to‘lov operatsiyalari samaradorligi tushadi, balki ularni amalga oshirish mumkin 
bo‘lmay qoladi. Bank qonunchiligi hujjatlari guruhlariga e’tibor qaratadigan 
bo‘lsak: 
Birinchi guruhga bank operatsiyalarining ayrim turlarini amalga oshirish qoidalari 
kiradi. Ushbu xujjatlarning o‘ziga xosligi shundaki, ularning kuchi barcha 
ishtirokchilarga tegishli bo‘lishi va qo‘shimcha izoh talab etmasligi lozim. Agar 
tomonlar bunday bo‘lishini istashmasa ular shartnomada aynan shu akkredetivga 
masalan, unifikatsiyalashgan qoidalar qo‘llanilmasligini belgilashlari zarur bo‘ladi. 
Inkasso unifikatsiyalashgan qoidasida “ushbu ko‘rsatma va keyingi moddalar 
barcha inkassoga tegishli… va barcha ishtrokchilar uchun majburiy, agar aksi 
to‘g‘ridan to‘g‘ri kelishilmagan bo‘lsa” deganga o‘xshagan yozuvlar kiritilishi 
lozim bo‘ladi.. 
Ikkinchi guruh hujjatlariga ikki yoki bir nechta davlat tomonidan tuzilgan 
konvensiyalar kiradi.
Ushbu konvensiyalarga Jenevaning oddiy va o‘tkazma veksellar to‘g‘risidagi 
konvensiyasini misol qilsak bo‘ladi. CHeklar to‘g‘risidagi konvensiya, huquqiy 
yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi konvensiyalar va boshqalarni misol qilsak bo‘ladi.
Alohida o‘rinda xalqaro tashkilot tomonidan standartlash uchun ishlab chiqiladigan 
xalqaro bank standartlari turadi. Ushbu standartlar o‘zida bank hujjatlarini 
to‘ldirish to‘g‘risidagi texnik talablarning yig‘indisini tashkil etib, ular texnik 
qo‘mita tomonidan tuziladi. Ularga rioya qilish xalqaro bank amaliyotida 
ishlatilingani uchun alohida huquqiy ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda bank 
hujjatlarini to‘lov topshiriqnomasi, bank cheklari orqali pul o‘tkazish 
identifikatsion kartochka va boshqa turli hujjatlarga qo‘l qo‘yuvchi rasmiy shaxs 
to‘g‘risidagi standartlar ishga tushirilgan. 


45 
Uchinchi guruhga munozara vaqtida murojat qilinishi shart bo‘lgan xalqaro 
huquqiy hujjatlar kiradi. Ularga, misol uchun inkassa to‘g‘risidagi unifikatsion 
qoida kiradi. Unga ko‘ra, banklar xaqqoniy shaffof ishlashlari zarur. 
Ushbu hujjatning boshqa normasiga ko‘ra bank o‘z majburiyatlarini bajarishi 
ustida javobgar hisoblanadi.. 
SHunday qilib, ko‘rib chiqilayotgan normalarni bilish ikki xil xarakterga ega: 
- Ular bir davlatdan ko‘p bo‘lgan barcha bank operatsiyalariga qo‘llaniladi. 
- Ulardagi qoidalar bir davlatning milliy qonunchiligida belgilanishi mumkin. 
Bank huquqi barcha tashkilotlar va turli xil korxonalar o‘z mablag‘larini bankda 
saqlashlari va belgilangan naqdsiz xisob kitob qoidalariga rioya qilishlari 
shartligiga asoslanadi. Qonunchilikda kredit tashkilotlarda ochilishi mumkin 
bo‘lgan xisob varaqlar, xisob kitob shakllari va xisob kotobni amalga oshirish 
tartibi belgilangan.
SHu sababli barcha bank tizimini va bank operatsiyalarini tartibga soluvchi 
qoidalar kompleksini shakllantiradi. Undan tashqari, bank faoliyati huquqi boshqa 
milliy tarmoqlar huquqlarini o‘z ichiga oladi. 
Ma’muriyat huquqi normalari kredit tizimi boshqaruvi asoslari va bank tizimi 
tuzilishini tartibga soladi. Bundan kelib chiqib shuni xulosa qilish mumkinki, bank 

Download 3.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling