O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev
Bank huquqini fundamental rivojlantirish va uni o‘rganishning
Download 3.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-§. Bank huquqining tamoyillari va manbalari Bank huquqining tamoyillari
Bank huquqini fundamental rivojlantirish va uni o‘rganishning
zarurligi: a) bank faoliyatining mazmuni va "bank" hatti-harakati omillari, ya`ni odatiy va nostandart holatlarda jamiyat, aholi, davlat, bank tizimi, va pul va kakpital oqimi harakati, ular bilan bog‘liq huquqiy normalar ni bilish; b) taqiqlangan hatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik, ularning oldini olish, to‘xtatishning texnologik imkoniyatlarini amalga oshirish, resurslar intensivligi mexanizmlarini uzluksizligini ta’minlash; c) belgilangan yoki taqiqlangan harakatlarning mumkin bo‘lgan oqibatlarini tushunish; d) qabul qilingan huquqiy normalarni ro‘yobga chiqarish uchun ruxsat etilgan va zarur vositalardan xabardor bo‘lish; e) banklarga ta’sir o‘tkazishning uslublariga, ularning maqomiga, bank munosabatlariga va boshqalarga muqobil usullar va boshqalarni o‘rganish zarur. 3-§. Bank huquqining tamoyillari va manbalari Bank huquqining tamoyillari banklar faoliyatining huquqiy munosabatlarini muvofiqlashtirishni o‘zida aks ettiradi. Umumiy olgan holda uning quyidagi tamoyillari mavjud: a) mulkiy dahlsizlik tamoyili. Bu norma Konstitutsiyada belgilangan bo‘lib u banklar faoliyatiga ham taaluqli hisoblanadi; b) raqobatni rag‘batlantirish va monopolizatsiyani ta’qiqlash yoki unga yo‘l qo‘ymaslik; v) Iqtisodiy (bank ) faoliyatini erkin yuritish tamoyili; va boshqalar. Banklar faoliyatini huquqiy jihatdan muvofiqlashtirishga oid maxsus tamoyillari: 32 a) bank tizimini shakllantirish va rivojlantirish tamoyillari: — O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini ikki pog‘onali darajada tashkil etish tamoyili; — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining davlat hokimiyati organlaridan mustaqilligi; b) bank faoliyatini amalga oshirish tamoyillari: — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining mas’ullik tamoyili; — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining naqd pul emissiyasi bo‘yicha monopol huquqi tamoyili; — davlat hokimiyati organlari va mahalliy hokimiyat organlarining kredit tashkilotlar faoliyatiga aralashmasligi tamoyili; — bank faoliyati, kreditlash jarayonlarining litsenziyalashtirilganligi tamoyili;. — bank sirini saqlash tamoyili; — bank mablag‘larining muddatliligi va qaytarilishi tamoyili va boshqalar. Bank xuquqida qonuniylik, xuquqlarni suiste’mol qilmaslik, xuquqlardan foydalanish chog‘ida o‘zgalarga zarar etkazmaslik lozimligi kabi umumxuquqiy tamoyillarga ham qat’iy amal qilinishi lozim. Bank xuquqi yangi shakllanib kelayotgan xuquq soxasi bo‘lgani sababli uning tamoyillari ham hali shakllanish bosqichida va ularni aniq belgilash ancha mushkul. Bank xuquqi tartibga soladigan ijtimoiy munosabatlarda moliya xuquqi, ma’muriy xuquq, fuqarolik xuquqi va boshqa xuquq soxalari uchun xos bo‘lgan mezonlarni hamda qadriyatlarni kuzatish mumkin. SHu sababli ushbu tamoyillar ko‘p qirrali va bir qator xuquq soxalariga xos xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtiradi. 33 YUqoridagilardan kelib chiqqan holda banklarning boshqa sub’ektlar bilan iqtisodiy munosabatlari jihatdan bank xuquqi sohasida amal qiladigan tamoyillarga quyidagi uch gurux tamoyillarni kiritish mumkin: - Tijorat banklari bilan O‘zbekiston Respublikasi MB, Moliya vazirligi, DSq, bojxona qo‘mitasi o‘rtasidagi munosabat tamoyillari; -Tijorat banklari bilan boshqa kredit muassasalari o‘rtasidagi munosabat tamoyillari; -Tijort banklari uning mijozlari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar bilan bo‘ladigan munosabat tamoyillari. Bulardan tashqari barcha turdagi bank faoliyatiga talluqli bo‘lgan umumiy Download 3.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling