O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev


Download 3.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/161
Sana17.11.2023
Hajmi3.11 Mb.
#1782418
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   161
Bog'liq
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох

123-moddada 
esa 
O‘zbekiston respublikasi soliq tizimiga 
bag‘ishlangan bo‘lib unda “O‘zbekiston Respublikasi hududida yagona soliq 
tizimi amal qiladi. Soliqlar joriy qilishga faqat O‘zbekiston Respublikasining Oliy 
Majlisi haqli” ekanligi qayd etilgan. 
Bank qonunchiligining asosi bo‘lgan konstitutsiyaning muhim jihati 
shundaki, uning 124-moddasi respublika bank tizimining asoslarini o‘zida 
mujassamlashtirgan bo‘lib unda “ O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini 
respublika Markaziy banki boshqaradi.” deb qayd qilingan modda O‘zbekiston 
Respublikasi bank tizimining huquqiy, tashkiliy va tarkibiy shakllanishining asosi 
hisoblanadi.
Banklar faoliyati to‘g‘risidagi qonunlar bir-birini to‘ldiruvchi, yuzaga 
keluvchi nizolarga echim topuvchi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llaniladigan, bir-biriga
qarama-qarshi bo‘lmagan qonunlar bo‘lishi lozim. Ba’zi hollarda bank huquqida 
yuzaga keluvchi muammolarni hal qilish uchun protsessual vosita yuritish, 
to‘xtatib turish va ma’lum qonunlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasiga, Konstitutsiyaviy sudiga murojaat qilish orqali ma’lum bir 
echimlarga kelish mumkin. Konstitutsiyaviy tamoyillar bilan bir qatorda, qoidalar 
to‘g‘risidagi qonun ham printsip-normalarni, ya’ni. sektoral qonunlarni qabul 
qilish shart bo‘lmagan konstitsiyaviy normalarni ajratib ko‘rsatishni talab qiladi va 
bu normalar aniq nizom tariqasida katta ahamiyat va salohiyatga ega bo‘ladi. 
Bank huquqi sohasida yuqorida ko‘rib o‘tilgan printsiplardan biri Markaziy bank 
faoliyati, uning hisoboti, boshqaruvi tartibini tartibga soluvchi normalarni 
belgilash hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida bank tizimining tashkiliy-
tarkibiy jihatlariga ham e’tibor qaratilib unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy 


21 
Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlari degan 78-
moddada: “parlament palatalarining boj, valyuta va kredit ishlarini qonun yo‘li 
bilan tartibga solish”; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati mutlaq 
vakolatlarini ifoda etgan 80-moddadaning 9- bandida “O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
Boshqaruvining raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish”, mazkur 
moddaning 12- bandida “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi raisining hisobotlarini 
eshitish”, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 81-moddasiga binoan 
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati 
majlislarida, shuningdek ularning organlari majlislarida O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti, 
Bosh 
vazir, 
Vazirlar 
Mahkamasining 
a’zolari, respublika 
Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Sudyalar oliy kengashi raislari, Bosh prokurori, 
Markaziy banki Boshqaruvining raisi ishtirok etishlari mumkin”ligi belgilangan. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasining 13-bandiga
binoan O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti: O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining Senatiga Konstitutsiyaviy sud raisi va sudyalari, Oliy sud raisi va 
sudyalari, Oliy xo‘jalik sudi raisi va sudyalari bilan bir qatorda O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining raisi lavozimlariga nomzodlarni 
taqdim etadi. 
Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq, 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Raisini lavozimga tayinlash
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan ko‘rib chiqiladi. 
Moliyaviy xizmatlar bozorida yagona pul emitenti O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki hisoblanadi. Bu qoidaning amalga oshirish uchun hech qanday 
qo‘shimcha qoidalar talab qilinmaydi, va shunga o‘xshash modda O‘zbekiston 
Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risidagi qonunda ham mavjud. Bank 
qonunchiligining konstitutsiyaviy asoslarining ahamiyati shundaki, birinchidan, 
ular bank tizimini rivojlantirib, banklarning huquqlarini kengaytiradi, tadbirkorlik 
faoliyati, kapital xarakati, bank va moliyaviy xizmatlarning erkin harakatlanishini 


22 
belgilash belgilab beradi. Davlat Konstitutsiya darajasida muayyan qoidalar va 
prinsiplarning belgilanishi bank xizmatlarini amalga oshirish uchun kafolatlar 
yaratadi. Iqtisodiy faoliyat, raqobat, barcha mulk shakllarining teng muhofaza 
qilish kabilarga asos yaratadi.
Respublikamizda bank faoliyati sohasida milliy tajribaning to‘plana 
borishi, xalqaro tajribalar va ilg‘or yutuqlarning sinchkovlik bilan 
o‘rganilib va umumlashtirib borilishi natijasida iqtisodiy islohotlarning keyingi 
bosqichlariga kelib, mamlakatimizda bank, kredit, sug‘urta, qimmatli qog‘ozlar 
bozori va ularni boshqarish sohasida zamonaviy qonunlar tizimi yuzaga kela 
boshladi. Keyingi yillar, ya’ni 2019 yil noyabrida qabul qilingan O‘zbekiston 
Respublikasining «Markaziy bank to‘g‘risida»gi, «Banklar va bank faoliyati 
to‘g‘risida»gi, “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi, “To’lovlar va to’lov 
tizimlari to’g’risida”gi, va bir necha yil oldin qabul qilingan «Aksiyadorlik 
jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi,
« 
Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida»gi, 2012 yil 17 dekabrdagi “Xususiy bank 
va moliya institutlari hamda ular faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida” gi, 2013 yil 
23 oktyabrdagi “Garov reestri to‘g‘risida”gi, 2011 yil 4 oktyabrdagi “Kredit 
axboroti almashinuvi to‘g‘risida ”gi, 2003 yil 30 avgustdagi “Bank siri 
to‘g‘risida”gi, 2002 yil 5 apreldagi ” Fuqarolarning banklardagi omonotlarini 
himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi, 2000 yil 25 mayda qabul qilingan 
keyinchalik qator o’zgartishlar kiritilgan “ Faoliyatning ayrim turlarini 
litsenziyalash to‘g‘risida”gi va boshqa qator qonunlar banklar faoliyati - pul 
muomalasini tashkil etish, valyutani tartibga solish, kredit-investitsiya, qimmatli 
qog‘ozlar faoliyati bo‘yicha bank va kredit muassasalari tomonidan amalga 
oshiriladigan xatti-harakatlarning huquqiy asoslarini belgilab beradi.

Download 3.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling