O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev
Download 3.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-rasm. Bank huquqi va uning tarkibi
Bank huquqi vazifalari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
- yuridik va jismoniy shaxslarning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini jalb etish va qaytarilishi sharti bilan, xaq evaziga, muddatli va maqsadli foydalanish sharti bilan ularni joylashtirish (kredit sifatida berish, investitsiya qilish va xokazo)ning huquiy asoslarini shakllantirish; - xisob-kitoblarni amalga oshirish, O‘zbekistonda to‘lov tizimlarini shakllantirishning huquqiy asoslari; - pul va qimmatli qog‘ozlar emissiyasi bilan shug‘ullanish; - qimmatli qog‘ozlar bozorida ishtirok etish; - tegishli asoslarda valyutaga oid munosabatlarni amalga oshirish; - xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga bozor talablariga asoslangan xolda boshqa turli xizmatlar ko‘rsatishning huquqiy asoslarini shakllantirish va boshqalar kiradi.YUqoridagilarni barchasi bank xuquqi soxasi predmeti sanaluvchi ijtimoiy munosabatlar tabiati va mazmunini anglab etishga yordam beradi. Bank xuquqi predmetini aniqlash chog‘ida uning o‘zida bir necha xuquq soxalariga xos bo‘lgan xususiyatlarni jamlaganligi e’tiborga olinmog‘i kerak. Bank xuquqi tijorat banklari bilan ularning mijozlari bo‘lgan yuridik xamda jismoniy shaxslar o‘rtasida fuqarolik qonunchiligi tamoyillariga ko‘ra (ixtiyoriylik, tenglik, foyda olishga intilish) va odatda fuqarolik xuquqiy shartnomalar asosida yuzaga keluvchi munosabatlarni tartibga soladi. Ayni paytda bank va uning mijozlari o‘rtasidagi munosabatlar moliya xuquqi, ma’muriy xuquqqa va boshqa xuquq sohalariga xos 26 bo‘lgan elementlari ham tez-tez uchraydi. Masalan, xisobotlar taqdim etish tartibini buzgan mijozlarga nisbatan jarimalar qo‘llanilishi va boshqalar. 1-rasm. Bank huquqi va uning tarkibi SHu nuqtai nazardan olganda moliya va ma’muriy munosabatlar ham, basharti ular bank faoliyatini amalga oshirilishi bilan bog‘liq ravishda yuzaga kelsa bank xuquqi soxasi predmeti sanaluvchi ijtimoiy munosabatlarni tashkil qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari o‘rtasidagi munosabatlar ma’muriy-xuquqiy, ommaviy-xuquqiy munosabatlardan iborat. CHunki Markaziy bank tijorat banklari uchun majburiy bo‘lgan normativ-xuquqiy qoidalarni belgilar ekan, davlat erki – irodasi amalga oshiriladi. Hamda bu erkning bajarilmasligi uchun davlat majburlovini qo‘llash tahdidi mavjud bo‘ladi. Tijorat banklari tomonidan o‘z mijozlariga bevosita bank xizmatlaridan tashqari xizmatlarning yangi, noan’anaviy shakllari ham ko‘rsatilayotganligi va bunday xizmatlar turlari xamda doirasi uzluksiz kengayib borayotganligi bank xuquqi sohasi predmeti Bank huquqi bu – bank faoliyatini amalga oshirish va bank tizimini boshqarishga oid huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik majmuidan iborat Davlat erkini amalga oshirish yoli bilan (оmmaviy huquq) bank tizimini boshqarishga oid ijtimoiiy munosabatlar Tijorat banklarei va boshqa kredit tashkilotlari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga bank xizmatini ko’rsatishga oid huquqiy (xususiy) munosabatlar оид (хусусий) хуқуқий муносабатлар Ma m u riy x u su siy ma sala lar Dav lat h u q u q iy ( ko n stit u ts iy av iy ) m u n o sab at lar Mo liya viy h u q u q iy m u n o sab atla r Jinoiy h u q u q iy m u n o sab at lar Fu q ar o lik h u q u q iy m u n o sab at lar Xo ’ ja li k h u q u q iy m u n o sab at lar Qim m at li q o g’ o zla r b ilan b o ’ g’ liq h u q u q iy m u n o sab at lar Valyutaga oid h u q u q iy m u n o sab at lar Bank xizmatlariga oid h u q u q iy m u n o sab at lar 27 sanaluvchi ijtimoiy munosabatlar doirasini ham muntazam kengayib borishiga sabab bo‘lmoqda. SHunday qilib, yuqorida keltirilgan asoslardan kelib chiqib bizning fikrimizcha, bank xuquqi deganda bir necha xuquq tarmoqlarining tutash chegaralarida yuzaga keladigan, moliya-kredit, pul muomalasi, xisob-kitob amaliyoti va bank hamda kredit muassasalari faoliyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa iqtisodiy ijtimoiy munosabatlarni o‘ziga xos tartibga soluvchi xuquq normalari tizimi tushuniladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling