O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev


-§. Bank huquqi tushunchasi, uning predmeti va vazifalari


Download 3.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/161
Sana17.11.2023
Hajmi3.11 Mb.
#1782418
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   161
Bog'liq
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох

2-§. Bank huquqi tushunchasi, uning predmeti va vazifalari 
Har qanday davlat va jamiyatning iqtisodiy, xo‘jalik tizimida bank 
muassasalari, xamda ular tomonidan amalga oshiriladigan bank faoliyati muhim 
o‘rin tutadi, zeroki jamiyatdagi pul massasi oqimlarining samarali va maqsadli 


23 
aylanishi, o‘zaro hisob-kitoblarning bir maromda amalga oshirilishi, bo‘sh 
moliyaviy mablag‘larni ishlab chiqarishga investitsiya qilinishi, xullas moliyaviy 
barqarorlikni ta’minlanishi ularsiz mumkin emas. SHu sababli xar bir davlat eng 
avvalo mukammal va samarali ishlovchi bank-moliya tizimlari barpo etilishidan 
juda manfaatdordir. Tarixiy burilishlar, jamiyat hayotida chuqur o‘zgarishlar 
bo‘layotgan davrlarda ayniqsa aniq va samarali ishlaydigan bank-moliya 
tizimlarining mavjud bo‘lishi ijtimoiy-iqtisodiy falokatlarga yo‘l qo‘ymaslikning 
muhim shartlaridan bo‘lib sanaladi. 
O‘zbekiston Respublikasi o‘z davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgach, 
ma’muriy buyruqbozlik va davlat yakka xokimligi tuzumidan erkin bozor 
munosabatlariga o‘tish davri ham ana shunday tarixiy burilish davrlaridan sanaladi. 
Bank-moliya muassasalarining o‘tish davridagi ahamiyatini chuqur tushunilgani 
holda bank-moliya va kredit sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy 
maqsadlaridan biri – erkin bozor tamoyillari va talablariga to‘la mos keluvchi 
tijorat bank muassasalari tizimi barpo etilishini ta’minlashdan iborat. Bugungi 
kunda ana shu maqsadga erishish soxasida muayyan yutuqlarga erishilganligi qayd 
etib o‘tilishi lozim. Jumladan, bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida 
Markaziy bank va 32 ta tijorat banklari (5 ta davlat banki, 16 ta aksiyadorlik, 6 ta 
xususiy banklar, 5 ta chet el kapitali ishtirokidagi banklar) faoliyat 
ko‘rsatmoqdalar. Bozor infratuzilmasining muhim tarkibiy qismi sanaluvchi bank 
tizimi faoliyatining samarali natijalari ko‘p jihatdan uning qonunchilik asoslarining 
mukammalligiga va rivojlanish vazifalariga qay darajada mos kelishiga ko‘p 
jihatdan bog‘liqdir. Bank soxasidagi xuquqiy islohotlar bank isloxotlarining asosiy 
yo‘nalishlaridan sanaladi. 
Mamlakatimizda bank faoliyatini xuquqiy jihatdan ta’minlashda va bankka 
oid ijtimoiy munosabatlarni tartibga solinishida O‘zbekiston milliy xuquq 
tizimining tarmoqlaridan biri bo‘lgan bank xuquqi muhim o‘rin tutadi. Bank 
xuquqining xuquq soxasi, qonunchilik tarmog‘i sifatidagi tushunchasi va uning 
predmetiga yuridik adabiyotlarda turlicha yondoshuvlar, xar hil ta’riflar 


24 
mavjudligini kuzatish mumkin. Uning tushunchasi va predmeti doirasini to‘g‘ri 
aniqlash muhim nazariy xamda amaliy ahamiyatiga egadir. Chunki faqat shu yo‘l 
bilangina uning boshqa xuquq soxalaridan tub farqlarini aniqlash, o‘ziga xos 
vazifalari xamda muammolarini belgilash mumkin bo‘ladi. Bank xuquqi tarmog‘i 
predmetini aniqlash chog‘ida bu soxada tadqiqotlar olib boruvchi olimlar ikki xil 
yondoshuvni namoyish etadilar. Ulardan bir guruxi bank xuquqi sobiq ittifoq 
davlati davrida ommaviy xuquq soxalaridan bo‘lgan davlat xuquqi, ma’muriy 
xuquq, moliya xuquqi tarkibiy qismlaridan iborat ekanligini e’tiborga olib 
yondoshsalar, ikkinchisi, bank faoliyati erkin va mustaqil bo‘lgan xo‘jalik 
yurituvchi sub’ektlarga bank xizmati ko‘rsatishga, bunda asosan shartnomaviylik 
tamoillariga amal qilishlik, ya’ni xususiy xuquqiy asoslar etakchi o‘rin tutishiga 
ko‘proq e’tibor beradilar. Biroq, bizning nazarimizda bank xuquqiga ta’rif berish 
va uning predmeti doirasini aniqlashda faqat bir tomonlama xamda yuzaki 
yondoshuvga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Chunki yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek xar 
qanday huquq soxasini, jumladan, bank huquqi tarmog‘ining predmeti doirasini 
to‘g‘ri va aniq belgilanishi, shu soxadagi xuquqiy munosabatlar barqarorligini, 
samarali tartibga solinishini ta’minlashning, xuquqiy munosabat ishtirokchilari 
xuquqlari va manfaatlarini tezkor ximoya etilishini ta’minlash yo‘li bilan 
qonuniylik, hamda ijtimoiy adolat qaror topdirilishining asosiy omillaridan bo‘lib 
sanaladi. Bank xuquqi bilan tartibga solinadigan munosabatlar doirasini aniqlash 
chog‘ida bank faoliyati bir tomondan, Markaziy bank orqali tijorat banklarini 
boshqarish xamda nazorat qilish yo‘li bilan amalga oshiriladigan davlatning 
ommaviy xuquqiy faoliyati ekanligi, ikkinchi tomondan, Markaziy bank va tijorat 
banklari o‘rtasidagi ma’muriy, boshqaruv munosabatlaridan iborat ekanligi, 
uchinchidan esa, bank faoliyatining bosh maqsadi – tijorat banklari tomonidan 
jismoniy va yuridik shaxslarga xususiy xuquqiy qoidalar va prinsiplar asosida 
ko‘rsatiladigan erkin bank xizmatidan iboratligi nazarda tutilmog‘i lozim. 
Bank xuquqi soxasi bilan tartibga solinadigan munosabatlarning ob’ekti 
bo‘lib, o‘ziga xos ijtimoiy aloqalar, predmeti jismoniy va yuridik shaxslarga, o‘zga 
ishtirokchilarga bank xizmatlari ko‘rsatilishi bilan bog‘liq faoliyat sanaladi. 


25 
SHuningdek, bugungi kunda bankdan tashqari turli kredit muassasalari tomonidan 
ko‘rsatiladigan moliyaviy xizmatlar ham bank xuquqi soxasi predmeti jumlasiga 
kiritilmoqda. 
Banklarning moliyaviy va iqtisodiy munosabatlardagi asosiy funksiyalari 
ushbu xuquq soxasi predmeti doirasini yanada aniqroq tasavvur qilishga imkon 
beradi.

Download 3.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling