O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev
Download 3.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох
- Bu sahifa navigatsiya:
- XXV bobi Moliya va kredit
- 122-moddasida
konstitutsiyasi normalari asosida shakllantiriladi va konstutitsiya normalari bank
qonunchiligining asosi hisoblanadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning X bobi - Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar deb nomlanib uning 36-moddasida “Har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli. Bankka qo‘yilgan omonatlar sir tutilishi va meros huquqi qonun bilan kafolatlanadi” deb belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyaning 53-moddasida keltirilishicha, “Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin”ligi va 54-moddasida “Mulkdor mulkiga o‘z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar etkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart” ekanligining belgilanishi ham banklar tomonidan mijozlarning iqtisodiy jihatdan mustaqil o‘z mulkiga egalik qilishi mumkinligi va banklar kredit, hisob-qitob va boshqa munosabatlarni o‘rnatganda, xizmatlar ko‘rsatish borasida faoliyat olib borish bo‘yicha o‘z qonunchilik va me’yorniy hujjzatlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda mijozlarning konstitutsiyaviy huquqlarini inobatga olishi lozim. O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining XXV bobi Moliya va kredit deb nomlanadi. Bu esa O‘zbekiston Respublikasida bank, moliya, soliq va boshqa ushbu sohaga aloqador qonunlarning mazkur bo‘limda qo‘yilgan talablarpga mos ravishda ishlab chiqilishi va tadbiq etilishini talab etadi. O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 122-moddasida “O‘zbekiston Respublikasi o‘z moliya va pul- 20 kredit tizimiga ega. O‘zbekistonning Davlat byudjeti Respublika byudjetidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetidan va mahalliy byudjetlardan iborat” debgan normani ifodalaydi. Download 3.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling