Vaziyatli keys


Download 26.87 Kb.
bet1/3
Sana27.10.2023
Hajmi26.87 Kb.
#1727319
  1   2   3
Bog'liq
Moliya fanidan 1-JN (2)


Vaziyatli keys
1
O’zbekiston Respublikasida xorijiy valyutalarning barqarorligini ta’minlash, ularning bankda erkin almashtirilishini tashkil etish hamda ular boshqaruvini nazoratga olish maqsadida 07.05.1993 yilda qabul qilingan “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi 841-XII-sonli Qonun qabul qilindi. Ushbu qonunning I bobi “Umumiy qoidalar” deb nomlanib uning 1- moddasiga ko’ra, “Ushbu qonunning maqsadi valyuta operatsiyalarini va valyuta nazoratini amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.”
Shuningdek, Markaziy bank Boshqaruvi 31.08.2020 yilda 3281-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan «Oʻzbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi qarorni qabul qildi. Unga ko’ra, xalqaro amaliyotga muvofiq Qoidalar bilan valyutani tartibga solish sohasidagi qonunosti hujjatlari normalarini bir хillashtirish yoʻli bilan valyuta operatsiyalarini amalga oshirishning yagona tartibi belgilandi. 5 ta normativ-huquqiy hujjatning oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibining soddalashtirilishiga zamin yaratadi.
Ish vaqtini belgilash ish beruvchi va xodim orasida tuzuladigan mehnat shartnomasida belgilanadi. Xususan, bu shartnomaning o’zi Mehnat kodeksi asosida tuziladi. Kodeksning XIII bobi “Ish haqi” deb nomlanib, 182-moddasiga binoan, “Xodim uchun ish vaqtining normal davomiyligi besh kunlik yoki olti kunlik ish haftasida haftasiga qirq soatdan ortiq bo‘lishi mumkin emas.” Xuddi shu bobning 185-moddasida ish vaqti aniq belgilab berilgan. Ya’ni “ Har kungi ishning (smenaning) davomiyligi o‘ziga nisbatan ish vaqtining normal davomiyligi belgilangan xodimlar uchun:
olti kunlik ish haftasida — yetti soatdan;
besh kunlik ish haftasida — sakkiz soatdan oshishi mumkin emas.


Muammoli vaziyat:
F. Rustamov Toshkent shahar Yunusobod tumani Xalobod ko’chasi 62-kvartal 78-xonadonda yashaydi. U 2023-yil 7-mart kuni soat 16:32da Turonbank ATB Yunusobod filialiga valyuta ayirboshlash uchun tashrif buyurdi. Ammo 8-mart Xalqaro Xotin qizlar kuni munosabati bilan barcha xodimlar belgilangan ish vaqtidan 1 soat avval uylariga ketishgan edi. Fuqaro F. Rustamov xodimlar ish vaqti 17:00 gacha ekanini aytib, ularning belgilangan ish vaqtida ish joyida bo’lishlarini talab qildi. Bank milliy gvardiya xodimlari ertaga bayram ekanligini, xodimlar qonunda belgilangan tartibda ish vaqtidan 1 soat avval ketishganinini fuqaroga tushuntirishga harakat qilsada foytda bermadi.

Yuqoridagi holat yechimi yuzasidan o’z fikringizni bildiring:



  1. Mamlakat miqyosida valyuta ayirboshlashni tartibga soluvchi qanday organlar mavjud va ularning qanday huquqlari bor?

  2. Valyutalarning banklarda erkin ayirboshlanishi hamda valyuta kursining belglanishi bilan bog’liq qanday qonunlarni bilasiz?

  3. Bu vaziyatda kim haqli? Ishchilarning belgilangan ish vaqtidan 1 soat avval ketishini huquqiy asoslari bormi?




Download 26.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling