Vaziyatli keys


Download 26.87 Kb.
bet3/3
Sana27.10.2023
Hajmi26.87 Kb.
#1727319
1   2   3
Bog'liq
Moliya fanidan 1-JN (2)

Muammoli vaziyat:
H.Olimova Toshkent davlat pedagogika institutining Aniq fanlar fakulteti 4-bosqich MI-42/22 guruhida o’qiydi. Talaba kunduzgi ta’lim shaklida ta’lim oladi. U hozirda 21 yoshda. U matematika fanidan maktabda o’qituvchi bo’lib ishlash maqsadida o’zi istiqomat qilib kelayotgan Chilonzor tumanidagi Bandlik va kambag’allikni qisqartirish bo’limiga murojaat qildi. Ular talabaga hozirda bo’sh ish o’rinlari yo’qligini agar keyinchalik mavjud bo’lsa u bilan aloqaga chiqishlarini tushuntirishdi.


Yuqoridagi holat yechimi yuzasidan o’z fikringizni bildiring:

  1. Talabalarning darslardan bo‘sh vaqtlarida mehnat faoliyatini olib borishiga doir qandaydir cheklovlar mavjudmi?

  2. Kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarning mehnat faoliyatini yo’lga qo’yish maqsadida qanday qonunlar qabul qilingan?

  3. Mazkur talabaninng holati bo’yicha qanday fikrdasiz?



Yechim:

  1. Mehnatfaoliyati bo’yicha:O’zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi bo’yicha cheklovlar mavjud emas. Mehnat kodeksining 77-moddasiga ko’ra, o’n olti yoshga to’lgan har bir shaxs mehnat qilish huquqiga ega. Ushbu holatda ham xuddi shunday. H.Olimovaning yoshini hamda tugalanmagan oliy ma’lumotga ega ekanligini inobatga olsak, uing ishlashi qonunga zid emas. Ammo uning ish vaqti va o’qishi orasida muammolar vujudga kelmasligi kerak.




  1. Kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotganlarning huquq hamda majburiyatlari: O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirining «Oliy ta’lim to’g’risida»gi nizomni tasdiqlash haqidagi 9-sonli buyrug’i 50-bandiga muvofiq, kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar o’qishdan bo’sh vaqtlarida oliy o’quv yurti va boshqa tashkilotlarda mehnat shartnomasi tuzgan holda ishlashlari mumkinligi belgilangan. Mehnat qonunchiligiga ko’ra talaba faqat ta’limdan bo’sh vaqtida ishlashi mumkin.

Ammo Vazirlar Mahkamasining 275-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to’lash to’g’risida»gi nizomning 7-bandi ikkinchi xatboshisiga ko’ra, oliy yoki o’rta maxsus, kasbiy ma’lumotga ega bo’lmagan shaxslarni umumta’lim muassasalariga pedagogik lavozimlarga qabul qilishga yo’l qo’yilmaydi. Agarda o’rta maxsus ma’lumoti pedagogik sohaga tegishli bo’lsa, umumta’lim maktablarida dars berishi mumkin.



  1. Bitiruvchi kurs talabalarining pedagogik faoliyati: Yuqorida ko’rsatib o’tilgan nizomning 8-bandiga ko’ra, oliy ta’lim muassasasining 4-kursida o’qiyotgan shaxslar pedagogik ishini amalga oshirish uchun qo’yilishi mumkin va ularga o’rta maxsus, kasbiy ma’lumotga ega bo’lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi belgilanadi. Bundan ayon bo’ladiki, talaba H.Olimova ham o’z pedagogik faoliyatini o’qishidan ajralmagan holda yo’lga qo’yishi mumkin. Bunda u Mehnat kodeksiga asosan mehnat shartnomasini imzolaydi hamda qonuniy ravishda ma’lum bir stavkada dars berishi mumkin.



Download 26.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling