Vaziyatli keys


Yechim: Valyutani nazorat qilivchi organlar


Download 26.87 Kb.
bet2/3
Sana27.10.2023
Hajmi26.87 Kb.
#1727319
1   2   3
Bog'liq
Moliya fanidan 1-JN (2)

Yechim:
Valyutani nazorat qilivchi organlar: “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi 841-XII-sonli Qonunning XIII bobi “Valyuta nazorati” deb nomlanib, ushbu qonunnning 23-moddasida quyidagicha keltiriladi: “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Hisob palatasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasida valyutani nazorat qiluvchi organlardir”.
Ushbu vakolatli organlarning huquq hamda majburiyatlaru shu qonunning 24-moddasida o’z aksini topadi:
“Valyutani nazorat qiluvchi organlar O‘zbekiston Respublikasida rezidentlar va norezidentlar tomonidan o‘tkaziladigan valyuta operatsiyalarining O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligiga taalluqli qismi bo‘yicha nazoratni o‘z vakolatlari doirasida amalga oshirishi shart”


Valyuta kursining erkin belgilanishi: «Oʻzbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi qarorning V bobi “Jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi” deb nomlanib, ushbu bobning 3-moddasiga muvofiq, chet el valyutasini sotib olish va sotish kurslari tijorat banklari tomonidan chet el valyutasiga bo‘lgan talab va taklifni hisobga olgan holda mustaqil ravishda belgilanadi va ushbu kurslarga tijorat banklari tomonidan operatsion kun davomida o‘zgartirish kiritilishi mumkin.


Ishchilarning huquq hamda majburiyatlari: Ishchi-xodimlar ishga qabul qilinar ekan, ular qonuniy tarzda mehnat shartnomasini imzolaydilar. Mehnat shartnomasining tuzilishi mamlakatning Mehnat kodeksiga asoslanib ishlab chiqiladi. Ushbu shartnomada ishchining ish vaqti, qancha muddat davom etishi, mehnat ta’tilini ajratish tartibi ko’rsatiladi . Yuqorida ko’rsatilgan holatning huquqiy yechimi O‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksining187-moddasida beriladi. Unga muvofiq,” Ishlanmaydigan bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.” Bu yerda bank xodimlarining hech qanday aybi yo’q. Ertasi kuni 8-mart bayaram ekanligini inobatga olgan holda ular kodeksda belgilangan huquqlaridan foydalanishga haqli. Agar ular boshqa ish kunida muddatidan oldin ishdan qaytganlarida ular aybor bo’lishi mumkin edi.


Vaziyatli keys
2
Hozirgi kunda yoshlarning munosib ish o’rni bilan ta’minlanishi, ishga qabul qilishning yosh chegarasini belgilash va bu ish ularning sog’ligi hamda o’qish faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatmasligi maqsadida bir qator mehnatga doir qonunlar ishlab chiqilmoqda. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi ana shunday qonunlarning asosidir.
O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Oliy ta’lim to’g’risida»gi nizomni tasdiqlash haqidagi 9-sonli buyrug’i mamlakatda yoshlarni oliy ta’limga jalb qilish hamda oliy ta’limda tahsil olayotgan talabalarni darsdan bo’sh vaqtlarida ish bilan ta’minlashda muhim dastak bo’lib kelmoqda.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining «Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to’lash to’g’risida»gi nizomi tasdiqlangan bo’lib, unga ko’ra oliy ta’limning pedagogika yo’nalishining bitiruvchi bosqich talabalari o’z mutaxassisliklari bo’yicha pedagogic faoliyatlarini qonunga muvofiq ravishda amalga oshirishari mumkin.



Download 26.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling