O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev
Download 3.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох
- Bu sahifa navigatsiya:
- Huquqiy odat
tamoyillar jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
-Bank faoliyatida qonunlarga qat’iy amal qilish tamoili; -Bank operatsiyalarining maqsadga muvofiq bo‘lishi lozimligi; -Bank axborotlarining dahlsizligi va qonun bilan muhofazalanishi. -Bank faoliyati tadbirkorlik faoliyatining muayyan shakli ekanligi. Tijorat banklari bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, DSq va bojxona qo‘mitasi bilan o‘zaro munosabatlari mohiyatiga ko‘ra moliyaviy- ma’muriy munosabat bo‘lganligi tufayli moliya xuquqi va ma’muriy xuquqqa xos bo‘lgan tamoyillar amal qiladi. Huquqshunoslik fanida bank huquqining manbalari aktlar deb tushuniladi, qonun normalarini belgilovchi davlat organlari, huquq normalarini belgilovchilardir. Bank xuquqi milliy xuquq tizimining alohida tarmog‘i sifatida ahloqiy va xuquqiy g‘oyalarni umumlashtirilgan holda o‘zida ifoda etuvchi tamoillarga tayanadi. Bank xuquqining tamoyillari bu sohada xuquqiy munosabatlar yuzaga kelishi va tartibga solinishining o‘ziga xos jihatlarini o‘zida ifodalaydi. Bank xuquqi bir necha xuquq sohalari chegaralarida shakllanganligi tufayli o‘zida 34 ularning har biriga hos bo‘lgan usullar hamda vositalarni jamlagan bo‘lib, bunday holat uning tamoyillarida ham o‘z ifodasini topadi. Bank huquqi ommaviy xuquq (moliya, ma’muriy huquqlar, Konstitutsiyaviy xuquq), hamda xususiy xuquq (fuqarolik xuquqi, xo‘jalik xuquqi) sohalariga oid normalar va qoidalar o‘zaro qo‘shilishi natijasida paydo bo‘lganligi, uning tamoyillari ham shartli ravishda shunga mos guruhlarga ajratilishi mumkin. Shunga ko‘ra Markaziy bank bilan tijorat banklari va boshqa kredit muassasalari o‘rtasidagi munosabatlarning tamoyillari, tijorat banklari bilan uning mijozlari bo‘lgan jismoniy hamda yuridik shaxslar o‘rtasidagi munosabat tamoyillari alohida guruhga ajratilishi mumkin. Markaziy bank bilan tijorat banklari o‘rtasidagi munosabatlar ommaviy- xuquqiy hususiyatga ega, chunki bu munosabatlar davlat tomonidan o‘zining vakolatli organi – Markaziy bank orqali amalga oshiriladigan boshqaruv faoliyatining mahsulidir. Shu tufayli Markaziy bank va tijorat banklarining o‘zaro munosabatlarida bo‘ysunish, bir tomonning (tijorat banklarining), ikkinchi tomon (Markaziy bank) farmoyishlarini bajarishi majburiy ekanligi bir tomon (Markaziy bank) ko‘rsatmalarining bajarilmasligi davlat majburlovi qo‘llanilishiga (tegishli huquqiy yoki iqtisodiy jazo qo‘llanilishiga) sabab bo‘lishi kabi tamoillar ustun turadi. Tijorat banklari bilan ularning mijozlari o‘rtasidagi munosabatlar esa xususiy- xuquqiy, fuqarolik-xuquqiy munosabatlardan iborat. Shu tufayli bu munosabatlar imperativ qoidalar va tamoyillarga emas, balki taraflarning erkinligi, o‘zaro tengligi, xuquqiy munosabatlarga kirishishning ixtiyoriyligi, o‘zaro manfaatdorlik, tashabbus ko‘rsatishning qonun doirasida hech narsa bilan cheklanmaganligi, majburiyatlar bajarilmagan taqdirda esa davlat majburlovi choralari emas, balki tomonlar o‘zaro kelishib belgilaydigan mulkiy ta’sir choralari ko‘rilishi kabi tamoyillarga tayanadi. Tijorat banklarining boshqa kredit muassasalari, mijozlari bilan bo‘ladigan munosabatlari o‘zaro tenglikka, ixtiyoriylikka, manfaatdorlikka 35 asoslangan fuqaroviy-xuquqiy munosabatlar bo‘lganligi sababli bunday paytda tovar-pul muomalasiga asoslangan, bozor iqtisodiga mos bo‘lgan fuqarolik- xuquqiy tamoyillari qo‘llaniladi va bu paytdagi aloqalar tomonlar o‘rtasida tuzilgan shartnomalarga tayanilgan holda olib boriladi. Zamonaviy ilm-fan sohasida bir nechta huquq manbalari mavjud: - Huquqiy odat – xalq tomonidan tarixiy rivojlanishi davomida ishlab chiqilgan, odatga kirgan va davlat tomonidan mustahkamlangan bo‘ladi. Xususan, huquqiy odatni biz O‘zbekistan Respublikasi Fuqarolik kodeksida ko‘rishimiz mumkin. Download 3.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling