O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev


Download 3.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/161
Sana17.11.2023
Hajmi3.11 Mb.
#1782418
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   161
Bog'liq
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох

Inkasso bo‘yicha hisob-kitoblar. Inkasso bo‘yicha hisob-kitob qilinganida 
mijoz o‘z bankiga (bank-emitentga) pul to‘lovchidan to‘lovni va (yoki) to‘lov 
akseptini mijoz hisobidan qabul qilish haqida topshiriqnoma yuboradi. Inkasso 
topshirig‘ini olgan bank-emitent uni bajarish uchun boshqa bankni (ijrochi bankni) 
jalb qilishga haqli. Inkasso bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi qonun 


203 
hujjatlari bilan va bank amaliyotida qo‘llaniladigan ish muomalasi odatlari bilan 
boshqariladi. 
Mijozning topshirig‘i bajarilmagan yoki tegishli suratda bajarilmagan 
taqdirda, bank-emitent uning oldida ushbu oluvchining Fuqarolik Kodeksning 24-
bobida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra va miqdorda javobgar bo‘ladi. Agar ijrochi 
bank tomonidan hisob-kitob operatsiyalarni amalga oshirish qoidalari buzilganligi 
munosabati bilan mijozning topshirig‘i bajarilmagan yoki tegishli suratda 
bajarilmagan bo‘lsa, mijoz oldidagi javobgarlik ushbu bank zimmasiga yuklatilishi 
mumkin. 
Biron-bir hujjat bo‘lmagan yoki hujjatlar tashqi alomatlariga ko‘ra inkasso 
topshiriqnomasiga mos bo‘lmagan taqdirda ijro etuvchi bank bu xaqda darhol 
inkasso topshiriqnomasini bergan shaxsga xabar qilishi shart. Mazkur kamchiliklar 
bartaraf etilmagan taqdirda, bank topshiriqlarni bajarmasdan hujjatlarni qaytarib 
yuborishga xaqli. Agar hujjatlar olinishi bilanoq ular bo‘yicha pul to‘lanishi shart 
bo‘lsa, ijrochi bank inkasso topshiriqnomasini olgan zahoti to‘lovga taqdim etishi 
shart. 
Agar hujjatlar bo‘yicha pul boshqa muddatda to‘lanishi kerak bo‘lsa, ijrochi 
bank-to‘lovchining akseptini olish uchun hujjatlarni inkasso topshiriqnomasini 
olinishi bilanoq, darhol akseptga taqdim etishi kerak, to‘lov talabi esa xujjatda 
ko‘rsatilgan to‘lov muddati boshlanadigan kundan kechiktirmasdan qo‘yilishi 
kerak. Qisman bajariladigan to‘lovlar bank qoidalarida belgilab qo‘yilgan hollarda 
yoki inkasso topshiriqnomasida maxsus ruxsat bo‘lsa qabul qilinishi mumkin. 
Olingan (inkassolangan) summalar ijrochi bank tomonidan darhol bank-emitent 
tassarrufiga topshirilishi, u esa bu summalarni mijozning yuisobvarag‘iga kiritib 
qo‘yishi shart. Ijrochi bank inkasso qilingan summadan o‘ziga tegishli haqni va 
harajatlarni qoplashga ketadigan pulni ushlab qolishga haqli. 
Agar to‘lov va (yoki) aksept olingan bo‘lmasa, ijrochi bank pul 
to‘lanmaganligining yoki akseptdan bosh tortilganligining sabablari to‘g‘risida 
bank-emitentni bosh tortilganligining sabablari to‘g‘risida bank-emitentni darhol 


204 
habardor qilishi shart. Bank-emitent bu xaqda darhol mijozga xabar berishi, undan 
navbatdagi harakatlar hususida ko‘rsatmalar so‘rashi shart. Bundan keyingi 
harakatlar to‘g‘risida bank qoidalarida belgilangan muddatda ko‘rsatmalar 
olinmasa, ijrochi bank hujjatlarni inkasso topshiriqnomasi yuborgan bankka 
qaytarishga haqli. 
Qarzdor (to‘lovchi) dan to‘lovni yoki akseptni olish uchun yo‘naltirilgan 
harakatlarni inkasso operatsiyalari deb nomlanadi. To‘lov oluvchining inkasso 
topshirig‘i inkasso orqali hisob-kitoblar amalga oshirilishiga asos bo‘ladi. Inkasso 
to‘lovlari aksept asosida, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda akseptsiz 
(nizosiz) tartibda ham amalga oshirilishi mumkin. 

Download 3.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling