O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev


Download 3.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/161
Sana17.11.2023
Hajmi3.11 Mb.
#1782418
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   161
Bog'liq
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох

 
С 
С 



Kirish 
Mamlakatimiz o‘z mustaqil taraqqiyotining ilk bosqichlaridayoq mamlakatda 
mustaqil pul va bank tizimini shakllantirishga birinchi navbatdagi vazifalar sifatida 
e’tibor qaratdi va bu sohada yanada taraqqiy ettirish bugungi kunning xam 
dolzarb yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bunday say’i-harakatlarning natijasi 
tufayli mamlakatimiz bank-moliya tizimining mustahkam qonuniy-huqiy asoslari 
yaratildi va respublikamizda faoliyat olib borayotgan tijorat banklari dunyoning 
etakchi xalqaro reyting kompaniyalarining “barqaror“ reyting ko‘rsatkichlarini olib 
xalqaro bank tizimida mustahkam o‘rin egallab bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada 
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonining
1
“Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish” deb nomlangan uchinchi 
yo‘nalishda milliy valyuta va narxlarning barqarorligini ta’minlash, valyutani 
tartibga solishning zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy 
etish, xorijiy investorlar uchun investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish, bank 
faoliyatini tartibga solishning zamonaviy prinsiplari va mexanizmlarini joriy etish 
masalalariga e’tibor qaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 9 yanvardagi “O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5296-sonli Farmonida “Jahon moliya tizimida yuz 
berayotgan jiddiy o‘zgarishlar, shuningdek mamlakatda milliy iqtisodiyotni keng 
ko‘lamli isloh qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar pul-kredit 
siyosatini shakllantirish, amalga oshirishda hamda bank tizimini yanada 
rivojlantirishda yangicha yondashuv va prinsiplar qo‘llanilishini taqozo 
qilayotganligi, ... bank tizimining barqarorligini ta’minlash, omonatchilar va 
1
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha 
Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni. T: 2017 yil 7 fevral 



kreditorlar manfaatlarini himoya qilish va Markaziy bankning pul-kredit 
operatsiyalarini o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, ...jismoniy va 
yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash departamenti negizida asosiy 
vazifasi bank xizmatlari iste’molchilarining huquq va qonuniy manfaatlarini 
himoyalash, aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga moliyaviy ochiqlikni va ularning 
savodxonlik darajasini oshirish bo‘lib hisoblangan Markaziy bankning Bank 
xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmati tashkil etilishi 
lozim
2
deb ta’kidlanganligi ham banklar faoliyatida huquqiy masalalarga ustivor 
e’tibor berish lozimligini taqazo etadi.
Mamlakatimizni 
rivojlantirishning 
2017-2021 
yillarga 
mo‘ljallangan 
Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bank tizimi va 
banklar faoliyatining huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish, mamlakat 
iqtisodiyotida ishtirokini yanada kengaytirish, banklarning moliyaviy barqarorligi 
va likvidliligini ta’minlash ko‘p jihatdan banklar faoliyatini strategik jihatdan 
to‘g‘ri rejalashtirish, ular faoliyatida yuzaga keladigan risklar va riskli holatlarni 
to‘g‘ri boshqarishning qonunchilik asoslarini chuqur o‘rganishdan iborat. Tijorat 
banklari faoliyati bozor munosabatining boshqa sub’ekti faoliyatidan tubdar farq 
qiladi. Banklar bozor munosabatlarining boshqa sub’ektlaridan farqli ravishda 
iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi muassasa hisoblanib, moddiy ishlab chiqarishni 
tashkil qilish va olib borishda moliyaviy vositachi sifatida ishtirok etadilar. Tijorat 
banklari kapital aylanishining uzluksizligini ta’minlash, bo‘sh pul mablag‘larini 
yig‘ish va ularni pul zarur bo‘lgan sub’ektlar o‘rtasida taqsimlash bo‘yicha faoliyat 
olib boradi. Banklar faoliyatining huquiy asoslarini chuqur o‘rganishning zarurligi 
shundaki, banklar boshqa sub’ektlardan faoliyatidan farqli ravishda asosan jalb 
qilingan mablag‘larga tayanib ishlaydilar. Bu esa o‘z navbatida banklar 
faoliyatining o‘z va jalb qilingan mablag‘larga nisbatan mas’uliyati va 
javobgarligini oshiradi. Chunki,bank bir tomondan unga o‘z jamg‘armalarini 
2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini 
tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5296-sonli Farmoni. 2018 yil 9 yanvar. 



ishonib topshirgan yuridik va jismoniy shaxslar oldida majburiyatga ega bo‘lsa,
ikkinchi tomondan bank o‘z aksiyadorlari oldida majburiyatga ega hisoblanadi.
Shu sababli banklar o‘z ixtiyorida mavjud bo‘lgan mablag‘lar qonunchilik 
talablariga muvofiq foydalanishi, har bir subekt bilan iqtisodiy aloqa o‘rnatishdan 
mazkur munosabatlarning qonunchilik asoslarini puxta tahlil qilishi, sub’ekt 
faoliyatini, uning moliyaviy holati va ko‘rsatkichlarini, o‘rganishi lozim.
Mamlakatimiz banklari faoliyatini jahon talablariga moslashtirish har bir bankdan 
samarali boshqaruv strategiyalarini ishlab chiqishni, xususan, bank boshqaruvi 
qonunchilik asoslarini o‘rganish va takomillashtirish choralarini ko‘rishni taqozo 
etadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy 
bankining 
faoliyatini 
tubdan 
takomillashtirish 
chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi Farmonida ta’kidlanganidek, “ Xolis tan olish kerakki, bugungi 
kunda pul-kredit siyosati va banklarni tartibga solishdagi imkoniyatlardan amalda 
to‘laqonli foydalanilmayapti, pul-kredit instrumentlarining lozim darajada ishlashi 
va samaradorligini ta’minlovchi transmission mexanizmlarning rivojlanmaganligi 
qo‘yilgan maqsadlarga erishishni qiyinlashtiradi. O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki tomonidan tijorat banklarining boshqaruv va risk-menejmenti 
sifatiga ta’sir qilish mexanizmlarining takomillashmaganligi, banklar faoliyatiga 
ma’muriy aralashuv amaliyotining davom etayotganligi, ayniqsa, banklar 
tomonidan o‘z faoliyatiga xos bo‘lmagan korxonalar tashkil etilishi, shuningdek 
ularning faoliyat yo‘nalishiga muvofiq bo‘lmagan vazifalarning yuklatilishi bank 
nazoratini ta’sirchan amalga oshirishni qiyinlashtirmoqda.”
3
Haqiqatda ham 
bunday sharoitda bank faoliyati qonunchilik normalariga rioya qilishni 
kuchaytirish, banklar faoliyatni tartibga solishning me’yoriy talablarini Bazel 
nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasining zamonaviy tamoyillari asosida qayta ko‘rib 
3
3
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini 
tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5296-sonli Farmoni. 2018 yil 9 yanvar. 



chiqish, ichki reyting tizimini shakllantirish bo‘yicha zaruriy shart-sharoitlarni 
yaratish bank ishining ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi. SHu bois ham, 
bo‘lg‘usi bank xodimlari banklar faoliyatining qonunlari va normativ hujjatlari 
bo‘yicha chuqur bilimlarga ega bo‘lishlari maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bozor 
munosabati sharoitida banklarning depozit, kredit, invesitsiya, foiz, likvidlilikni 
boshqarish siyosati va boshqa faoliyat yo‘nalishlari ular faoliyatining samarasini 
ta’minlovchi yo‘nalishlar bo‘lib ma’lum me’yoriy talablarga rioya qilishni taqazo 
etadi. 
Ayniqsa 12 may 2020 yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining “2020-2025 yillarga mo’ljallangan O’zbekiston Respublikasining 
bank tizimini isloh qilish strategiyasi to’g’risida”gi farmoni bank tizimida 
raqobatdoshlikni oshirish, bank kapitalida davlar ulushini kamaytirish va xususiy 
capital rolini oshirish, xorijiy investorlarni jalb qilish, banklarning likvidligi va 
raqobatbardoshligini oshirish masalalarini kunnig dolzarb vazifalari sifatida 
belgilab berdi
4
O‘zbekiston Respublikasining “Markaziy bank to‘g‘risida”gi, “Banklar va 
bank faoliyati to‘g‘risida”gi, “Xususiy bank va moliya institutlari hamda ular 
faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Bank siri to‘g‘risida”gi, “Valyutani 
tartibga solish to‘g‘risida”gi, “Fuqarolarning banklardagi omonotlarini himoyalash 
kafolatlari to‘g‘risida”gi,”To’lovlar va to’lov tizimi to’grisida”gi, “Kredit axboroti 
almashinruvi 
to‘g‘risida”gi, “Lizing to‘g‘risida ”gi, “Mikromoliyalash
to‘g‘risida”gi, “Xususiy bank va moliya institutlari hamda ular faoliyatining 
kafolatlari to‘g‘risida”gi va boshqa qator qonunlar bank faoliyatining huquqiy 
asoslarini o‘zida mujassamlashtirgan. Mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan 
nobank kredit tashkilotlari bo‘lgan mikrokredit tashkilotlari, lombardlar 
faoliyatining qonunchilik asoslari O‘zbekiston Respublikasining “Mikrokredit 
tashkilotlari to‘g‘risida”gi qonun va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 
4
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2020-2025 yillarga mo’ljallangan 
O’zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to’g’risida”gi farmoni. 12 
may 2020 y. 



lombardlar va mikrokredit tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirishga qaratilgan 
qator normativ hujjatlari talablari asosida tartibga solinadi.
Mazkur darslikda bank huquqining asoslari, uning ob’ekti va sub’ektlari, 
tamoyillari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining huquqiy maqomi, 
maqsad va vazifalarini amalga oshirishdagi huquq va majburiyatlari, O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy bankining tijorat banklari faoliyatini tashkil qilish, 
muvofiqlashtirish va tartibga solish borasidagi qonunda belgilangan vakolatlari 
kabi mavzular ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, darslikda tijorat banklari faoliyatini 
tashkil etishning huquqiy asoslari, bank menejmenti va strategiyasini amalga 
oshirishning huquqiy jihatlariga ham e’tibor qaratiladi.
Shuningdek, darslikda tijorat banklarifaoliyatini tashkil etish, uning depozit 
va kredit operatsiyalarining huquqiy asoslari, mijozlar va bank o‘rtasidagi 
shartnomalar va ularning huquqiy tomonlari, kredit, depozit munosabatlarida 
tomonlarning huquq va majburiyatlari, aholi omonotlarini kafolotlash masalalari,
bank boshqaruvi, ijro organlarining huquq va majburiyatlari kabi mavzularni 
yoritib berishga e’tibor qaratilgan.
Bank xodimi bank faoliyatining huquqiy asoslari borasida chuqur bilim va 
ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, xorijiy davlatlar tijorat banklari amaliyotining 
qonunchilik asoslari to‘g‘risida ham ma’lumotlarga ega bo‘lishi lozim. “Bank 
huquqi” fani “Pul va banklar”, “Bank ishi”, “Xalqaro bank ishi”, “Tijorat 
banklarining moliyaviy resurslarini boshqarish”, “Bank menejmenti va 
marentingi”, “Monitar siyosat”, “Bank risklari” kabi fanlar bilan uzviy bog‘liq. 
Bank huquqi fanining asosiy maqsadi - bank tizimida faoliyat olib boradigan 
xodimlar va mutaxassislarni bank faoliyatining qonuniy-huquqiy va normativ-
me’yoriy asoslari bilan tanishtirish, ularning bu sohada bilim va ko‘nikmalarga ega 
bo‘lishini ta’minlashga erishishdan iborat.
Mazkur fan bo‘yicha dars jarayonlari ma’ruza, seminar mashg‘ulotlari va 
mustaqil ta’limdan tashkil topadi.



Darslikda moliya-bank tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, bank 
qonunchiligidagi yangilanishlar, bank xuquqi bilan bog‘liq bo‘lgan nazariy-ilmiy 
tadqiqotlar va ularning natijalariga ham e’tibor qaratilgan. Ushbu darslik hozirgi, 
yangi bosqichda bank-moliya sohasida malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash 
ishiga munosib hissa qo‘shadi deb umid qilamiz. 


10 

Download 3.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling