O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev


Download 3.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/161
Sana17.11.2023
Hajmi3.11 Mb.
#1782418
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   161
Bog'liq
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох

konstitutsiyasi normalari asosida shakllantiriladi va konstutitsiya normalari bank 
qonunchiligining asosi hisoblanadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyaning X bobi - Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar deb nomlanib uning 
36-moddasida “Har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli. Bankka qo‘yilgan 
omonatlar sir tutilishi va meros huquqi qonun bilan kafolatlanadi” deb belgilab 
qo‘yilgan.
Konstitutsiyaning 53-moddasida keltirilishicha, “Bozor munosabatlarini 
rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil 
shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini 
hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha 
mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza 
etilishini kafolatlaydi. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat 
himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina 
mulkidan mahrum etilishi mumkin”ligi va 54-moddasida “Mulkdor mulkiga o‘z 
xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdan 
foydalanish ekologik muhitga zarar etkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va 
davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini 
buzmasligi shart” ekanligining belgilanishi ham banklar tomonidan mijozlarning 
iqtisodiy jihatdan mustaqil o‘z mulkiga egalik qilishi mumkinligi va banklar 
kredit, hisob-qitob va boshqa munosabatlarni o‘rnatganda, xizmatlar ko‘rsatish 
borasida faoliyat olib borish bo‘yicha o‘z qonunchilik va me’yorniy hujjzatlarini 
ishlab chiqish va amalga oshirishda mijozlarning konstitutsiyaviy huquqlarini
inobatga olishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining XXV bobi Moliya va kredit 
deb nomlanadi. Bu esa O‘zbekiston Respublikasida bank, moliya, soliq va boshqa 
ushbu sohaga aloqador qonunlarning mazkur bo‘limda qo‘yilgan talablarpga mos 
ravishda ishlab chiqilishi va tadbiq etilishini talab etadi. O‘zbekiston Respublikasi 
konstitutsiyasining 122-moddasida “O‘zbekiston Respublikasi o‘z moliya va pul-


20 
kredit 
tizimiga 
ega.
O‘zbekistonning Davlat byudjeti Respublika byudjetidan, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi byudjetidan va mahalliy byudjetlardan iborat” debgan normani 
ifodalaydi. 

Download 3.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling