O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti hisob va audit fakulteti «audit» kafedrasi


Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati


Download 490.83 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/21
Sana21.11.2023
Hajmi490.83 Kb.
#1791892
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
auditorlik tashkilotlarida auditorlik xulosasi va hisobotini tuzish

Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishidagi 
ilmiy xulosalar va tavsiyalar, auditorlik tekshiruvlarida audit xulosasi va hisoboti 
tuzishni yanada takomillashtirish imkonini beradi. 
Bitiruv malakaviy ishi natijalaridan auditorlik faoliyatining milliy 
standartlarini ishlab chiqish, auditorlik tekshiruvlarida audit xulosasi va hisoboti 
tuzishishda amaliy qo’llanma sifatida foydalanish mumkin. 
1
Битирувчи талабанинг илмий изланишлари, 2015 йил. 



Bitiruv malakaviy ishi tarkibining qisqacha tavsifi: 
1-bobda 
iqtisodiyotni 
modernizatsiyalash 
sharoitida 
auditorlik 
tashkilotlarida auditorlik xulosasi va hisobotini tuzishning nazariy asoslari yoritib 
berilgan. 
2-bobda O’zbekistonda auditorlik xulosasi va hisobotini tuzishning amaliy 
jihatlari ya’ni umumlashtirish va baholash tartibi, shuningdek auditorlik xisoboti 
va xulosasi tuzish tartibining xususiyatlari ochib berilgan. 
3-bobda auditorlik tashkilotlarida auditorlik xulosasi va hisobotini tuzishni 
takomillashtirish masalalri, shuningdek xalqaro standartlar asosida auditorlik 
hisoboti va xulosasi bo’yicha javobgarlikni mustahkamlash masalalari ilmiy 
asoslab berilgan. 



I BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA 
AUDITORLIK TASHKILOTLARIDA AUDITORLIK XULOSASI VA 
HISOBOTINI TUZISHNING NAZARIY ASOSLARI 
1.1. 
Mamlakatimizda auditorlik tekshiruvlarini tashkil qilishning 
me’yoriy-huquqiy asoslari 
 
Mamlakatimiz iqtisodiyotini modernizatsiyalash va ishlab chiqarish 
tarmoqlariga yangi zamonaviy texnika-texnologiyalarning kirib kelishi asosida 
xo’jalik sub’ektlaring moliyaviy mustaxkaligini oshishi keyingi yillarda auditorlik 
faoliyatini yanada rivojlanishiga poydevor bo’lmoqda. «Auditorlik faoliyati 
to’g’risida»gi Qonunga (yangi tahriri) muvofiq «Auditorlik faoliyatini 
takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining ahamiyatini oshirish to’g’risida» 
Vazirlar Mahkamasining Qarori tasdiqlandi. Buning natijasida malakali 
auditorlarni 
tayyorlash, 
qayta 
tayyorlash 
hamda 
auditorlik 
faoliyatini 
litsenziyalashda jiddiy o’zgarishlar sodir bo’ldi. Bu o’z navbatida auditorlar va 
auditorlik tashkilotlarini huquq va mas’uliyatlarini yanada oshirdi va ular o’rtasida 
raqobat kuchaydi. 
Auditorlik faoliyatini litsenziyalashtirish (ruxsatnoma berish) va auditor 
malaka sertifikatini berishning yangi tartibi joriy etildi. Bunday chora-tadbirlarning 
amalga oshirilishi albatta auditorlik tekshirishlarning sifatini yanada yaxshilash 
imkoniyatini yaratdi. Auditorlik tashkilotlarga auditorlik faoliyatini amalga 
oshirish uchun litsenziya mahsus vakolatli davlat organ – Moliya Vazirligi 
tomonidan beriladi va auditorlik faoliyatini maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosida 
amalga oshiriladi. Auditorlik tashkilotlarida malaka sertifikatiga ega bo’lgan 
auditorlar faoliyat ko’rsatadi. O’zbekiston Respublikasda auditor malaka 
sertifikatini olish tartibi quyidagi talablar asosida amalga oshiriladi: 
- oliy iqtisodiy ma’lumotning buxgalteriya hisobi, auditorlik, moliyaviy yoki 
soliq nazorati sohalarida amaliy ish, dars berish staji kamida 3 yil bo’lishi; 
- yoki oliy noiqtisodiy yoki o’rta maxsus iqtisodiy ma’lumot bilan auditor, 
bosh buxgalter, revizor yoki soliq inspektori sifatida kamida 5 yillik ish stajining 
borligi. Bunday ish stajiga ko’rsatilgan ishlarda xodimlar shtatida yoki o’rindoshlik 




Download 490.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling