O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti hisob va audit fakulteti «audit» kafedrasi


Download 490.83 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/21
Sana21.11.2023
Hajmi490.83 Kb.
#1791892
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Bog'liq
auditorlik tashkilotlarida auditorlik xulosasi va hisobotini tuzish

Auditorlar vazifalarini 
tushuntirishdagi tafovutlar 
Jamoatchilik ishonchining kamayishi 
Sudda va suddan tashqari hal qilish 
savdoda auditorlar guruhida buxgalterlar, tovarshunoslar, iqtisodchilar, iqtisodiy 
axborotni ishlashning avtomatlashtirilgan tizimi mavjud bo’lsa, ma’lumotlarni 
informatsion texnologiya mutaxassislari kiritadi. 
Umuman auditni tashkil etishning bunday shakli nazorat samaradorligi va 
sifatini oshiradi, uni o’tkazish muddatini kamaytiradi, demak ko’rsatiladigan 
xizmatga ketadigan xarajatini kamaytiradi. 
Auditorlik tekshiruvida korxona faoliyatining moliyaviy jihatlarini tahlil 
qilish, shuningdek, uni moliyaviy jihatdan sog’lomlashtirishga doir vazifalar bilan 
qo’shilib ketadi. Auditorlarning barcha (deyarli barcha) xizmatlari pul evaziga 
bajariladi, lekin bu mijoz korxonalarga ham, ularning buxgalteriya hisobotidan 
foydalanuvchi «Uchinchi shaxslar» deb ataluvchilarga ham foydalidir. 
Keyinchalik O’zbekistonda ham bozor munosabatlari rivojlangan sari 
yuqorida aytilgan va shunga o’xshash tafovutlar kengayishi mumkin. Shu sababli 
auditning tashkiliy-yuridik va iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish va ularni 
auditorlik xulosalaridan foydalanuvchilarning kutishlaridagi ob’ektiv tafovutlarni 
hisobga olib takomillashtirish lozim. 
3-chizma. Auditorlar vazifasini tushunishdagi tafovutlar 
Auditor vazifasini anglashda tafovut faqat auditor va mijozlar o’rtasida bo’lib 
qolmaydi. Bir qancha hollarda (ayniqsa sudda va suddan tashqari hal qilishda) 
bizdan ko’ra ko’proq g’arb uchun harakterli bo’lgan bu tafovutlar uchinchi 
shaxslarning manfaatlariga daxldor bo’ladi, shuningdek keng jamoatchilik 
diqqatini jalb qiladi. 


16 
Auditorlar dalolat berish vazifasini bajarar ekanlar buxgalteriya hisobotining 
to’g’riligi va ob’ektivligi to’g’risida fikr bildirish imkonini beradigan etarli 
darajada ishonchli dalillarni o’z vaqtida to’plashni o’zlarining vazifasi deb 
biladilar. Demak, auditorlar ko’pgina holatlarni (masalan, tekshirilayotgan xo’jalik 
tizimi xodimlari va ma’muriyatining suiste’mollarini) o’zlarining vazifalaridan, 
shuningdek olingan topshiriq mohiyatidan kelib chiqmaydigan qo’shimcha deb 
hisoblashlari kerak va ko’p auditorlar shunday deb hisoblamoqdalar. 
Biroq buxgalteriya hisobotini tuzuvchilar, undan foydalanuvchilar audit 
(umumiy audit, banklar, fondlar, sug’urta kompaniyalari auditi) davomida xizmat 
qanday bo’lishi lozimligiga biroz boshqacha qaraydilar. Masalan, auditorlar 
mahorat va ko’p gonorar olishga da’vo qiladilar, buxgalteriya hisobotini 
tuzuvchilar va undan foydalanuvchilar har qanday hollarda ham tekshiruvchilardan 
ulkan, muhim suiste’mollarnigina emas, mayda suiste’mollarni, hisobotdan barcha 
buzilishlarni ochib tashlashga samaradorlikni kutishlari mumkin. Biroq, tajribali 
auditor, ayniqsa endi ishlay boshlagan auditor bu sohalarda hamisha samarali 
ishlay olmasligini ko’rsatmoqda.
Tekshiriladigan xo’jalik tizimining ma’muriyati auditorlar oldiga ehtimol 
tutilgan suiste’mollik faktlarini va ularning oqibatlarini aniqlash vazifasini qo’ysa - 
bu boshqa gap. Masalan, avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatuvchi yirik bazaning 
ma’muriyati o’z hududida joylashgan ikkita nomustaqil transport do’konida 
chakana savdo to’g’ri yuritilayotganini tekshirishni iltimos qildi. (Bu 
auditorlarning mijoz bilan kelishilgan tadbirlari bo’yicha xizmati deyiladi). 
Bunday topshiriqni bajarish uchun, shubhasiz tekshiruvchilar alohida auditorlik 
testlari va tadbirlarini ishlab chiqishlari nazoratning tovar va kassani to’satdan 
inventarizatsiya qilish, miqdor hisobini tiklash, shubha tug’dirgan alohida hujjatlar 
bo’yicha qayta tekshirish o’tkazish kabi alohida usullardan foydalanishlari lozim. 
O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Auditorlik faoliyati 
to’g’risidagi Qonuni mamlakatimizda auditorlik faoliyatini asosiy shartlarini 
belgilab berdi. Bu faoliyatni yuridik shaxs sifatida auditorlik tashkilotlari amalga 
oshiradi. Buning ustiga xodimlar tarkibiga ma’lum talablar ham qo’yildi, shunga 


17 
muvofiq ravishda auditorlik tekshirishlarini o’tkazishga cheklashlar ham joriy 
etildi. Hozir amal qilayotgan cheklashlar bo’yicha hamma narsa auditning halqaro 
standartlariga mos kelmaydi. 
Bu xujjatlar auditor (auditorlik tashkiloti) faoliyatining faqat asosiy (tabiiyki 
hammasini emas) shartlarini belgilab berdi. Vazirlar Mahkamasining «Auditorlik 
faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarning ahamiyatini oshirish 
to’g’risida»gi qarori bilan kiritildi. 1992 yilda qabul qilingan «Auditorlik faoliyati 
to’g’risida»gi Qonunda va boshqa me’yoriy xujjatlarda auditorlar va auditorlik 
tashkilotlarining nizom kapitalidagi ulushi 51% dan kam bo’lmasligi kabi cheklash 
yo’q edi. 
Bularning hammmasi yig’ilib, katta miqdorni tashkil etadiki, o’z 
auditorlarimiz agar homiylarga murojaat qilmasalar, buncha pulni topishlari amri 
mahol. Chunki hozirgi paytda vujudga kelgan vaziyatda hisob va tahlil sohasidagi 
o’z mutaxassislarimiz xorijdagi o’z kasbdoshlariga nisbatan davlatga ancha ko’p 
pul to’lashga majbur bo’ladilar. Ahvol shunday ekan hukumatning bu ishlarining 
hammasi «Auditorlik firmalari auditorlik faoliyatini amalga oshirish chog’ida 
ularning mustaqilligi qo’shimcha kafolatlanishini ta’minlash maqsadida» qilingani 
haqidagi gaplari to’g’riligiga ishonish qiyin. Xomiy qidirishga majbur bo’lgan 
odamda qanday mustaqillik, qanday qo’shimcha kafolat bo’lsin? 
Bu muammoning bir tomoni xolos. Sanab o’tilgan barcha shartlar diqqat bilan
tahlil qilinsa, yana bir muhim jihatni aniqlash mumkin. Axir bunday sharoitda 
«Beshlik» uchun hali mustahkam oyoqqa turmagan O’zbekiston auditorlik 
tashkilotilarini, ayniqsa yakka tartibda ishlaydigan eng qimmatli, yuqori malakali 
auditorlarimizni engib chiqish mumkin (ko’p mamlakatlarda xuddi shunday 
bo’lgan). Bu muammoni hal etishda albatta mustaqillik tamoyili muhim rol 
o’ynaydi. 
Mustaqillik - auditorlik kasbining asosiy tamoyillaridan biridir. Aslini 
olganda bu professional fikrni bildirishga., ya’ni o’zining halolligi, vijdoni sofligi 
va kasbiga oid burchini bajarishga xolisona yondashish asosida auditorning dalolat 
berishi vazifasini bajarishiga imkon beradigan turmush tarzidir. Quyidagilar 


18 
hamma tomonidan e’tirof etilgan:
a) mutlaq mustaqillik amalda bo’lmaydigan orzu, lekin shunday mustaqillikka 
erishishga intilmay o’tkazilgan tekshirish umuman o’z mohiyatini yo’qotadi; 
b) tekshiruvchilarning bilim darajasi kengaygan sari tekshirishning samarasi 
ortadi va mustaqillik darajasi kamaygan sari pasayadi; 
v) deyarli hamisha tekshiruvchilar mustaqilligini pasaytiruvchi omillar 
vujudga kelishi mumkin; 
g) kasbiga doir faoliyat bilan shug’ullanayotgan auditorlarning mustaqilikka 
erishishga intilishi, ular duch keladigan salbiy omillarni ishonchli bartaraf etishlari 
uchun asos bo’lib xizmat qilishi lozim. 
Auditorlar mustaqilligini muhim ahamiyatga molikligi sababli kasbimizning 
ko’plab vakillari uni yangi tahrirdagi «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi Qonunga 
qo’shimcha kiritish lozimligini taklif qilmoqdalar. Bu mualliflar O’zbekiston 
uchun yangi bo’lgan bu tamoyilni esga olgan bo’lsalar ham uni talqin etishda 
darhol ikki xil ma’no chiqishiga yo’l qo’ydilar: «Mustaqillik» degan aniq 
tushunchaning qonunida yo’qligi auditorlik qonunda «mustaqil tekshirish» degan 
ta’rifida chalkashlikka olib kelishi mumkin. 
Jahon tajribasida bir qancha omillar va vaziyatlar ta’siri natijasida auditor 
mustaqilligi darajalari kamayib bormoqda. Ularni hammasini sanab o’tish qiyin, 
shunga qaramay ularning orasidan quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin: 
a) auditor iqtisodiy sub’ekt aktsiyalariga (obligatsiyalariga) vaqtincha 
bo’lsada egalik qilishi, ularni birjalar, birjadan tashqari savdoda sotib olish va 
qayta sotishi; 
b) iqtisodiy sub’ekt ma’muriyati vakillaridan biri bilan birgalikda boshqa 
firmalarni ta’sis etishi, uning xodimi bo’lishi yoki ma’muriyat xodimlarini o’zi 
yollagan bo’lishi; 
v) shunga o’xshash raqobatchi guruhlarning yoki iqtisodiy sub’ektiga qarashli 
guruh xodimi bo’lishi; 
g) o’zi bajargan auditorlik xizmatlari uchun o’z auditorlik tashkilotlaridan 
emas, bevosita iqtisodiy sub’ektdan haq (moliyaviy yordam, qarz va shu kabilar) 


19 
olgani; 
d) iqtisodiy sub’ekt ma’muriyati vakillariga yaqin qarindoshliligi; 
e) ko’p yillar ushbu iqtisodiy sub’ektni tekshirishda surunkasiga 
qatnashganligi va boshqalar. 
Amalda auditor mustaqilligi maqsad bo’lishi, auditorlar ham ularning 
mijozlari ham, umuman jamiyat ham shu maqsadga intilishi kerak. Bunday 
maqsadga ma’lum darajada erishsa bo’ladi. Masalan, auditor xizmati uchun ko’p 
xollarda uni yollagan mijoz shaxsini o’zi haq to’lashiga qaramay auditor bu ishni 
bajarish uchun etarli darajada mustaqil bo’lishi mumkin va lozim. Bundan tashqari 
auditorga tekshirilayotgan xo’jalik tizimi tomonidan haq to’lanishi agar bu tizim 
ma’muriyati jinoiy ishlarga botib qolmagan bo’lsa taklif etilgan mutaxassisga 
alohida ishonch bildiradi, hatto o’z xo’jaligi juda shubhali, xatarli zonalarni 
mufassal, chuqur tadqiq etish tashabbuskori bo’lishi ham ehtimoldan holi emas. 
Boshqacha aytganda auditorning mustaqilligi (xizmati uchun mijozdan haq 
oladigan notarius yoki vrachning mustaqilligi kabi) umuman fuqarolik jamiyati 
intilishi lozim bo’lgan maqsaddir, bu yaqinlashish ma’lum darajada mumkin va 
juda zarur bo’lgan maqsaddir.
Auditor o’z oldiga qo’ygan maqsadiga erishish uchun avvalo, halollik, 
xolislik, kasbiy layoqat va odob, maxfiylik va albatta, mustaqillik tamoyillariga 
rioya qilishi shart. Keltirib o’tilgan bu tamoyillar O’zbekiston Respublikasi 
“Auditorlarning kasbga oida ahloq Kodeksi”da alohida qayd etilgan. 
Auditorlik bizning tushunchamizdagi xo’jalik faoliyatining tahlili, hujjatli 
to’liq taftish, balans schyotlarini tekshirish yoki aytaylik, sud-buxgalterlik 
ekspertizasi emasligiga qaramasdan, auditorlar o’z xizmat vazifalarini amalga 
oshirish chog’ida yuqorida sanab utilgan ishlar tartibi va hisob hamda nazorat-
tahliliy amaliyotning boshqa sohalaridan foydalanadilar. 
O’z mijozlari orqali g’arb dunyosining va «Uchinchi mamlakatlar»ning butun 
xo’jalik mablag’larini haqiqatda nazorat qilayotgan xorijiy auditorlik tashkilotlari 
va 
banklari 
O’zbekiston iqtisodiyotini mikrodarajasida ishlashga va 
investitsiyalarni faqat o’zlari uchun foydali tarmoqlarga sarflashga oshkora 


20 
imkoniyat olmoqdalar, jahon iqtisodiyotini tegishli tuzilmalarini shakllantirib, 
O’zbekistonda ham hozir shunday ish tutmoqdalar.
Sanab o’tilgan muammolar hamjamiyatdagi joriy o’zgarishlarga, O’zbekiston 
auditorlik bozorining rivojlanish ehtiyojlariga mos kelmaydi, shuningdek 
mamlakatning to’la qonli auditini qaror toptirish va rivojlantirish vazifasi 
iqtisodiyotni barqarorlashtirishning eng asosiylaridan bo’lmasada, muhim 
vazifalardan biriga aylangan vaziyatga mos kelmaydi. 
Umumiy xulosa qiladigan bo’lsak, Respublikamizda auditorlik tekshiruvlvrini 
tashkil etish va uning natijalarini umlashtirish va baholashning maqsadi xo’jalik 
yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo’jalik faoliyatini amaldagi qonunchilikka asosan 
atroflicha o’rganish va tahlil etish, muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf 
etish yuzasidan samarali taklif va tavsiyalar berish bo’lsa, iqtisodiyotda tutgan 
o’rni mulkchilik shaklidan qat’iy nazar birinchidan, moliyaviy-xo’jalik 
faoliyatining ishonchli, xolisona va mustaqil auditorlik tekshiruvidan o’tkazilishini 
ta’minlash, ikkinchidan, amaldagi qonunchilikning takomillashtirilishi auditorlik 
xizmatining sifatli o’tkazilishini rag’batlantirishdan iboratdir. 

Download 490.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling