O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti hisob va audit fakulteti «audit» kafedrasi


Download 490.83 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/21
Sana21.11.2023
Hajmi490.83 Kb.
#1791892
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
auditorlik tashkilotlarida auditorlik xulosasi va hisobotini tuzish

Auditorlik hisobotining yakuniy qismida aniqlangan xato-kamchiliklar va 
qoidabuzarliklarni bartaraf qilish bo’yicha auditorlik tashkilotining tavsiyalari, 


31 
hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliya-xo’jalik faoliyati samaradorligini 
oshirish bo’yicha maslahatlar va takliflari aks ettiriladi.
№ 70 -AFMS ga muvofiq auditorlik tashkiloti tuzilgan auditorlik hisoboti 
uchun qonunchilikka muvofiq javobgar hisoblanadi. Shuningdek, auditorlik 
hisobotidagi axborotlar maxfiy hisoblanadi va uni oshkor etish mumkin emas. 
Ushbu axborotlarga aloqador shaxslar axborotlarni oshkor qilganligi uchun 
qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi
1
.
Auditorlik tekshiruvining natijalari asosida tuzilgan hisobotda korxona 
moliya-xo’jalik faoliyati va uning natijalarining umumiy ahvoli, shuningdek, 
buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzishning holati, tahlil ishlarining 
darajasi hamda korxonadagi hisob-tahlil xodimlarining tavsifi aks ettiriladi. 
Auditorlik 
hisoboti 
ma’lumotlari korxona bozor sharoitlariga qanday 
moslashayotganligi va muvaffaqiyatli rivojlanishi hamda foydasini ko’paytira 
olishga qodirligini yoki aksinchaligini bildirishi lozim. Albatta, tekshirilayotgan 
korxonadagi ahvol bezab ko’rsatilmasdan, auditorga taqdim qilingan axborot 
haqiqiy bo’lgandagina ehtiroslarga berilmagan va real auditorlik hisoboti hamda 
xulosa shakllanadi. Aks holda, auditorlik tekshiruvi befoyda va uni o’tkazish 
uchun sarflangan mablag’ esa zoe ketadi.
Auditor hisobotda keltirilgan kamchiliklar bo’yicha ularni bartaraf qilishga 
qaratilgan o’z takliflarini ham ko’rsatib o’tishi lozim. Lekin tekshirilayotgan 
korxona xodimlariga «yaxshilik» qilish maqsadida auditor shaxsan o’zi dastlabki 
hujjatlar, hisob registrlari va buxgalteriya hisobotlaridagi xatolarni to’g’rilashi 
mutlaqo mumkin emas.
Shu bilan birga auditorlarga u yoki bu noxush faktlarni boshqacha qilib 
yoritishga yoki tekshiruvchilar uchun qulay xulosa tuzib berishga majburlash 
maqsadida ruhiy, jismoniy yoki boshqacha taz’yiqlar o’tkazgan hollarda ular 
qat’iylik va printsipiallik bilan ish tutishlari lozim.
Auditor aniqlangan xato yoki kamchiliklar to’g’risida korxona rahbariyatiga 
1
№70 -«Auditorlik hisoboti va moliyaviy hisobot to’g’risida auditorlik xulosasi» nomli AFMS. 7 parag. 16-17 
bandlar. 


32 
bildiradi va ularni tuzatish bo’yicha aniq tavsiyalar beradi.
Auditorlik tekshiruvi jarayonida auditor moliyaviy hisobot mijozning 
moliyaviy holatini to’g’ri aks etishiga kafolat olish maqsadida, muayyan 
muolajalarni amalga oshiradi. Shuning bilan bir qatorda, hisobotda bir qator buzib 
ko’rsatishlar aniqlanmasdan qolib ketish xafvi borligini inkor qilib bo’lmaydi. 
Auditorning moliyaviy hisobotda ahamiyatli darajada buzib ko’rsatishlar 
mavjud bo’lishi mumkinligi to’g’risidagi har bir shubhasi, o’z shubhalaridan 
kechish yoki ularni tasdiqlash uchun, undan muolajalarni kengaytirishni talab 
qiladi. 
Moliyaviy hisobotdagi buzib ko’rsatishlar, ya’ni buxgalteriya hisobini tashkil 
etish va yuritish bo’yicha belgilangan qoidalarga rioya qilmaslik natijasida 
buxgalteriya ma’lumotlarini noto’g’ri aks ettirish va taqdim etishni ikki turi 
mavjud: ataylab qilingan va bilmasdan sodir etilgan. 
Moliyaviy hisobotda ataylab qilingan buzib ko’rsatishlarni sodir etish 
tekshirilayotgan iqtisodiy sub’ekt xodimlarining oldindan bilgan holda harakat 
qilishi (yoki harakat qilmasligi) natijasidir. Ular moliyaviy hisobotdan 
foydalanuvchilarni chalg’itish uchun g’arazgo’ylik maqsadida amalga oshiriladi. 
Shuning bilan bir qatorda, auditor moliyaviy hisobot ma’lumotlarida buzib 
ko’rsatishlarga olib keladigan iqtisodiy sub’ektining xodimi tomonidan oldindan 
bilgan holda qilgan harakatlari (yoki harakat qilmasligi) to’g’risida xulosa faqat 
bunga vakolatga ega bo’lgan idora tomonidan chiqarilishi mumkinligini 
unutmasligi lozim. 
Moliyaviy hisobotda bilmagan holda buzib ko’rsatishlar tekshirilayotgan 
sub’ekt xodimlari tomonidan bilmasdan turib harakat qilishi (yoki harakat 
qilmasligi) natijasidir. Ular hisob yozuvlari va hisob-kitoblardagi xatolar, hisob 
to’liqligi yuzasidan nazorat etarli bo’lmaganligi, hisobda xo’jalik faoliyatiga oid 
voqealar, mol-mulkning mavjudligi va holati noto’g’ri aks etilishi natijasida hosil 
bo’lishi mumkin. 
Moliyaviy hisobotni ataylab va bilmagan holda buzib ko’rsatish ahamiyatli 
(ya’ni, ular moliyaviy hisobot ishonchliligiga shunday darajada ta’sir etadiki, 


33 
natijada yuqori malakali foydalanuvchi uning asosida noto’g’ri xulosalarga kelishi 
yoki noto’g’ri qarorlar qabul qilishi mumkin) yoki ahamiyatsiz bo’lishi mumkin. 
Audit o’tkazish jarayonida auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobotni buzib 
ko’rsatish tavakkalchiligini baholashi lozim. Bunda ataylab va bilmagan holda ham 
buzib ko’rsatish paydo bo’lishiga ta’sir etuvchi muayyan omillar mavjudligini 
nazarda tutish kerak. 
Buzib ko’rsatishlar paydo bo’lishiga sabab bo’lgan iqtisodiy sub’ektning 
ichki xo’jalik yuritish faoliyatiga mansub omillar quyidagilardir: 
- iqtisodning inqiroziy tarmoqlariga katta miqdorda moliyaviy qo’yilmalarni 
amalga oshirish; 
- iqtisodiy sub’ekt sotuvlari (ishlab chiqarish) hajmining tez o’sishiga yoki 
foydaning ko’p miqdorda kamayishiga aylanma mablag’larning nomuvofiqligi; 
- ma’lum bir vaqt mobaynida iqtisodiy sub’ektning bir yoki bir nechta 
buyurtmachilar yoki mol etkazib beruvchilarga qaram bo’lishligi; 
- foydaning katta miqdorda o’zgartirishga olib keluvchi shartnomaviy 
munosabatlar amaliyotida yoki hisob siyosatida o’zgarishlar; 
- iqtisodiy sub’ekt tomonidan, ayniqsa yil oxirida, moliyaviy natijalar 
miqdoriga ahamiyatli ta’sir ko’rsatuvchi odatdan tashqari kelushuvlarni amalga 
oshirish; 
- bajarilgan xizmatlarga ochiqdan-ochiq nomuvofiq to’lovlar mavjudligi; 
- iqtisodiy sub’ekt tashkiliy-boshqaruv tizimi xususiyatlari, ushbu tizimda 
kamchiliklar mavjudligi; 
- kapital tarkibi va foydani tasdiqlash xususiyatlari; 
- buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tayyorlashda 
belgilangan qoidalardan chetga chiqish. 
Buzib ko’rsatishlar hosil bo’lishiga sabab bo’luvchi iqtisodiy sub’ekt 
moliyaviy-xo’jalik faoliyatini amalga oshiruvchi aniq bir tarmoq va umuman 
mamlakat iqtisodiyotini xususiyatlari holatini aks etuvchi omillar quyidagilardan 
iborat: 
- iqtisodiyot tarmog’i va umuman mamlakat iqtisodiyoti holati, inqiroz, 


34 
depressiya yoki yuksalish; 
- tarmoq inqiroz holatida bo’lishi munosabati bilan iqtisodiy sub’ekt inqiroz 
holatiga tushib qolish ehtimolining oshishi; 
- iqtisodiy sub’ektning ishlab chiqarish faoliyati, ishlab chiqarish texnologik 
xususiyatlari. 
Tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotida buzib 
ko’rsatish mavjud bo’lishini hisobga olib, auditor tashkiloti auditorlik 
muolajalarini ishlab chiqish jarayonida moliyaviy hisobotdagi buzib ko’rsatish 
tavakkalchiligini baholaydi. Shuning bilan bir qatorda, auditorlik tashkiloti 
moliyaviy hisobotda buzib ko’rsatish mavjud ekanligi holatlarini ataylab izlab 
topishi tavsiya etilmaydi. 
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotida buzib ko’rsatish 
aniqlangan holda auditorlik tashkiloti ularni tekshirilayotgan hisobotga barcha 
ahamiyatli tomonlardan ta’sirini baholashi lozim. 
Moliyaviy hisobotda buzib ko’rsatishlar aniqlanishi munosabati bilan 
auditorlik tashkiloti xo’jalik yurituvchi sub’ektda buzib ko’rsatishlarga olib 
keluvchi vujudga kelishi mumkin bo’lgan quyidagi kamchiliklarni hisobga olishi 
lozim: 
- buxgalteriya hisobi va hisobotni tashkil etish va yuritishga oid qonunchilik 
bilan belgilangan tartiblardan chetga chiqishlar; 
- hisobot davrida alohida xo’jalik operatsiyalarini aks etishda va mol-mulkni 
baholashda korxonada qabul qilingan hisob siyosatiga rioya qilmaslik yoki uning 
yo’qligi; 
- soliq va valyuta qonunchiliklarini buzish; 
- moliyaviy hisobotda buzib ko’rsatishlarga olib keluvchi boshqa xato va 
kamchiliklar. 
Moliyaviy hisobotda buzib ko’rsatishlar aniqlanganda auditor quyidagilardan 
kelib chiqib, ishlab chiqilgan auditorlik muolajalarini qaytadan to’g’rilab chiqishi 
lozim: 
- korxonada sodir etilgan va buzib ko’rsatishlarga olib kelganxato va 


35 
kamchiliklar turlaridan; 
- aniqlangan buzib ko’rsatishlar ahamiyatliligi darajasidan; 
- tekshiruv davom etganda buzib ko’rsatishlar kelib chiqishi tavakkalchiligi 
va buzib ko’rsatishlar aniqlanmay qolinishi tavakkalchiligidan. 
Agar auditor holatlar bo’yicha ahamiyatli buzib ko’rsatishni aniqlasa, u ushbu 
masalani xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati bilan muhokama qilishi lozim. 
Rahbariyat bilan masala yuzasidan muhokama o’tkazilganda auditor boshqa 
ma’lumotlar va rahbariyatning auditor so’rovlariga javoblari asoslanganligiga har 
doim ham to’g’ri baho bera olmaydi va, shu bois, u haqiqatdan ham fikrlar va 
mulohazalarda farqlar mavjudligini ko’rib chiqishi lozim. 
Agar auditor holatlar bo’yicha ahamiyatli so’zsiz buzib ko’rsatishlar 
mavjudligiga haqiqatdan ham ishonch hosil qilsa, u rahbariyatdan malakaviy 
uchinchi tomon, masalan, xo’jalik yurituvchi sub’ektning huquqshunosi bilan 
maslahatlashishni iltimos qilishi va olingan javobni tahlil qilishi lozim. 
Agar auditor boshqa ma’lumotlar haqiqiy holatni buzib ko’rsatishi to’g’risida 
xulosa chiqarsa va bularni xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati to’g’rilashdan 
bosh tortsa, auditor o’z nuqtai-nazari to’g’risida ijrochi hay’atga yozma ma’lumot 
taqdim etishi va keyingi harakatlar to’g’risida o’z huquqshunosi bilan 
maslahatlashishi kerak. 
Auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobotda buzib ko’rsatishlarga olib keluvchi 
turli xato va kamchiliklarni oldini olish uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektning ichki 
nazorat tizimi qay darajada samarali ekanligini baholashi lozim. Agar auditorlik 
tashkiloti xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotida buzib ko’rsatishlar 
vujudga kelishini oldini olishga qaratilgan ichki nazorat tizimi qobiliyat darajasi 
(oldin ko’zda tutilgandan) pastroq ekanligi to’g’risida xulosaga kelsa, auditorlik 
tashkiloti ichki nazorat tizimi ishonchliligiga bergan dastlabki bahosini qaytadan 
ko’rib chiqadi, va, shu munosabati bilan, qo’llaniladigan auditorlik muolajalar 
hajmi va tavsiflariga aniqliklar kiritadi. 
Audit jarayonida moliyaviy hisobotda buzib ko’rsatishlar holatlari 
aniqlaganda, auditorlik tashkiloti ularni tegishli ravishda rasmiylashtirilgan ishchi 


36 
hujjatlarida batafsil aks etishi lozim. 
Auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobotda aniqlangan buzib ko’rsatishlar 
to’g’risidagi ma’lumotlarni majburiy audit o’tkazishda moliyaviy hisobot 
to’g’risidagi auditorlik xulosasiga, turli maqsadlar yo’nalishida o’tkazilgan 
tashabbusli audit o’tkazishda esa - auditorlik hisobotiga kiritishi lozim. 
Agar buxgalterlik (moliyaviy) hisobni yuritish, tegishli hisobotlarni tuzish va 
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga rioya qilish bo’yicha ko’rsatilgan 
kamchiliklar audit o’tkazish chog’ida buyurtmachi korxona tomonidan tuzatilmasa, 
buxgalterlik (moliyaviy) hisobotning ishonchliligini tasdiqlash mumkin emasligi 
to’g’risida auditorlik tekshiruvining xulosasida yoziladi.

Download 490.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling