O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura bo’limi


Download 394.35 Kb.
bet11/35
Sana03.12.2023
Hajmi394.35 Kb.
#1799448
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35
Bog'liq
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik-fayllar.org

I bob bo’yicha xulosa 

Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining nazariy, tashkiliy va huquqiy 


asoslariga bag’ishlangan 1-bob bo’yicha quyidagi xulosalarga kelindi:
1. Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlari bu - mavjud qonunlar 
doirasida, o’zi va jamiyat manfaati uchun, aqliy va jismoniy qobiliyatiga
tayanadigan, xususiy mol-mulki va jamg’armasiga ega bo’lgan, bozor uchun
turli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi va xizmatlar ko’rsatuvchi, foyda ko’rishni
mo’ljallovchi, jismoniy yoki yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan yoki ega 
bo’lmagan tadbirkor, ishbilarmon, ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha soha va
tarmoqlarida, raqobatli bozorda iqtisodiy nafli xatti - harakatlarni amalga 
oshiruvchi sub’ektlardir. Ularning tarkibi – yakka mehnat faoliyati,


32
mikrofirma, kichik korxonalar, dehqon-fermer xo’jaliklari, oilaviy 


tadbirkorlar, kasanachilardan iborat bo’lishi mumkin.


2. O’zbekistonda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo 
etishning asosiy maqsadlaridan biri mamlakatda kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik shakllarini ustuvor rivojlantirishdan iborat. Bu maqsadni amalga 
oshirish uchun iqtisodiy islohotlar o’tkazildi, uning rolini oshirish uchun yirik
institutsional asoslar yaratildi. Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va uni 
kafolatlovchi huquqiy-me’yoriy hujjatlar, tadbirkorlarga ko’maklashuvchi nodavlat
tashkilotlar, korxonalar shular jumlasiga kiradi. O’zbekistonda xususiy tadbirkorlik 
va kichik biznes korxonalari majmuini tashkil etish muvaffaqiyatli bormoqda.
3. Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlikni huquqiy himoya qilish 
masalasi mamlakatimizda izchil amalga oshirilayotgan islohotlarning eng asosiy
yo’nalishlaridan biridir. Keyingi yillarda ushbu soha jadal sur’atlar bilan ravnaq 
topib, aholi bandligi va turmush farovonligini ta’minlashda etakchi kuchga aylandi.
4. Bugungi kunda davlat boshqaruvi organlarining xususiy tadbirkorlik 
faoliyatiga aralashuvini yanada ko’proq cheklash, davlatning nazorat va boshqaruv
vakolatini keskin kamaytirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo’lidagi 
to’siqlarni bartaraf qilish bo’yicha islohotlar davom etmoqda. Shubhasiz, ushbu
jarayonda litsenziyalar va turli ruxsatnomalar berishni keskin qisqartirish, amaldagi 
ro’yxatga olish, biznes yuritish uchun litsenziya va ruxsatnoma berish tizimini
yana bir bor chuqur tahlil qilish, yangi korxonalar va biznes tashkilotlarini 
ro’yxatga olishning aksariyat hollarda xabardor etish tizimiga o’tish kabi
yangiliklarning joriy qilingani biznes sub’ektlarini tashkil etishni soddalashtirish 
va ularning yanada erkin faoliyat yuritishlarini ta’minlashda muhim omil
bo’lmoqda. 

33




Download 394.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling