Tadqiqotda qo’llanilgan metodikaning tavsifi. Dissertatsiya jarayonida
mantiqiy fikrlash, ilmiy abstraktsiya, prognozlash, sintez, matematik, induktsiya,
deduktsiya, tizimli yondashuv, strategig tahlil, tarkibiy va qiyosiy tahlil, iqtisodiy
taqqoslash, ilmiy umumlashtirish, statistik hisoblash va ilmiy bashoratlash
usullaridan foydalanildi.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot
natijalarining nazariy ahamiyati dissertatsiyada ilgari surilgan ilmiy-nazariy va
amaliy g’oyalar, ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalardan kichik biznes
va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga investitsiyalarni ta’minlash va uni
samarali tashkil etishga qaratilgan, kelgusidagi maxsus ilmiy tadqiqot ishlarida
foydalanish mumkinligi bilan belgilanadi. Tadqiqot ishining amaliy ahamiyati
kichik biznes, tadbirkorlik sub’ektlari, investitsiyalarni jalb etish, xorijiy
investitsiyalarni samarali tashkil etish va samaradorligini oshirishga qaratilgan
nazariy va amaliy tavsiyalardan davlat moliyasini samarali tashkil etish va
rivojlantirish bo’yicha kichik biznes tadbirkorlik sub’ektlarining dasturlarini ishlab
chiqilishida foydalanish mumkin. Dissertatsiya materiallaridan oliy o’quv
2
Vahobov A.V., Malikov T.S. Moliya: umumnazariy masalalar. – T.: Iqtisod-moliya, 2008. – 316 b.; Jo’raev A.S.
Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishning samarali yo’llari. – Toshkent: “Fan”, 2004. – 243 b.; Malikov T.
Soliqlar va soliqqa tortishning dolzarb masalalari. – Toshkent: “Akademiya”, 2002. – 204 b.; Haydarov N.H.
Soliqlar va soliqqa tortish masalalari: O’quv qo’llanma. – Toshkent: “Akademiya”, 2007. – 256 b..; Yo’ldoshev Z.,
Malikov T. Uy xo’jaligi moliyasi. o’quv qo’llanma, Toshkent “IQTISOD-MOLIYA”, 2008. - 105 b.; Malikov T.S.,
Haydarov N.H. Moliya: umumdavlat moliyasi. / O’quv qo’llanma. - Toshkent: “Iqtisod-moliya”, 2009. – 556 b.
3
Алешин В.А., Зотова А.И.. Финансы: учебник. - Ростов н/ Д: Феникс, 2009 г. – 346 стр.; Нешитой А.С.
Финансы. Учебник. – М.: “Дашков и К ”, 2009 г. – 528 стр; Поляк Г.Б. Финансы и кредит. Учебник.– М.:
Влотерс Клувер, 2010 г. – 800 стр.; Шаховская Л.С., Хохлов В.В., Кулакова О.Г. и др. Бюджетирование:
теория и практика: учебное пособие / – М.: КНОРУС, 2009 г. – 400 стр.
9
yurtlarida “Moliya”, “Davlat moliyasini boshqarish”, “Kichik biznes”,
“Tadbirkorlik sub’ektlari”, Investitsiyalarni jalb etish”, “Davlat byudjeti”
fanlarining o’quv dasturlarini takomillashtirish va o’qitish jarayonida foydalanish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |