O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura bo’limi
Download 394.35 Kb.
|
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik-fayllar.org
I bob bo’yicha xulosa
Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining nazariy, tashkiliy va huquqiy asoslariga bag’ishlangan 1-bob bo’yicha quyidagi xulosalarga kelindi: 1. Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlari bu - mavjud qonunlar doirasida, o’zi va jamiyat manfaati uchun, aqliy va jismoniy qobiliyatiga tayanadigan, xususiy mol-mulki va jamg’armasiga ega bo’lgan, bozor uchun turli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi va xizmatlar ko’rsatuvchi, foyda ko’rishni mo’ljallovchi, jismoniy yoki yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan yoki ega bo’lmagan tadbirkor, ishbilarmon, ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha soha va tarmoqlarida, raqobatli bozorda iqtisodiy nafli xatti - harakatlarni amalga oshiruvchi sub’ektlardir. Ularning tarkibi – yakka mehnat faoliyati, 32
tadbirkorlar, kasanachilardan iborat bo’lishi mumkin. 2. O’zbekistonda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etishning asosiy maqsadlaridan biri mamlakatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik shakllarini ustuvor rivojlantirishdan iborat. Bu maqsadni amalga oshirish uchun iqtisodiy islohotlar o’tkazildi, uning rolini oshirish uchun yirik institutsional asoslar yaratildi. Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va uni kafolatlovchi huquqiy-me’yoriy hujjatlar, tadbirkorlarga ko’maklashuvchi nodavlat tashkilotlar, korxonalar shular jumlasiga kiradi. O’zbekistonda xususiy tadbirkorlik va kichik biznes korxonalari majmuini tashkil etish muvaffaqiyatli bormoqda. 3. Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlikni huquqiy himoya qilish masalasi mamlakatimizda izchil amalga oshirilayotgan islohotlarning eng asosiy yo’nalishlaridan biridir. Keyingi yillarda ushbu soha jadal sur’atlar bilan ravnaq topib, aholi bandligi va turmush farovonligini ta’minlashda etakchi kuchga aylandi. 4. Bugungi kunda davlat boshqaruvi organlarining xususiy tadbirkorlik faoliyatiga aralashuvini yanada ko’proq cheklash, davlatning nazorat va boshqaruv vakolatini keskin kamaytirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo’lidagi to’siqlarni bartaraf qilish bo’yicha islohotlar davom etmoqda. Shubhasiz, ushbu jarayonda litsenziyalar va turli ruxsatnomalar berishni keskin qisqartirish, amaldagi ro’yxatga olish, biznes yuritish uchun litsenziya va ruxsatnoma berish tizimini yana bir bor chuqur tahlil qilish, yangi korxonalar va biznes tashkilotlarini ro’yxatga olishning aksariyat hollarda xabardor etish tizimiga o’tish kabi yangiliklarning joriy qilingani biznes sub’ektlarini tashkil etishni soddalashtirish va ularning yanada erkin faoliyat yuritishlarini ta’minlashda muhim omil bo’lmoqda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling