55
Jadval ma'lumotlaridan ko'rininb turibdiki, Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot
banki (MBRR) Xorijiy kredit liniyasi yoki grant hisobidan kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik subyektlariga kredit ajratish shartlari ATB “Qishloq
qurilish
bank” va AT Xalq banklarida deyarli bir xil. aksariyat shartlarni, xususan, ATB
“Qishloq qurilish bank” da loyihani ko'rib chiqish uchun komissiya 1 foizni tashkil
etsa, AT Xalq bankida esa ushbu komissiya ko'zd tutilmagan. Bundan ko'rinadiki
AT Xalq bankida kichik biznes sub'yektlariga ATB “Qishloq qurilish bank”ka
nisbatan qulaylik yaratilgan. Bundan tashqari, kredit o'zlashtirilmagan qismi uchun
komissiya ATB “Qishloq qurilish bank”da AQSh dollarida yillik 3,0%, milliy
valyutada yillik 4,5% miqdorida bo'lsa, AT Xalq bankida 0,5% miqdorida milliy
valyutada Markaziy bankning rasmiy kursi bo’yicha to’lanadi.
Bu ham AT Xalq
bankida kichik biznes subyektlariga berilayotgan bir imtiyoz desak, mubolag'a
bo'lmaydi.
Hech shubha yo‘qki, XMT va xorijiy bank tuzilmalarining kredit liniyalarini
o‘zlashtirish va qayta moliyalashtirish jarayonini
bank tizimining mahalliy
hokimiyat organlari bilan o‘zaro uzviy aloqasisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Shundan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki,
bugungi kunda kichik biznes
va xususiy tadbirkorlik subyektlarini o‘zaro manfaatli va o‘zaro kafolatli tarzda
kreditlash mexanizmi to‘laligicha o‘zini oqlamoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: