O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti t. I. Bobakulov, U. A. Abdullayev, J. Ya. Isakov


O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari aktivlari va ularning


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet31/99
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1816976
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   99
Bog'liq
МОН.СИЁСАТ ДАРСЛИК

O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari aktivlari va ularning 
umumiy hajmida investitsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarning 
ulushi
87
 
Ko‘rsatkichlar 
01.01. 2017y. 01.02. 2018y. 
Tijorat banklarining brutto aktivlari, 
mlrd so‘m 
84 075 
166 632 
Tijorat banklari tomonidan qilingan 
investitsiyalar va sotib olingan qimmatli 
qogózlar, mlrd so‘m 
2 621 
4 115 
Investitsiya va qimmatli qog‘ozlarning 
banklarning brutto aktivlari hajmidagi 
salmog‘i, % 
3,1 
2,5 
4-jadval 
ma’lumotlaridan 
ko‘rinadiki, 2017-2018-yillarda 
respublikamiz tijorat banklarining brutto aktivlari hajmida investitsiyalar 
va qimmatli qog‘ozlarning salmog‘i juda kichik bo‘lgan. Bu esa 
Markaziy bankka ochiq bozor operatsiyalari hajmini oshirish imkonini 
bermaydi. 
87
O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining yillik hisobot ma’lumotlari va «O‘zbekiston iqtisodiyoti» byulleteni 
ma’lumotlari asosida mualliflar tomonidan hisoblandi. 


 
89 
6-rasm. Benk of Amerika (AQSh) va Doychebank (Germaniya) 
aktivlarining umumiy hajmida qimmatli qog‘ozlarga qilingan 
investitsiyalarning salmog‘i
88
, foizda (2017-yilning 1-yanvar holatiga) 
6-rasmda keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinadiki, AQShning Benk of 
Amerika banki va Germaniyaning Doychebanki aktivlarining umumiy 
hajmida qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar yuqori salmoqni 
egallaydi. 
Qayd etish joizki, tijorat banklarining hukumatni qimmatli 
qog‘ozlariga qilingan investitsiyalarining kichikligi mamlakat Davlat 
byudjetini 2005-yildan buyon profitsit bilan bajarilayotganligi bilan 
izohlanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan so‘nggi 
yillarda o‘z obligatsiyalarini emissiya qilish va ularni birlamchi bozorda 
joylashtirish yo‘li bilan muomaladagi pul massasining o‘sish sur’atini 
pasaytirish usulidan foydalanilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki obligatsiyalari emissiya 
hajmining kichikligi, asosan, ularni tijorat banklari “Nostro” vakillik 
hisobraqamlaridagi pul mablag‘lari miqdorini kamaytirish, ya’ni 
88
Bank of America. Annual Report 2016, Deutshche bank. Annual Report 2016 ma’lumotlari asosida hisoblandi. 
0
5
10
15
20
25
30
35
40
45
50
Doychebank
Bank of Amerika
49 
38,9 
Ряд 1 


 
90 
ortiqcha likvidlilikni olib qo‘yish maqsadida chiqarilayotganligi bilan 
izohlanadi.
Markaziy bankning ochiq bozor siyosatini amalga oshirishda 
Markaziy bankning savdo hamkorlarini tanlashning xalqaro amaliyotda 
qabul qilingan prinsiplari mavjud. Xalqaro amaliyotda Markaziy 
bankning ochiq bozor operatsiyalarida ishtirok etuvchi tijorat banklarini 
(savdo hamkorlari) tanlashda quyidagi ikki prinsipdan foydalaniladi: 
1. Agar Markaziy bank ochiq bozor operatsiyalarini doimiy 
ravishda amalga oshirmasa (masalan, haftada bir marta amalga oshirsa), 
u holda, ushbu operatsiyalarda barcha tijorat banklari ishtirok etishadi. 
2. Agar Markaziy bank ochiq bozor operatsiyalarini doimiy 
ravishda amalga oshirsa, ya’ni har kuni yoki bir kunda bir necha marta 
amalga oshirsa, u holda, Markaziy bank uncha ko‘p sonli bo‘lmagan bir 
nechta tijorat bankini tanlaydi. 
Ayrim hollarda, Markaziy bank pullar taklifiga tez ta’sir qilish 
maqsadida bitta tijorat banki bilan yirik summada ochiq bozor 
operatsiyasini amalga oshiradi. Fikrimizcha, O‘zbekiston Respublikasi 
bank tizimi rivojlanishining zamonaviy bosqichida Markaziy bankning 
bitta tijorat banki bilan ochiq bozor operatsiyasini amalga oshirishi, 
respublikamiz bank amaliyotida sog‘lom raqobat muhiti to‘liq 
shakllanmagan hozirgi sharoitda, ushbu bank monopol mavqeining 
yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin.
Markaziy bank tomonidan ochiq bozor operatsiyalarini amalga 
oshirishda tijorat banklariga nisbatan aniq mezonlarga asoslangan 
majburiyatlar belgilanishi lozim. Bu borada ochiq bozor siyosati 
bo‘yicha katta tajriba to‘plagan markaziy banklar (Angliya Markaziy 
banki, GFR Bundesbanki, AQSh FZT)ning ochiq bozor operatsiyalarini 
amalga oshirish tartibini o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Masalan, 
Angliya Markaziy bankining amaldagi talabiga ko‘ra, Markaziy bank 
bilan ochiq bozor operatsiyalarida ishtirok etuvchi tijorat banklari 
quyidagi mezonlar bo‘yicha talabga javob berishlari lozim
89

89
“The Bank of Englands Operations in the Sterling Money Markets” (L.: Bank of England, 2002) ma’lumotlari 
asosida muallilar ftomonidan umumlashtirildi. 


 
91 
– operatsiyani to‘liq va xavfsiz rejimda amalga oshirish imkonini 
beradigan darajada texnik imkoniyatlarga ega bo‘lishi lozim; 
– turli bozorlarda likvidlilikni talab qilinadigan darajada o‘zgartirish 
uchun zarur bo‘lgan miqyosda operatsiyalarni faol tarzda amalga 
oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishi zarur; 
– ochiq bozordagi operatsiyalarda doimiy tarzda ishtirok etishi 
lozim; 
– Markaziy bankni bozorda yuzaga kelgan sharoitlar va 
tendensiyalar to‘g‘risidagi foydali ma’lumotlar bilan doimiy ravishda 
ta’minlab turishi zarur. 
Taraqqiy etgan mamlakatlar markaziy banklarining tajribasi shuni 
ko‘rsatadiki, Markaziy bankning ochiq bozor siyosati uning qayta 
moliyalash siyosati va majburiy zaxira siyosati bilan muvofiqlashtirilgan 
tarzda olib borilgandagina kutilgan samarani beradi. Ushbu fikrimizning 
dalili sifatida AQSh FZT tomonidan amalga oshirilayotgan ochiq bozor 
operatsiyalarini keltirish mumkin. 
AQSh FZTning ochiq bozor siyosati «diskont oynasi» orqali 
kreditlash operatsiyalari va majburiy zaxira talabnomalari bilan 
muvofiqlashtirilgan tarzda olib boriladi. Uchala siyosat doirasidagi 
operatsiyalarni muvofiqlashtirish Boshqaruvchilar Kengashi va Ochiq 
bozordagi operatsiyalar bo‘yicha qo‘mita (Qo‘mita) tomonidan amalga 
oshiriladi. 
Qo‘mita o‘zining har bir majlisidan keyin Nyu-Yorkdagi Federal 
zaxira bankiga 
(FZB) keyingi 
majlisga 
qadar 
ochiq 
bozor 
operatsiyalarini amalga oshirish to‘g‘risida ko‘rsatma beradi. Qo‘mita 
Nyu-Yorkdagi FZBni ochiq bozor operatsiyalarini amalga oshirish 
bo‘yicha agent sifatida tanlagan. Shuning uchun FZBning yuqori 
lavozimdagi mansabdor shaxslaridan biri ichki bozorda amalga 
oshiriladigan ochiq bozor operatsiyalarini boshqaradi. 
FZT ochiq bozor operatsiyalari doirasida qimmatli qog‘ozlarni sotib 
olganda o‘ziga nisbatan chekni yozish yo‘li bilan to‘lovni amalga 
oshiradi. Sotuvchining banki chekni olishi bilan uni FZTga to‘lovni 
amalga oshirish uchun uzatadi. FZT sotuvchining bankini FZBdagi 


 
92 
zaxira hisob raqamining qoldig‘ini ko‘paytirish yo‘li bilan chekni 
akseptlaydi. Shunisi xarakterliki, qimmatli qog‘ozni sotuvchining 
bankini hisob raqami qoldig‘ining o‘sishi boshqa bankdagi zaxiraning 
kamayishiga olib kelmaydi. Demak, Markaziy bank qimmatli 
qog‘ozlarni sotib olsa milliy bank tizimi zaxiralarining umumiy miqdori 
oshadi. Bu esa, Markaziy bank ochiq bozor siyosatining muhim 
xususiyati hisoblanadi. 
FZT ochiq bozor siyosati doirasida qimmatli qog‘ozni sotsa, buning 
natijasida sotib oluvchining bankini FZBdagi zaxira hisobraqamining 
qoldig‘i kamayadi. Ushbu kamayish boshqa bankning FZBdagi zaxira 
hisob raqami qoldig‘ining ko‘payishiga olib kelmaydi. Demak, FZT 
qimmatli qog‘ozlarni sotsa milliy bank tizimi zaxiralarining umumiy 
miqdori kamayadi. 
Markaziy bankning ochiq bozor operatsiyalari milliy bank tizimi 
zaxiralarining miqdoriga bevosita ta’sir qilish yo‘li bilan pullar taklifiga 
va tijorat banklarining kredit emissiyasi hajmiga ham kuchli ta’sir 
ko‘rsatadi. 
AQSh ikkilamchi bozorida hukumat qimmatli qog‘ozlari muomalasi 
hajmining nihoyatda katta ekanligi AQSh hukumati tashqi va ichki 
qarzining katta miqdorda ekanligi bilan izohlanadi. 
Davlatning qarzi miqdorining katta ekanligi uni qimmatli qog‘ozlar 
emissiyasini oshirishga majbur qiladi. Buning natijasida, bir tomondan, 
hukumatning qarzini noinflyatsion yo‘l bilan yopish imkoniyati yuzaga 
keladi; 
ikkinchi 
tomondan, 
Markaziy 
bankning 
ochiq 
bozor 
operatsiyalari orqali muomaladagi pul massasini tartibga solish 
imkoniyati oshadi. 
Shunisi xarakterliki, Markaziy bankning ochiq bozor siyosati orqali 
tijorat banklarining moliyaviy inqiroz holatidan chiqishlariga imkoniyat 
yaratish mumkin. Fikrimizning isbotini Yaponiya Markaziy bankining 
misolida yaqqol ko‘rishimiz mumkin. 
Yaponiya Markaziy banki rahbariyati 2007-yilning oktyabr oyidan 
boshlab 3,6 trln ien (30 mlrd AQSh dollari) miqdoridagi qimmatli 
qog‘ozlar shaklidagi aktivlarini sotish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu 


 
93 
qimmatli qog‘ozlarni Yaponiya Markaziy banki tijorat banklaridan 
2002-yildan 2004-yilgacha bo‘lgan davriy oraliqda, mamlakat tijorat 
banklarini moliyaviy inqirozdan saqlab qolish maqsadida, sotib olgan 
edi. Yaponiya Markaziy banki rasmiy axborotida ta’kidlanishicha, 
mazkur qimmatli qog‘ozlarni sotish 10 yil mobaynida amalga oshiriladi 
va 2017-yilning sentyabr oyida nihoyasiga yetadi. Qimmatli qog‘ozlarni 
bu qadar uzoq davr mobaynida sotilishining asosiy sababi fond 
bozoridagi talab va taklifga jiddiy ta’sir ko‘rsatmaslik hisoblanadi
90

2002-2004-yillarda Yaponiya tijorat banklarida katta miqdorda 
aksiyalar to‘planib qoldi va birja inqirozi sharoitida ushbu aksiyalar 
bozor bahosining keskin pasayish xavfi yuzaga keldi. Bu esa, o‘z 
navbatida, Yaponiya tijorat banklarining moliyaviy inqirozga uchratishi 
muqarrar edi. Yaponiya Markaziy banki ana shu xavfga barham berish 
maqsadida 2 trln ien sarflab aksiyalarni sotib oldi. 
Xulosa qilib aytganda, Markaziy bankning ochiq bozor siyosati 
mamlakat bank tizimining likvidliligiga ta’sir etish, muomaladagi pul 
massasini tartibga solishda muhim rol o‘ynaydi. 
O‘z navbatida, Markaziy bankning ochiq bozor siyosatini 
takomillashmaganligi uning REPO operatsiyalari orqali so‘mning 
almashuv kursiga va milliy bank tizimining likvidliliga sezilarli darajada 
ta’sir etish imkonini bermaydi. Bu esa, pirovard natijada, majburiy 
zaxira siyosati kabi ma’muriy instrumentlardan foydalanish zaruriyatini 
kuchaytiradi. 
Markaziy bank ochiq bozor operatsiyalari obyektlari sonini 
ko‘paytirish, ularning investitsion jozibadorligini oshirish, ochiq bozor 
siyosatini qayta moliyalash va majburiy zaxira siyosati bilan 
muvofiqlashtirilgan 
tarzda 
amalga 
oshirish 
ushbu 
siyosatning 
samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling