O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti t. I. Bobakulov, U. A. Abdullayev, J. Ya. Isakov
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
МОН.СИЁСАТ ДАРСЛИК
zaxira talabnomalari
81 , foizda 81 www.cbu.uz sayti ma’lumotlari. 15 15 12 10,5 0 2 4 6 8 10 12 14 16 Talab qilib olinadigan depozitlar 1 yilgacha muddatdagi depozitlar 1 yildan 3 yilgacha muddatdagi depozitlar 3 yildan ortiq muddatdagi depozitlar 80 5-rasm ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining majburiy zaxira stavkalari tijorat banklari depozitlarining muddatiga bog‘liq ravishda tabaqalashtirilgan. 2005-2006-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankininng tijorat banklarining so‘mdagi va xorijiy valyutalardagi majburiy zaxira stavkalari yuqori va barqaror darajada saqlanib qoldi. Respublika Markaziy bankining majburiy zaxira stavkalari 2007- yilning sentyabr oyida unifikatsiya qilindi va tijorat banklarining barcha depozitlari uchun yagona 15% qilib belgilandi. 2008-yil noyabrdan boshlab, Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi 2,0 foizli punktga oshirildi. 2001-2005-yillar mobaynida respublika Markaziy bankining tijorat banklarining so‘mdagi depozitlariga nisbatan belgilagan majburiy zaxira stavkalarining sezilarli darajada pasayib borishi kuzatildi. Bu esa, xorijiy valyutalarga nisbatan tranzaksion depozitlar shaklida yuzaga keladigan talab summasini sezilarli darajada oshishiga olib keldi va majburiy zaxira talabnomalarining tijorat banklarining depozit bazasiga nisbatan salbiy ta’siri saqlanib qoldi. 2009-2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining majburiy zaxira stavkalari tijorat banklari depozitlarining muddatiga bog‘liq ravishda tabaqalashtirildi. Bundan ko‘zlangan maqsad – tijorat banklarining uzoq muddatli resurs bazasini mustahkamlashga ko‘maklashish. Yevro muomalaga kiritilgunga qadar Yevropa Ittifoqiga (YeI) a’zo bo‘lgan mamlakatlarning ichida majburiy zaxira stavkasi nisbatan Italiya va Ispaniyada yuqori bo‘lib (20 foizgacha), inflyatsiya yillik darajasini ushbu ikkala mamlakatda YeIning boshqa mamlakatlariga nisbatan sezilarli darajada yuqori ekanligi bilan izohlanadi. O‘zbekistonda esa, 2018-yilga qadar majburiy zaxira stavkalarining darajasini belgilashda inflyatsiya omilini hisobga olishga zaruriyat yo‘q edi. Chunki, bu davrda mamlakatimizda inflyatsiyaning mo‘tadil darajasini ta’minlashga muvaffaq bo‘lingan. Masalan, inflyatsiyaning yillik darajasi 2012-yilda 7,0 foizni tashkil etdi. Holbuki, ushbu ko‘rsatkich 2001-yilda 26,6 foizni 81 tashkil etar edi 82 . Biroq, 2017-yil yakuni bo‘yicha mamlakatimizda inflyatsiyaning yillik darajasi 14,4 foizni tashkil etdi. 2007-yilning 1-sentyabridan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining xorijiy valyutadagi depozitlarga nisbatan o‘rnatgan majburiy zaxira stavkasini 5 foizli punktga keskin oshirilishi, birinchidan, tijorat banklarining likvidliligiga nisbatan kuchli salbiy ta’sirni yuzaga keltiradi; ikkinchidan, tijorat banklarining xorijiy valyutalardagi muddatli va jamg‘arma depozitlariga foiz to‘lash imkoniyatini keskin pasaytirib yuboradi. Bu esa, aholi qo‘lidagi va korxonalar joriy hisob raqamlaridagi valyuta mablag‘larini banklarning muddatli depozit hisobraqamlariga jalb etish jarayoniga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash bosqichida aholi va korxonalar joriy hisobraqamlaridagi valyuta mablag‘larini tijorat banklarining muddatli va jamg‘arma depozit hisob raqamlariga jalb etish va ularni iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlariga kredit sifatida yo‘naltirish milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Ushbu vazifani hal etish, o‘z navbatida, xorijiy valyutalarda banklarga jalb etilgan muddatli va jamg‘arma depozitlariga to‘lanadigan foiz stavkalarini oshirish yo‘li bilan mazkur depozitlarning aholi va korxonalar uchun jozibadorligini oshirishni taqozo etadi. Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish uchun Markaziy bank xorijiy valyutalardagi depozitlarga nisbatan belgilangan majburiy zaxira stavkalarini minimal darajaga keltirishi zarur. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalardagi depozitlarga nisbatan belgilangan amaldagi zaxira stavkasini oshirish yo‘li bilan respublikamiz tijorat banklarining xorijiy valyutalardagi muddatli va jamg‘arma depozitlariga foiz to‘lash imkoniyatini keskin pasaytiradi. Xalqaro bank amaliyotida tijorat banklarining xorijiy valyutadagi depozitlariga nisbatan Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan majburiy zaxira stavkalarining sezilarli darajada (5-6 foizli punktdan 80 foizli punktgacha) oshirilishi, odatda, mamlakatga xorijiy valyutalar kirib kelishining kuchayishi oqibatida mamlakatning to‘lov balansida katta 82 O‘zbekiston Markaziy bankining pul-kredit siyosati yakunlari bo‘yicha yillik hisobotlari ma’lumotlari. 82 miqdorda ijobiy saldoning paydo bo‘lishi va xalqaro zaxiralar miqdorining keskin ko‘payishi natijasida amalga oshiriladi. Shunisi xarakterliki, ayrim MDH davlatlarida (Rossiya, Qozog‘iston) so‘nggi yillarda markaziy banklarning majburiy zaxira stavkalarini pasayib borishi kuzatilmoqda. Masalan, Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklarining rubldagi depozit hisobraqamlarining qoldiqlariga nisbatan majburiy zaxira stavkasi 2011-yilning 1-aprelidan boshlab 4,0% qilib belgilandi. Holbuki, 2004-yilda majburiy zaxira stavkasi 7 foiz edi 83 . Xalqaro bank amaliyotida majburiy zaxira stavkalarini belgilashda tranzaksion depozitlarning xorijiy valyutalarga bo‘lgan talabga va majburiy zaxira siyosatining tijorat banklarining depozit bazasiga ta’siri masalalari inobatga olinadi. Masalan, AQShda 2007-yilning 20- dekabridan boshlab tranzaksion depozitlar bo‘yicha tabaqalashgan majburiy zaxira stavkalari quyidagicha bo‘lishi belgilab qo‘yildi: – 0 AQSh dollaridan 9,3 mln AQSh dollarigacha bo‘lgan tranzaksion depozitlarga nisbatan 0 %; – 9,3 mln AQSh dollaridan ortiq va 43,9 mln AQSh dollarigacha bo‘lgan tranzaksion depozitlarga nisbatan 3 %; – 43,9 mln AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan tranzaksion depozitlarga nisbatan 10 %. Ta’kidlash lozimki, AQShda 1990-yil 20-dekabrdan buyon muddatli depozitlar va xorijiy valyutadagi depozitlar majburiy zaxira talabnomalaridan to‘liq ozod qilingan 84 . AQSh misolida keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinadiki, nisbatan katta miqdordagi tranzaksion depozitlarga nisbatan yuqori zaxira stavkalari belgilangan. Chunki ular xorijiy valyutalarga bo‘lgan talabga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Tijorat banklarining muddatli depozitlari esa majburiy zaxira talabnomalaridan ozod qilingan. Buning boisi shundaki, muddatli depozitlar tijorat banklarining asosiy resurs manbai hisoblanadi va ularga nisbatan yuqori zaxira stavkalarining qo‘llanilishi tijorat 83 Материалы Бюллетеня бакновской статистики Центрального банка Российской Федерации. 84 http: // www.federalrezerve. gov/ monetarypolicy/ rezervereq. htm. 83 banklarining resurs bazasiga nisbatan kuchli salbiy ta’sirni yuzaga keltiradi. Buyuk Britaniya, Yaponiya, Kanada, Lyuksemburg, Shvetsiyada majburiy zaxira siyosatidan Markaziy bank pul-kredit siyosatining instrumenti sifatida foydalanilmasligining asosiy sababi, fikrimizcha, mazkur mamlakatlarda pul-kredit siyosatining ochiq bozor siyosati, qayta moliyalash siyosati, valyuta siyosati kabi an’anaviy instrumentlaridan foydalanish amaliyotining takomillashganligidir. Shu sababli, mazkur mamlakatlarda majburiy zaxira stavkalari orqali tijorat banklarining depozit bazasiga ta’sir qilish yo‘li bilan ularning kredit ekspansiyasini jilovlash zaruriyati mavjud emas. Shunisi xarakterliki, majburiy zaxira stavkalarini depozitlarning summasi va muddatiga bog‘liq ravishda tabaqalashtirish zaxira talabnomalari miqdorini hisoblash va uning to‘g‘ri hisoblanayotganligi ustidan Markaziy bank nazoratini amalga oshirishni qiyinlashtiradi. Ammo qiyinchilikdan qochib, zaxira stavkalarini tabaqalashtirmaslik majburiy zaxira siyosatidan foydalanish amaliyotini takomillashtirish imkonini bermaydi. Odatda, tijorat banklarining xorijiy valyutalardagi depozitlariga majburiy zaxira talabnomalarini joriy etish to‘lov balansining yirik miqdordagi profitsiti mavjud bo‘lgan sharoitda milliy valyutaning revalvatsiyasiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida amalga oshiriladi. Mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanishining hozirgi bosqichida esa, revalvatsiya muammosi mavjud emas. 2005-yildan 2012-yilga qadar so‘m nominal almashuv kursining yetakchi xorijiy valyutalarga nisbatan pasayishi kuzatildi. Xulosa qilib aytganda: – Markaziy bankning majburiy zaxira talabnomasi tijorat banklarining kreditlash salohiyatiga bevosita va kuchli ta’sir ko‘rsatadi, shu sababli, bozor xarakteriga ega bo‘lgan monetar instrumentlardan (ochiq bozor siyosati, diskont siyosati, valyuta siyosati) foydalanish amaliyoti takomillashmagan mamlakatlarda majburiy zaxira 84 talabnomalari tijorat banklari kredit ekspansiyasini jilovlashning eng qulay vositasi hisoblanadi; – qator rivojlangan davlatlarda Markaziy bankning majburiy zaxira talabnomalarining tijorat banklari resurs bazasiga nisbatan salbiy ta’sirini oldini olish maqsadida majburiy zaxira stavkalari depozitlarning summasi va muddatiga bog‘liq ravishda tabaqalashtirilgan; – O‘zbekiston Respublikasida Markaziy bank majburiy zaxira stavkalarini depozitlarning muddatiga bog‘liq ravishda tabaqalashtirilganligi tijorat banklarining uzoq muddatli resurs bazasining barqarorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling