O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti t. I. Bobakulov, U. A. Abdullayev, J. Ya. Isakov


Tijorat banklari depozitlarining foiz stavkalariga nisbatan


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet37/99
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1816976
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   99
Bog'liq
МОН.СИЁСАТ ДАРСЛИК

Tijorat banklari depozitlarining foiz stavkalariga nisbatan 
limitlar belgilash 
Tijorat banklari depozitlarining foiz stavkalariga nisbatan limitlar 
belgilash, ya’ni depozitlarga to‘lanadigan foizlarning yuqori chegarasini 
belgilash depozitlarning qimmatlashib ketishining oldini oladi. O‘z 


 
109 
navbatida, 
depozitlarning 
qimmatlashishi 
kreditlarning 
qimmatlashishiga olib keladi. Chunki, kreditlarning bahosini belgilovchi 
asosiy omil bo‘lib, muddatli va jamg‘arma depozitlarining foiz 
stavkalari darajasi hisoblanadi. 
Depozitlarning foiz stavkalariga nisbatan limitlar belgilash nafaqat 
rivojlanayotgan mamlakatlarda, hatto eng taraqqiy etgan mamlakat 
hisoblanmish AQShda ham qo‘llanilgan. 
AQSh tajribasi ko‘rsatadiki, depozitlarning foiz stavkalarini yuqori 
chegarasini belgilash tijorat banklarining faoliyatiga, uning moliyaviy 
barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Chunki, tijorat banklari 
kreditlarga bo‘lgan talab va taklifdan kelib chiqqan holda, 
depozitlarning foiz stavkalarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. 
Shu sababli, AQSh tijorat banklari depozitlarning foiz stavkalarini 
yuqori chegarasiga nisbatan o‘rnatilgan cheklovni aylanib o‘tish 
maqsadida NAU hisobraqamini ixtiro qildilar. Ya’ni, bunda tijorat banki 
mijoz bilan kelishgan holda, mijozning joriy hisobraqamidagi pul 
mablag‘ini muddatli depozit hisob raqamiga olmasdan turib ishlatadi. 
Lekin mijozga yuqori foiz to‘laydi. Bu yerda Markaziy bank tijorat 
bankiga e’tiroz bildira olmaydi. Chunki, Markaziy bank tomonidan 
o‘rnatilgan cheklov muddatli va jamg‘arma depozitlariga tegishli. Bunda 
tijorat banki tranzaksion depozitga, ya’ni mijozning talab qilib 
olinadigan depozit hisobraqamining qoldig‘iga foiz to‘layapti. 
Depozitlarning foiz stavkalariga nisbatan limitlar belgilash 
instrumentiga xos bo‘lgan kamchiliklar va muammolarni hisobga olgan 
AQSh FZT ushbu instrumentdan foydalanishni bekor qildi. 
Depozitlarning foiz stavkalari ularni tijorat banklariga keng 
ko‘lamda jalb etishni ta’minlaydigan asosiy omil hisoblanadi. Shu 
sababli, tijorat banklari muddatli va jamg‘arma depozitlarning foiz 
stavkalarini o‘zgartirish yo‘li bilan depozitlar taklifiga ta’sir eta oladi. 
Shu sababli, depozitlarning foiz stavkalariga nisbatan limitlar belgilash 
tijorat banklarining depozitlar taklifiga ta’sir etish imkoniyatini keskin 
pasaytiradi. 


 
110 
Ta’kidlash joizki, taraqqiy etgan mamlakatlarda tijorat banklari 
talab qilib olinadigan depozitlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ya’ni ushbu 
mablag‘larni muddatli depozit hisob raqamlariga olmasdan turib 
foydalanishga haqli emas. Buning sababi shundaki, banklar pul 
mablag‘larini faqat uning egasini roziligi bilan ishlatishlari kerak. 
Respublikamizda esa, tijorat banklari mijozlarning talab qilib 
olinadigan depozit hisobraqamidagi pul mablag‘laridan, ularning 
roziligisiz foydalanadi. Fuqarolik kodeksi bunga ruxsat etadi. Ammo 
talab qilib olinadigan depozitlar beqaror passiv bo‘lganligi sababli, 
ulardan tijorat banklarining aktiv operatsiyalarini moliyalashtirishda 
foydalanish banklarning likvidliligiga nisbatan kuchli salbiy ta’sir 
ko‘rsatadi. 
Depozitlar tijorat banklari resurslarining asosiy qismini tashkil 
etadi. Taraqqiy etgan mamlakatlarda, tijorat banklari resurslarining 
umumiy hajmida salmog‘iga ko‘ra birinchi o‘rinni depozitlar, ikkinchi 
o‘rinni qimmatli qog‘ozlarni sotishdan olingan pul mablag‘lari va 
uchinchi o‘rinni umumiy kapital tashkil etadi. Shu sababli, banklarning 
depozit bazasini mustahkamlash, ularni jalb etish jarayoniga to‘sqinlik 
qilmaslik banklar uchun muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling