O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti t. I. Bobakulov, U. A. Abdullayev, J. Ya. Isakov


operatsiyalari hamda obligatsiyalari va depozit sertifikatlarini


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet35/99
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1816976
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   99
Bog'liq
МОН.СИЁСАТ ДАРСЛИК

operatsiyalari hamda obligatsiyalari va depozit sertifikatlarini 
sotish orqali jalb etilgan mablag‘lari hajmi
98
, trln so‘m 
7-rasm 
ma’lumotlaridan 
ko‘rinadiki, 2002-2016-yillarda 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Markaziy 
bankining 
sterilizatsiya 
operatsiyalari hajmi, ya’ni Markaziy bankning depozit hisob raqamlariga 
tijorat banklarining “Nostro” vakillik hisob raqamlaridagi pul 
98
Pul-kredit siyosati. www.cbu.uz. 
5,9 
7,1 
7,8 
8,6 
11,2 
0
2
4
6
8
10
12
2012 yil
2013 yil
2014 yil
2015 yil
2016 yil


 
105 
mablag‘larini jalb etish hamda Markaziy bankning obligatsiyalari va 
depozit sertifikatlarini tijorat banklariga sotish yo‘li bilan jalb qilingan 
mablag‘larning hajmi o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lgan. Bu esa, 
Markaziy 
bank 
tomonidan 
pul 
massasi 
o‘sishining 
prognoz 
ko‘rsatkichlariga erishishni ta’minlash va bank tizimidagi ortiqcha 
likvidlilikni olib qo‘yish maqsadida amalga oshirilgan. 
Mamlakat bank tizimidagi ortiqcha likvidlilikni o‘z vaqtida olib 
qo‘ymaslik pul massasining yuqori sur’atlarda o‘sishiga olib kelishi 
mumkin. 
3.6-§. Monetar siyosatning noan’anaviy instrumentlari
 
Tijorat 
banklarining 
kreditlash 
hajmiga 
nisbatan
limitlar belgilash 
Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining kreditlash hajmiga 
nisbatan limitlar belgilash muomaladagi pul massasini tartibga solish, 
xususan, pul massasining oldindan belgilangan maqsadli o‘sish 
ko‘rsatkichiga erishishni ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. 
XX asrning 70-yillarida bir qator Yevropa mamlakatlarida, shu 
jumladan, Fransiyada tijorat banklarining kreditlash hajmiga nisbatan 
limitlar belgilash amaliyoti mavjud bo‘lgan. Bunda limit summasi tijorat 
banklarining kapitaliga nisbatan belgilangan. Limit belgilashning ushbu 
usuliga xos bo‘lgan asosiy kamchilik shundan iboratki, bunda kapital 
miqdori katta bo‘lgan tijorat banklari boshqa banklarga nisbatan katta 
miqdorda kreditlar berish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa, o‘z 
navbatida, banklararo raqobatga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Hozirgi davrda Xitoy Markaziy banki tomonidan davlat 
banklarining kreditlash hajmiga nisbatan limitlar belgilash amaliyoti 
mavjud. Buning sababi shundaki, Xitoy iqtisodiyotining “qizib ketish” 
xavfi mavjud. Shu sababli, Xitoy Markaziy banki tijorat banklari kredit 
qo‘yilmalarining o‘sish 
sur’atini 
pasaytirish siyosatini 
amalga 
oshirmoqda. Ushbu siyosatni amalga oshirish uchun, asosan, ikki 


 
106 
monetar instrumentdan – tijorat banklarining kreditlash hajmiga nisbatan 
limitlar belgilash va majburiy zaxira siyosatidan foydalanilmoqda. 
Tijorat banklarining kreditlash hajmiga nisbatan limitlar belgilash 
ma’muriy mazmunga ega bo‘lgan instrument hisoblanadi. Shu sababli, 
mazkur instrumentdan foydalanish milliy ssuda kapitallari bozoridagi 
raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, aholi va xo‘jalik yurituvchi 
subyektlarning tijorat banklari kreditlaridan foydalanish darajasini 
pasayishiga olib kelishi mumkin. Ammo pul massasining maqsadli 
ko‘rsatkichlariga erishishni ta’minlashning iloji bo‘lmasa, Markaziy 
banklar ushbu ma’muriy usuldan foydalanishga majbur bo‘lishlari 
mumkin. 
Muomaladagi pul massasining asosiy qismi tijorat banklarining 
kredit emissiyasi natijasida paydo bo‘ladi. Shu sababli, Xalqaro Nobel 
mukofotining laureati, Chikago universitetining professori, marhum 
M.Fridmen o‘zining ilmiy tadqiqotlarida tijorat banklari kredit 
emissiyasining muomaladagi pul massasining o‘sishiga bevosita ta’sirini 
asoslab bergan va tijorat banklariga nisbatan 100 foizli majburiy zaxira 
talabnomalarini joriy qilishni taklif qilgan. Garchi M.Fridmenning 100 
foizli majburiy zaxira talabnomalari dunyodagi biron-bir mamlakatning 
bank amaliyotida qo‘llanilmagan bo‘lsa-da, uning banklarni kredit 
emissiyasini tartibga solish va nazorat qilishning zarurligi xususidagi 
takliflari o‘zining amaliy ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi.
Monetar 
siyosat 
instrumentlaridan 
foydalanish 
amaliyoti 
takomillashmagan mamlakatlarda ham tijorat banklarining kreditlash 
hajmiga nisbatan limitlar belgilash usulidan foydalanadilar. Buning 
sababi shundaki, mazkur mamlakatlarda Markaziy banklar monetar 
siyosat instrumentlari orqali pul massasining o‘sish sur’atlari 
barqarorligini ta’minlay olmaydilar. Masalan, ochiq bozor operatsiyalari 
rivojlanmaganligi sababli, ochiq bozor siyosati orqali muomaladagi 
ortiqcha pul massasini olib qo‘yish imkoniga ega bo‘lmaydilar. Yoki 
qayta moliyalash siyosati orqali kreditlarning foiz stavkasiga va kreditlar 
taklifiga ta’sir eta olishmaydi. Bunday sharoitda Markaziy banklar 
ma’muriy 
mazmunga 
ega 
bo‘lgan 
instrumentlardan, 
xususan, 


 
107 
banklarning kreditlash hajmiga nisbatan limitlar belgilash, majburiy 
zaxira siyosatidan foydalanishga zo‘r berishga majbur bo‘lishadi. 
Shuning 
uchun 
ham 
taraqqiy 
etgan 
mamlakatlarda 
ushbu 
instrumentlarning ahamiyati past. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling