O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti t. I. Bobakulov, U. A. Abdullayev, J. Ya. Isakov
5-jadval O‘zbekiston Respublikasida inflyatsiyaning yillik darajasi va tijorat
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
МОН.СИЁСАТ ДАРСЛИК
101 5-jadval O‘zbekiston Respublikasida inflyatsiyaning yillik darajasi va tijorat banklarining so‘mda berilgan kreditlarining o‘rtacha yillik foiz stavkasi 95 , foizda Ko‘rsatkichlar Yillar 2013 2014 2015 2016 2017 Inflyatsiya darajasi 6,8 6,1 5,6 5,7 14,4 Kreditlarning o‘rtacha foiz stavkasi 13,0 12,5 11,4 11,5 19,6 Ammo, 2003-2006-yillarda tijorat banklari kreditlarining o‘rtacha tortilgan foiz stavkasining pasayishi tendensiyasi kuzatilgan edi. Buning natijasida tijorat banklarining kredit emissiyasi hajmi sezilarli darajada oshishi, inflyatsiyaning o‘sishi kuzatilishi lozim edi. Lekin bu holatlar 2003-2006-yillarda kuzatilmadi. Masalan, 2003-yilda inflyatsiyaning yillik darajasi 3,8 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2004-yilda - 3,7 foizni, 2005-yilda - 7,8 foizni, 2006-yilda - 6,8 foizni tashkil etdi. Foiz stavkalari va inflyatsiya o‘rtasida bevosita aloqadorlikning mavjudligi kuzatilmagan sharoitda, milliy valyutaning nominal va real almashuv kurslarining import qilinayotgan tovarlarning va eksport qilinayotgan tovarlarning bahosiga ta’sirini tahlil qilish va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy ta’sirning oldini olish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta siyosatida muhim o‘rin tutadi. Markaziy bankning valyuta siyosati, an’anaviy monetar instrument sifatida, monetar siyosatning oraliq va pirovard maqsadlariga mos kelishi lozim. Markaziy bankning valyuta siyosati doirasida hal etilishi lozim bo‘lgan masalalardan biri xorijiy valyutalardagi rasmiy valyuta zaxiralarini diversifikatsiya qilish masalasi hisoblanadi. Buning boisi 95 www.cbu.uz sayti ma’lumotlari. 102 shundaki, valyuta zaxiralarini diversifikatsiyalash Markaziy bankning balansidagi rasmiy valyuta zaxiralarini valyuta riskidan himoya qilishning ishonchli va kam chiqimli usuli hisoblanadi. Dunyo miqyosida, xalqaro zaxiralar hajmida AQSh dollarida shakllantirilgan zaxiralarning salmog‘i yuqoriligicha qolmoqda. Fikrimizcha, buning asosiy sabablari sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin: birinchidan, AQSh dollarining boshqa yetakchi valyutalarga nisbatan nominal almashuv kursining tebranish diapazoni katta emas; ikkinchidan, AQSh dollarida emissiya qilingan AQSh hukumatining va Federal fondlarining qimmatli qog‘ozlari yuqori likvidli va ishonchli investitsiyalash obyektlari hisoblanadi; uchinchidan, hozirga qadar dunyoning ko‘plab mamlakatlarida, shu jumladan, MDH davlatlarida valyuta intervensiyasi vositasi bo‘lib AQSh dollari hisoblanadi; to‘rtinchidan, ko‘plab mamlakatlar hukumatlari tashqi qarzining asosiy qismi AQSh dollarida shakllangan. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi hukumatining kafolati asosida mamlakat iqtisodiyotiga jalb etilgan xalqaro kreditlarning valyutaviy tarkibida AQSh dollarida jalb etilgan kreditlar salmog‘iga ko‘ra birinchi o‘rinni egallaydi. Shunisi xarakterliki, dunyoning ko‘plab mamlakatlarida xorijiy valyutadagi zaxiralarning tarkibini tashqi qarzning tarkibiga mos ravishda shakllantirish tendensiyasi kuzatilmoqda. Chunonchi, Braziliyada xalqaro zaxiralar uchta valyutada – AQSh dollari, yevro va Yaponiya ienida shakllantirilgan. Chunki mamlakatning tashqi qarzi mazkur uch valyutadagi qarzdan iborat. Janubiy Koreyada xalqaro zaxiralarning investitsion tarkibi tashqi qarzning valyutaviy tarkibiga va joriy valyuta operatsiyalari bo‘yicha to‘lovlarni qaysi valyutalarda amalga oshirilayotganligiga mos ravishda shakllantirilmoqda. Chexiyada esa rasmiy valyuta zaxiralari AQSh dollari va yevroda shakllantirilgan. 103 Uni shakllantirishda e’tiborga olinadigan asosiy omillardan biri tashqi qarzning valyutaviy tarkibi hisoblanadi 96 . Gold svop operatsiyalari mamlakatda favqulodda holatlar yuz berganda tashqi to‘lov uchun zarur bo‘lgan xorijiy valyutalarni topish imkonini beradi. Masalan, mamlakatga xorijiy valyutada mablag‘ favqulodda zarur bo‘lib qolsa, u holda, Markaziy bank oltinni spot sharti bo‘yicha sotadi va olingan xorijiy valyutadagi mablag‘ni hukumatga beradi. Keyin esa, hukumat bilan berilgan mablag‘ni qaytarish muddatini kelishib oladi va ushbu muddatdan kelib chiqqan holda, xorijiy bank bilan oltinni sotib olish to‘g‘risida forvard shartnomasi tuzadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling