O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti t. I. Bobakulov, U. A. Abdullayev, J. Ya. Isakov
-§.Monetar siyosatning asosiy yo‘nalishlari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
МОН.СИЁСАТ ДАРСЛИК
2.4-§.Monetar siyosatning asosiy yo‘nalishlari
Har bir Markaziy bank joriy moliyaviy yil so‘nggida keyingi moliyaviy yil uchun monetar siyosatning asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqadi va e’lon qiladi. O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risidagi qonunning “Monetar siyosatning asosiy yo‘nalishlari”deb nomlangan 23-moddasida quyidagilar belgilab qo‘yilgan: Markaziy bank kelgusi yil uchun O‘zbekiston Respublikasi monetar siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqadi va har yili keyingi moliya yili boshlanishidan kamida 30 kun oldin Oliy Majlisning Senatiga bu haqda axborot beradi. Monetar siyosatning asosiy yo‘nalishlari: Iqtisodiy konyunkturaning tahlili va istiqbol ko‘rsatkichlarini; Muomalada bo‘lgan pul massasining iqtisodiy jihatdan asoslangan chegaralarini; Pul massasi yillik o‘sish sur’atining aniq maqsadli ko‘rsatkichlarini, shu jumladan, Markaziy bank ichki aktivlarining o‘zgarishini; Valyuta hamda foiz siyosatining asosiy yo‘nalishlarini; 48 Pul-kredit sohasini tartibga solishga doir harakatlarning aniq maqsadli asosiy ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga olishi lozim 47 . O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan e’lon qilingan “Monetar siyosatning 2018-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari”da quyidagilar belgilab qo‘yilgan: I. Pul-kredit siyosatining 2018-yildagi maqsad va vazifalari. 2018-yilda pul-kredit siyosati iqtisodiyotda nisbatan yuqori inflyatsion kutilmalar sharoitida amalga oshiriladi. Shundan kelib chiqqan holda, 2018-yili pul-kredit siyosatini amalga oshirishda asosiy e’tibor monetar omillarning inflyatsiyaga ta’sirini minimallashtirish va shu orqali narxlar barqarorligini ta’minlash uchun zarur sharoitlarni yaratishga qaratiladi. Inflyatsiya darajasining pul massasi hamda milliy valyutaning almashuv kursi bilan bog‘liqlik darajasini inobatga olib, pul-kredit siyosatida oraliq mo‘ljal sifatida “pul massasining o‘zgarishi”dan foydalaniladi. Iqtisodiyotdagi inflyatsion bosimni pasaytirish maqsadida bank tizimidagi likvidlilik va pul massasi hajmiga pul-kredit instrumentlaridan faol va moslashuvchanlik bilan foydalanish orqali ta’sir ko‘rsatiladi. Qat’iy pul-kredit siyosatining yuritilishi iqtisodiyotda real foiz stavkalarining ijobiyligini ta’minlash hamda ichki omillar hisobiga almashuv kursi keskin tebranishini kamaytirish imkonini beradi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling