O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti t. I. Bobakulov, U. A. Abdullayev, J. Ya. Isakov


Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/99
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1816976
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   99
Bog'liq
МОН.СИЁСАТ ДАРСЛИК

Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi
Inflatsiya darajasi


 
60 
sezilarli darajada yuqori salmoqni egallaydi. Masalan, Rossiya 
Federatsiyasida yuqori likvidli hisoblangan Hukumatning qimmatli 
qog‘ozlari emissiyasining mavjudligi tijorat banklariga ushbu qimmatli 
qog‘ozlar 
hisobidan 
o‘zlarining 
joriy 
likvidliligini 
ta’minlashda 
foydalanish va Markaziy bankning ochiq bozor operatsiyalari hajmini 
oshirish imkonini bermoqda. 2017-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, 
Rossiya Markaziy banki tomonidan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar 
hajmi 528 853 mln rublni tashkil etdi. Qimmatli qog‘ozlarga qilingan 
mazkur investitsiyalarning 58,9 foizini Rossiya Hukumatining qimmatli 
qog‘ozlari tashkil qildi
59
.
Ta’kidlash joizki, oldingi yillarda ham Rossiya tijorat banklari joriy 
likvidliligini Hukumatning qimmatli qog‘ozlari hisobidan o‘zlarining joriy 
likvidliligini ta’minlash imkoniga ega bo‘lishgan. Masalan, 2012-yilning 
1-yanvar holatiga, tijorat banklarining hukumatni qimmatli qog‘ozlariga 
qilgan investitsiyalarining umumiy miqdori 1496 mlrd rublni tashkil etdi. 
Bunda Rossiya tijorat banklari tomonidan qimmatli qog‘ozlarga qilingan 
investitsiyalarning umumiy miqdori 4676 mlrd rublni tashkil etdi
60

Demak, Rossiya tijorat banklari tomonidan hukumatning yuqori likvidli 
qimmatli qog‘ozlariga qilingan investitsiyalarning ular aktivlari hajmidagi 
salmog‘i 3,7 foizni, banklar tomonidan qimmatli qog‘ozlarga qilingan jami 
investitsiyalardagi salmog‘i esa, 32,0 foizni tashkil etdi. Bu esa, tijorat 
banklarining markazlashgan lombard kreditlarini olish imkoniyatini 
sezilarli darajada oshirishga xizmat qiladi. 
Taraqqiy etgan mamlakatlarda hukumatning qimmatli qog‘ozlariga 
qilingan investitsiyalar tijorat banklari aktivlarining umumiy hajmida 
sezilarli darajada yuqori salmoqni egallaydi. Masalan, 2012-yilning
1-yanvar holatiga, Buyuk Britaniyaning “Barklayz bank”i aktivlarining 
umumiy hajmida hukumatning qimmatli qog‘ozlariga qilingan 
investitsiyalarning salmog‘i 9,7 foizni tashkil etdi
61
. Mazkur ko‘rsatkich 
AQShning “Benk of Amerika” bankida 7,9 foizni tashkil etdi
62

59
Годовой отчёт Центрального банка России за 2016 год (С. 245). www.cbr.ru. 
60
Бюллетень банковской статистики Центрального банка Российской Федерации. – Москва, 2012. - №2 
(225). - 
С. 136.. 
61
Barclays bank. Annual Report. 2011 – London, 2012. - P. 170. 
62
Bank of America. Annual Report. 2011 – Washington, 2012. - P. 148. 


 
61 
Buning ustiga, taraqqiy etgan mamlakatlarda hukumat qimmatli 
qog‘ozlarning yirik emitenti hisoblanadi. Masalan, AQShda qimmatli 
qog‘ozlarning emitentlari ichida hukumat, emissiya hajmiga ko‘ra, birinchi 
o‘rinda turadi. 
Demak, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash 
siyosati doirasida amalga oshiriladigan diskont operatsiyalarining 
mavjud emasligi, lombard operatsiyalarining esa rivojlanmaganligi, 
qisqa muddatli davriy oraliqlarda, Markaziy bankning tijorat banklariga 
beriladigan muddatli kreditlarining hajmini oshirish yo‘li bilan milliy 
ssuda kapitallari bozoridagi resurslar taklifiga va kreditlarning o‘rtacha 
bozor darajasiga ta’sir etish zaruriyatini yuzaga keltiradi. 
O‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarida Markaziy banklarining qayta 
moliyalash stavkasini belgilashda asosiy e’tibor inflyatsiyaning joriy va 
kutilayotgan darajasiga qaratilmoqda. Ushbu holatni Rossiya va 
O‘zbekiston misolida yaqqol ko‘rish mumkin. 
2-rasm. Rossiya Federatsiyasida Markaziy bankning qayta 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling