O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti t. I. Bobakulov, U. A. Abdullayev, J. Ya. Isakov
Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
МОН.СИЁСАТ ДАРСЛИК
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rossiya Federatsiyasida Markaziy bankning qayta
Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi
Inflatsiya darajasi 60 sezilarli darajada yuqori salmoqni egallaydi. Masalan, Rossiya Federatsiyasida yuqori likvidli hisoblangan Hukumatning qimmatli qog‘ozlari emissiyasining mavjudligi tijorat banklariga ushbu qimmatli qog‘ozlar hisobidan o‘zlarining joriy likvidliligini ta’minlashda foydalanish va Markaziy bankning ochiq bozor operatsiyalari hajmini oshirish imkonini bermoqda. 2017-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, Rossiya Markaziy banki tomonidan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar hajmi 528 853 mln rublni tashkil etdi. Qimmatli qog‘ozlarga qilingan mazkur investitsiyalarning 58,9 foizini Rossiya Hukumatining qimmatli qog‘ozlari tashkil qildi 59 . Ta’kidlash joizki, oldingi yillarda ham Rossiya tijorat banklari joriy likvidliligini Hukumatning qimmatli qog‘ozlari hisobidan o‘zlarining joriy likvidliligini ta’minlash imkoniga ega bo‘lishgan. Masalan, 2012-yilning 1-yanvar holatiga, tijorat banklarining hukumatni qimmatli qog‘ozlariga qilgan investitsiyalarining umumiy miqdori 1496 mlrd rublni tashkil etdi. Bunda Rossiya tijorat banklari tomonidan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalarning umumiy miqdori 4676 mlrd rublni tashkil etdi 60 . Demak, Rossiya tijorat banklari tomonidan hukumatning yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlariga qilingan investitsiyalarning ular aktivlari hajmidagi salmog‘i 3,7 foizni, banklar tomonidan qimmatli qog‘ozlarga qilingan jami investitsiyalardagi salmog‘i esa, 32,0 foizni tashkil etdi. Bu esa, tijorat banklarining markazlashgan lombard kreditlarini olish imkoniyatini sezilarli darajada oshirishga xizmat qiladi. Taraqqiy etgan mamlakatlarda hukumatning qimmatli qog‘ozlariga qilingan investitsiyalar tijorat banklari aktivlarining umumiy hajmida sezilarli darajada yuqori salmoqni egallaydi. Masalan, 2012-yilning 1-yanvar holatiga, Buyuk Britaniyaning “Barklayz bank”i aktivlarining umumiy hajmida hukumatning qimmatli qog‘ozlariga qilingan investitsiyalarning salmog‘i 9,7 foizni tashkil etdi 61 . Mazkur ko‘rsatkich AQShning “Benk of Amerika” bankida 7,9 foizni tashkil etdi 62 . 59 Годовой отчёт Центрального банка России за 2016 год (С. 245). www.cbr.ru. 60 Бюллетень банковской статистики Центрального банка Российской Федерации. – Москва, 2012. - №2 (225). - С. 136.. 61 Barclays bank. Annual Report. 2011 – London, 2012. - P. 170. 62 Bank of America. Annual Report. 2011 – Washington, 2012. - P. 148. 61 Buning ustiga, taraqqiy etgan mamlakatlarda hukumat qimmatli qog‘ozlarning yirik emitenti hisoblanadi. Masalan, AQShda qimmatli qog‘ozlarning emitentlari ichida hukumat, emissiya hajmiga ko‘ra, birinchi o‘rinda turadi. Demak, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash siyosati doirasida amalga oshiriladigan diskont operatsiyalarining mavjud emasligi, lombard operatsiyalarining esa rivojlanmaganligi, qisqa muddatli davriy oraliqlarda, Markaziy bankning tijorat banklariga beriladigan muddatli kreditlarining hajmini oshirish yo‘li bilan milliy ssuda kapitallari bozoridagi resurslar taklifiga va kreditlarning o‘rtacha bozor darajasiga ta’sir etish zaruriyatini yuzaga keltiradi. O‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarida Markaziy banklarining qayta moliyalash stavkasini belgilashda asosiy e’tibor inflyatsiyaning joriy va kutilayotgan darajasiga qaratilmoqda. Ushbu holatni Rossiya va O‘zbekiston misolida yaqqol ko‘rish mumkin. 2-rasm. Rossiya Federatsiyasida Markaziy bankning qayta Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling