O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti t. I. Bobakulov, U. A. Abdullayev, J. Ya. Isakov


  O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/99
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1816976
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   99
Bog'liq
МОН.СИЁСАТ ДАРСЛИК

 
52 
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar 
1. Monetar siyosatning strategik maqsadlari nimalardan iborat? 
2. 
Monetar 
siyosatning 
taktik 
maqsadlari 
sifatida 
qaysi 
ko‘rsatkichchlardan foydalaniladi? 
3. O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risidagi 
qonunda monetar siyosatning strategik maqsadi sifatida qaysi yo‘nalish 
belgilangan. 
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi 
PF-5296-sonli 
“O‘zbekiston 
Respublikasi 
Markaziy 
bankining 
faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
farmonida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyatining 
strategik maqsadlari qilib nimalar belgilangan? 
5. “Miqdoriy zaiflashtirish” siyosati deganda nimani tushunasiz? 
6. Yaponiya ieni va Xitoy yuanining AQSh dollariga nisbatan 
nominal almashuv kursi haqida nimalarni bilasiz? 
7. Pullar taklifini targetlash xususida nimalarni bilasiz? 
8. Milliy valyutaning nominal almashuv kursidan monetar siyosat 
indikatori sifatida foydalanishda qaysi omillarni hisobga olish lozim? 
9. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining monetar siyosatini 
asosiy yo‘nalishlari sifatida nimalarni bilasiz? 
 
 


 
53 
 
 
3-BOB. MONETAR SIYOSATNING VOSITALARI VA 
ULARNING AMAL QILISH MEXANIZMI 
 
3.1-§. Monetar siyosatning an’anaviy vositalari 
(instrumentlari) 
Monetar siyosatning an’anaviy vositalariga Markaziy bankning 
qayta moliyalash siyosati, majburiy zaxira siyosati, ochiq bozor siyosati, 
valyuta siyosati va depozit siyosati kiradi.
Qayta moliyalash siyosati. 
Markaziy bank monetar siyosatni amalga oshirishda uning 
an’anaviy vositalaridan foydalanish muhim o‘rin tutadi. Nafaqat 
taraqqiy etgan mamlakatlarda, balki o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarida 
ham an’anaviy monetar instrumentlardan foydalanish monetar siyosatni 
amalga oshirishning tayanch vositalari vazifasini bajarmoqda.
Markaziy bankning qayta moliyalash siyosati Markaziy bank 
tomonidan tijorat banklarini kreditlash bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirlar 
majmui bo‘lib, ushbu siyosat quyidagi uch xil kreditlash usulidan 
foydalanilgan holda amalga oshiriladi: 
1. Tijorat banklarini Markaziy bank tomonidan, ularning 
balansidagi trattalarni qayta hisobga olish yo‘li bilan, kreditlash usuli. 
Mazkur usulda berilgan kreditlar hisob yoki diskont kreditlari 
hisoblanadi, ularning foiz stavkasi esa, hisob yoki diskont stavkasi 
deyiladi. 
Markaziy bank har bir moliyaviy yil uchun oldindan trattalarni, 
ya’ni uzatma tijorat veksellarini o‘zida qayta hisobga olish kontingentini 
belgilaydi. Qayta hisobga olish kontingenti hajmini belgilashda pul 
massasining 
o‘sish 
sur’ati, 
inflyatsiya 
darajasi 
kabi 
muhim 
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar hisobga olinadi. 
Trattalarni qayta hisobga olish kontingentini mamlakatdagi tijorat 
banklari soniga bo‘lish yo‘li bilan har bir bank uchun belgilanadigan 


 
54 
qayta hisobga olish limiti summasi aniqlanadi. Bu esa, limitni 
aniqlashning adolatli usuli hisoblanadi. Chunki, ushbu usulda barcha 
tijorat banklariga, ularning katta yoki kichikligidan qat’iy nazar, bir xil 
limit belgilanadi. Ammo ushbu usulning kamchiligi shundaki, bunda 
tijorat banklari aktivlari miqdori o‘rtasidagi farq natijasida yuzaga 
keladigan likvidli mablag‘larga bo‘lgan talab o‘rtasidagi farq hisobga 
olinmaydi. 
2. Tijorat banklarini Markaziy bank tomonidan, ularning 
balansidagi qimmatli qog‘ozlarni garovga olish yo‘li bilan, kreditlash 
usuli. 
Ushbu usulda berilgan kreditlar lombard kreditlari bo‘lib, ularning 
foiz stavkasi esa, lombard stavkalari deyiladi. 
3. Tijorat banklarini Markaziy bank tomonidan to‘g‘ridan - to‘g‘ri 
kreditlash usuli. 
Mazkur usulda berilgan kreditlar overdraft, overnayt, kunlik va 
muddatli kreditlar shaklida bo‘ladi. 
Markaziy bankning overdraft kreditlari tijorat banklarining milliy 
valyutadagi “Nostro” vakillik hisobraqamida yuzaga kelgan pul 
mablag‘lari yetishmasligi muammosini hal qilish maqsadida beriladi. 
Overnayt kreditlari bir sutkaga beriladigan kreditlar bo‘lib, ular 
tijorat banklarida favqulodda yuzaga keladigan juda qisqa muddatli 
likvidlilik muammosini hal qilish maqsadida beriladi. 
Kunli kreditlar bir operatsion kun davomida beriladi. 
Dunyoning bir qator mamlakatlarida (Shvetsiya, Rossiya va boshq.) 
kunlik kreditlar Markaziy banklar tomonidan qimmatli qog‘ozlarni 
garovga olgan holda foizsiz beriladi va ular milliy to‘lov tizimini 
qo‘llab-quvvatlash maqsadida beriladi
49

Qayd etish joizki, taraqqiy etgan mamlakatlarda Markaziy bankning 
hisob stavkalarini o‘zgarishi makroiqtisodiy barqarorlikka, o‘sish 
sur’atlariga bevosita va kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, AQShda 
iqtisodiy o‘sish sur’atlarining pasayib borishiga barham berish 
49
Моисеев С.Р. Денежно-кредитная политика: теория и парктика. Учебное пособие. – М.: Московская 
финансово-промышленная академия, 2011. - С. 723. 


 
55 
maqsadida Federal Zaxira Tizimi (FZT) tomonidan hisob stavkasining 
yillik darajasi 2004-yilning 30-iyunidan boshlab 1 % qilib belgilangan 
edi. Ushbu pasayish iqtisodiy o‘sish sur’atlarining oshishiga olib keldi, 
ammo muomaladagi pul massasining ham oshishiga sabab bo‘ldi. 
Natijada, FZT hisob stavkasini keskin oshirish, uning yillik darajasini 
2007-yilning 10-may kuni 5,25 % qilib belgilashga majbur bo‘ldi
50

So‘nggi yillarda qator taraqqiy etgan mamlakatlarda Markaziy 
banklarning hisob stavkalarining beqarorligi kuzatildi. AQSh FZT 2004- 
yilning 30-iyunidan 2007-yilning 10-mayiga qadar hisob stavkasini 17 
marta o‘zgartirdi. 2004-yilning 30-iyunida FZTning hisob stavkasi 1% 
darajasida belgilanib, bu oxirgi 46 yil mobaynidagi eng past hisob 
stavkasi hisoblanadi. 2007-yilning may oyidan boshlab FZTning hisob 
stavkasi 5,25% darajasida belgilandi va uning bu qadar yuqori 
belgilanishi inflyatsiyaning kutilayotgan o‘sish sur’ati bilan bog‘liqdir.
2011-yilning 1-yanvar holatiga kelib, AQSh FZTning yillik hisob 
stavkasi 0,5 foizni tashkil etdi
51

2017-yil 16-iyun kuni FZT hisob stavkasining yillik darajasini 
amaldagi 0,75-1,0 foizdan 1,0-1,25 foizga oshirdi. Bu esa, FZT 
rahbariyatining fikriga ko‘ra, davlat xarajatlarining o‘sishi va tijorat 
banklari kreditlarining foiz stavkalarini pasayishi natijasida baholarning 
o‘sish sur’atlarining kuzatilayotganligi bilan izohlanadi. 
Angliya Markaziy banki qayta moliyalash siyosatidan inflyatsiyani 
jilovlash, uning o‘sish sur’atlarini oshishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida 
faol tarzda foydalanadi. Bu esa, so‘nggi yillarda uning hisob stavkasini 
tez-tez o‘zgartirilishiga sabab bo‘lmoqda. 2002-2007-yillar mobaynida 
Angliya Markaziy bankining hisob stavkasi bir necha marta o‘zgartirilib, 
2007-yilning iyul oyida 5,75 % qilib belgilandi
52

Yevropa Markaziy banki yevrohudud iqtisodiyotining o‘sishini 
rag‘batlantirish maqsadida nollik foiz stavkasidan foydalanish bilan 
birga, aktivlarni sotib olish dasturini kengaytirdi va uzoq muddatli 
maqsadli kreditlash dasturi – TLTRO-IIni joriy qildi. Bu esa, o‘z 
50
 http://www.federalreserve. gov sayti ma’lumotlari asosida umumlashtirildi. 
51
 http://lenta.ru/news/2011/01/06/rate/ sayti ma’lumotlari. 
52
http // lenta. ru/news/2007/08/01/rate/ sayti ma’lumotlari.


 
56 
navbatida, iste’mol baholarining o‘sishida va tijorat banklari tomonidan 
iqtisodiyotning real sektoriga beriladigan kreditlar hajmining o‘sishida 
muhim rol o‘ynadi. 2016-yilning iyunida iste’mol baholari 0,1 foizga 
o‘sgan bo‘lsa, shu yilning dekabr oyida, mazkur o‘sish sur’ati 1,1 foizni 
tashkil etdi. 
2015-yilning dekabr oyida tijorat banklari tomonidan real sektor 
korxonalariga berilgan kreditlar 0,3 foizga kamaygan bo‘lsa, 2016- 
yilning dekabrida ular hajmining o‘sish sur’ati 1,9 foizni tashkil etdi
53
.
O‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarida qayta moliyalash siyosatining 
qator instrumentlaridan foydalanish amaliyoti mavjud. Masalan, Rossiya 
Markaziy banki tomonidan overnayt, overdraft, lombard va muddatli 
kreditlar berish qo‘llanilmoqda.
Qayd etish joizki, Rossiya Markaziy banki tomonidan berilayotgan 
lombardli kreditlar, respublikamiz amaliyotidan farqli o‘laroq, nafaqat 
yuqori likvidli hukumat qimmatli qog‘ozlari bilan, balki reputatsiyasi 
yuqori bo‘lgan Rossiya kompaniyalarining qarz qimmatli qog‘ozlari 
bilan ham ta’minlanmoqda. Bu esa, Rossiya Federatsiyasi Markaziy 
bankining lombard kreditlari hajmini oshirishga imkon bermoqda. 
 
1-jadval 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling