O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti t. I. Bobakulov, U. A. Abdullayev, J. Ya. Isakov


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/99
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1816976
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   99
Bog'liq
МОН.СИЁСАТ ДАРСЛИК

Foiz stavkalari, yillik 
14.12.2015 
yillar 
23.12.2016 
yillar 
AQSh dollari va 
yevroda berilgan 
kreditlar 
28 kun 
2,25 
2,25 
365 kun 
3,25 
3,25 
2-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, Rossiya Markaziy banki 
tijorat banklariga AQSh dollari va yevroda markazlashgan kreditlar 
beradi. Ushbu kreditlarni 1-yilgacha muddatda berilishi va foiz 
stavkalarining barqarorligi tijorat banklarining valyutaviy likvidliligini 
ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. 
Respublikamiz tijorat banklarining balansida yuqori likvidli 
qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar miqdorining nisbatan juda 
55
Годовой отчет Банка России за 2016 год (С. 353). www.cbr.ru. 


 
58 
kichikligi mamlakatimiz Markaziy banki tomonidan beriladigan lombard 
kreditlari hajmini oshirishga jiddiy tarzda to‘sqinlik qilib keldi. Masalan, 
2016-yilning 1-yanvar holatiga, O‘zbekiston Respublikasi tijorat 
banklari tomonidan yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlarga qilingan 
investitsiyalar umumiy miqdorining brutto aktivlar hajmidagi salmog‘i 
atigi 0,1 foizni tashkil qildi. So‘nggi yillarda respublikamiz tijorat 
banklarining 
yuqori 
likvidli 
qimmatli 
qog‘ozlarga 
qilingan 
investitsiyalarining brutto aktivlar hajmidagi salmog‘ining pasayish 
sur’ati kuzatilmoqda. Chunonchi, 2015-yilda bu ko‘rsatkich 0,7 foizni 
tashkil etgan edi
56

Biroq, 
2017-yilning 
1-yanvaridan 
boshlab, 
O‘zbekiston 
Hukumatining qimmatli qog‘ozlarini emissiya qilish to‘xtatildi. 
Respublikamiz tijorat banklarining yuqori likvidli qimmatli 
qog‘ozlarga qilgan investitsiyalari miqdori darajasining past ekanligi 
Markaziy bankning lombard kreditlari hajmini sezilarli darajada oshirish 
imkonini bermaydi. 
Shuni qayd etish joizki, 2017-yilning uchinchi choragidan boshlab, 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklarini 
kreditlash amaliyoti faollashdi. 2017-yilning uchinchi choragida 
Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga 1,4 trln so‘m miqdorida 
kreditlar berildi. Mazkur yilning to‘rtinchi choragida esa, ushbu 
ko‘rsatkich 337 mlrd. so‘mni tashkil etdi
57

Tijorat banklariga markazlashgan kreditlar berish amaliyotida 
markaziy masala bo‘lib Markaziy bankning qayta moliyalash 
stavkasining darajasi va dinamikasi hisoblanadi. Chunki, qayta 
moliyalash stavkasi Markaziy bank kreditlarining bahosi hisoblanadi. 
56
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining statistik ma’lumotlari asosida mualliflar tomonidan hisoblandi. 
57
Pul-kredit siyosati sohasida 2017-yilning IV choragida amalga oshirilgan ishlar. www.cbu.uz. 



Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling