79
2016-yil 1-apreldan boshlab,
Rossiya Markaziy bankining
norezident yuridik shaxslarning depozitlari va xorijiy valyutadagi
boshqa majburiyatlarga nisbatan majburiy zaxira stavkalari oshirilgan.
Majburiy zaxira siyosati O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
pul-kredit
siyosatining asosiy, an’anaviy instrumentlaridan biri
hisoblanadi. Ayniqsa, respublika Markaziy bankning ochiq bozor
operatsiyalarining
rivojlanmaganligi, Davlat byudjeti defitsitining
mavjud emasligi, rezidentlar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar
investitsion jozibadorligining past ekanligi majburiy zaxira siyosatining
monetar instrument sifatidagi
ahamiyatini yanada oshiradi, deb
hisoblaymiz.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 28-iyuldagi PQ-
1166-sonli
“Tijorat
banklarining
investitsiya
loyihalarini
moliyalashtirishga yo‘naltirilgan uzoq muddatli kreditlar ulushini
ko‘paytirishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi
qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
bankining majburiy zaxira stavkalari 2009-yilning 1-sentyabridan
boshlab, depozitlarning muddatiga bog‘liq tabaqalashtirildi (5-rasm).
5-rasm.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining majburiy
Do'stlaringiz bilan baham: