O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti xasanov boxodir akramovich


-rasm. Foyda va mahsulot hajmi o‗rtasidagi bog‗liqlik


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet111/169
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831721
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   169
Bog'liq
Бошқарув ҳисоби қўлланма 2020 й 18.06

12.4-rasm. Foyda va mahsulot hajmi o‗rtasidagi bog‗liqlik 
Keltirilgan rasmdan ko‗rinib turibdiki, gorizontal o‗q ishlab chiqarish va 
sotish hajmini, vertikal o‗q esa hisobot davridagi foyda va zararlarni aks ettirgan. 
Agar sotish hajmi nolga teng bo‗lsa, unda maksimal zararlar doimiy xarajatlar 
summasiga teng bo‗lishi shart, chunki korxonaning zararlari uning doimiy 
xarajatlari summasidan oshib ketmasligi lozim. 

10 
20 
30 
40 
50 
60 
70 
80 
90 
10 
20 
30 
40 
50 
60 








9 10 11 12 13 14 15 
Tushum
, (
m
.s
.)
Za
ra
r, (
m
.s
.)
Foyda 
hududi 
Ishlab chiqarish 
hajmining yo‗l 
qo‗yiladigan chegarasi 
Zararsizlik 
nuqtasi 
Mahsulot 
birliklari va 
sotish hajmi 
(m.s.) 
Zararlar 
hududi 


184 
Har bir birlik mahsulot sotilganda, doimiy xarajatlardan yuqori 10000 
so‗mlik yalpi foydaga erishiladi, chunki foyda va zararlarning intervali 10000 
so‗mdan qilib belgilangan, natijada sotish hajmi 6000 donaga yetganda yalpi foyda 
doimiy xarajatlar yig‗indisiga tenglashadi. 
Bunda har bir 6000 donadan yuqori sotilgan mahsulot uchun 10000 so‗mdan 
qo‗shimcha foyda olinadi. Demak, sotish hajmi 10000 dona bo‗lganda foyda 
summasi 400000000 so‗mni (40000 so‗m x 10000 dona) tashkil etadi. Sotish hajmi 
va foyda o‗rtasidagi bu nisbat rasmda punktir chiziq bilan ko‗rsatilgan. 
Boshqaruv hisobida ishlab chiqarish hajmi (quvvati) mashina va 
uskunalarning bo‗sh turib qolishi, ularni ta‘mirlash vaqti, ishdagi tanaffuslar va shu 
kabilar bilan bog‗liq bo‗lib, u optimal yoki real imkoniyat darajasiga ega bo‗ladi. 
Optimal imkoniyat - mashina va jihozlarning bo‗sh turmasdan yuqori unum bilan 
ishlash darajasi hisoblanadi. Real imkoniyat esa - mashina va jihozlarning o‗rtacha 
(normal) quvvat bilan ishlashi mumkin bo‗lgan imkoniyatidir. Demak, optimal 
imkoniyatdan real imkoniyatni chegirib tashlasak, ishlab chiqarish quvvati kelib 
chiqadi, bu amaliyotda nazariy quvvat (imkoniyat) deb ham ataladi.
Shu o‗rinda, ishlab chiqarish hajmi bilan o‗zgaruvchan xarajatlar o‗rtasida 
o‗zaro chiziqli bog‗lanish mavjudligini ham ta‘kidlab o‗tish lozim ya‘ni koordinata 
tekisligida xarajatlar va mahsulot birligi ma‘lum nuqtalarda kesishadi. Biroq, 
hamma o‗zgaruvchan xarajatlar ham ishlab chiqarish quvvati bilan to‗g‗ri chiziqli 
bog‗lanishda bo‗lmaydi. Shu sababli, ularni rejalashtirish, tahlil qilish va ulardan 
boshqaruv qarorlari qabul qilishda foydalanish imkoniyati mavjud emas. Chiziqsiz 
bog‗langan xarajatlarni shartli ravishda chiziqli bog‗lanishga moslashtirish 
maqsadida «chiziqli aproksimatsiya» usulidan foydalaniladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling