O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti xasanov boxodir akramovich


 Boshqaruv hisobini isloh qilishning nazariy va amaliy jihatlari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet146/169
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831721
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   169
Bog'liq
Бошқарув ҳисоби қўлланма 2020 й 18.06

15.2. Boshqaruv hisobini isloh qilishning nazariy va amaliy jihatlari 
Boshqaruv hisobi elementlari respublikamiz iqtisodiyoti uchun yangilik 
emas. Sobiq ittifoq davrida yuqoridan markazlashtirilgan rejalashtirish 
sharoitida reja va moliyaviy bo‘limlarining buxgalteriya xizmatidan asta-sekin 
ajralib chiqishi unga buxgalteriya vakolatining bir o‘ismini berilishiga imkon 
tug`dirdi. Buxgalter va boshqa iqtisodchi mutaxassislar (reja bo‘yicha 


250 
iqtisodchi, mehnat va ish hao‘i bo‘yicha iqtisodchi, moddiy-texnika ta`minoti 
bo‘yicha iqtisodchi va h.k.) tor doiradagi hisob va rejalashtirish bilan cheklanib 
o‘oldilar.
Bu jarayon natijasida buxgalteriya hisobining butun tizimi deyarli 
moliyaviy tizimga aylandi va faqat voqealarni qayd etuvchi xizmat turiga 
aylanib qoldi.
Mustaqillik davrida esa bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqarishning 
markazlashgan tizimidan voz kechilib, ko‘p ukladlilik, biznes rejalashtirish
erkin narxlarni shakllantirish, istiqbolli loyihalarni tanlash, segmentlarning 
javobgarligi kabi yangi iqtisodiy kategoriyalar va tushunchalar kirib keldi, mulk 
egasiga ko‘p sonli xodimlarni saqlab turish samarali bo‘lmay qoldi. Bu holatlar 
mamlakatimiz buxgalteriya hisobi tarkibida boshqaruv hisobini tashkil etish va 
rivojlantirish zaruratini yuzaga keltirdi.
Boshqaruv hisobining shakllanishi bilan buxgalter-analitik zimmasiga 
nafaqat xarajatlar hisobi va mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish, balki 
korxona hisob siyosatini shakllantirish, byudjetlashtirish, loyihalar tahlili
segmentlar bo‘yicha xarajat va daromadlarni hisobga olish, ichki xo‘jalik 
transfert baholarini o‘rnatish, hisob tizimini kompyuterlashtirish kabilar ham 
yuklatildi.
Hozirgi vaqtda boshqaruv hisobini qo‘llashda ma`lum qiyinchiliklar 
mavjud. Ko‘pgina hollarda buxgalterlar moliyaviy hisob va hisobot, soliqlar 
hisobi va hisoboti fan sifatida tan olinganligi, uning ob`ektlari va sub`ektlari 
ma`lum bo‘lganligiga qaramasdan buxgalterlarning ko‘p vaqti shu masala bilan 
band bo‘lib, boshqaruv hisobining samarali tizimini tashkil etish uchun vaqt 
etishmasligini ta`kidlashadi. Shunga qaramasdan, amaliyotning ko‘rsatishicha, 
buxgalterning buxgalter-menejerga aylanishi tendentsiyasi kuchaya boshladi.
Keltirilgan rasmdan ko‘rinib turibdiki, respublikamizda boshqaruv 
hisobini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: 

korxonalar faoliyatini byudjetlashtirish (rejalashtirish); 


251 

boshqaruv hisobini yuritishga mo‘ljallangan yangi schetlar rejasini 
ishlab chiqish; 

xarajatlar hisobi va mahsulot tannarxini aniqlashning zamonaviy usul 
va tizimlarini qo‘llash imkoniyatlarini baholash; 

investitsiya loyihalari bo‘yicha boshqaruv qarorlari qabul qilish; 

segmentlar bo‘yicha hisob yuritish va hisobot tuzishni tashkil qilish; 

korxonalarda transfert bahoni shakllantirish usullarini joriy etish. 
Korxonalarda boshqaruv hisobi tizimida byudjetlashtirishni amalga 
oshirishning zarurati shu bilan belgilanadiki, uning yordamida rejalashtirilgan 
hisobot davrida korxona rahbari va xodimlari oldida turgan maqsad va 
vazifalarni shakllantirish, ishlab chiqarish dasturining bajarilishi, daromad va 
xarajatlarni aniqlash, amalga oshiriladigan hisob-kitoblar to‘g`riligini kuzatib 
borish mumkin. 
Mamlakatimizda boshqaruv hisobining rivojlanishi mavjud buxgalteriya 
hisobi tizimining ikki mustaqil: moliyaviy va boshqaruv hisobi schetlar rejasiga 
bo‘linishiga olib keldi.
Boshqaruv hisobining kontseptsiyasi schetlar rejasini amaliyotga joriy 
etish ikki razryadli buxgalteriya hisobi schetlari tizimidan to‘rt razryadli tizimga 
o‘tish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bu amaliyotda qo‘llanib kelinayotgan 
schetlar rejasi bo‘lib, bunda barcha schetlar balans tuzishda ishtirok etadi. To‘rt 
razryadli schetlar tizimi ularni to‘rtta razryadga ajratadi: 
a) balans schetlari ya`ni balans tuzishda ishtirok etuvchi schetlar; 
b) operatsion, ―Xarajatlar - ishlab chiqarish hajmi - foyda‖ usuli bo‘yicha 
moliyaviy natijalarni aniqlashda qo‘llaniladigan va boshqaruv buxgalteriyasida 
foydalaniladigan schetlar (15.2.-jadval). 
Korxonalarda xarajatlar hisobi va tannarx kalkulyatsiyasining zamonaviy 
usul hamda tizimlarini qo‘llash ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxini to‘g`ri 
aniqlash, chetlanishlar hisobi va tahlilini yuritish kabi imkoniyatlarni beradi. 
Ularga «Direkt-kosting», «Standart-kost», «JIT», «ABC», «SCA» va «FQT»larni 


252 
kiritish mumkin. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling