O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent arxitektura-qurilish instituti
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
Beton texnologiyasi 1 qism
3. 1-rasm. Beton qorshmalarining tarkibiy tiplari va ularning tekis harakatchan
qorishmadagi suvshimuvchanlikka ta’siri I-suzuvchan to’ldiruvchi bilan; II- zich joylashgan to’ldiruvchi bilan; III-yirik g’ovakli, sement hamirining etishmovchiligi bilan. 55 Ikkinchi turdagi tuzilishda sement hamiri kamroq bo’lib, u faqat to’ldiruvchining donalari orasidagi g’ovaklikni to’ldiradi va donalar ustiga surtilgandek bo’lib, qalinligi sement zarralari 1-3 diametriga to’g’ri keladi. Bu sharoitda alohida to’ldiruvchi donalarining ta’sir doiralarida bir-birlarini to’sadilar – to’ldiruvchi donalari orasida ishqalanish yuzaga keladi. Qorishmaga yuqorida aytilganidek (birinchi turdagi kabi) harakatchanlikni berish uchun yanada jadalroq ta’sir yoki S/TSning o’zgartirilishi hisobiga birinchi tur tuzilishdagi xususiyatlarga keltiriladi. Beton qorishmasining uchinchi tur tuzilishida sement hamiri kam, u faqat to’ldiruvchi donalarini yuzasini juda yupqa qalinlikda qoplaydi, donalar orasidagi g’ovakliklarni qisman to’ldiradi. Bir turdan tuzilishdan ikkinchisiga o’tish to’ldiruvchi miqdorini oshishi bilan birin-ketin amalga oshadi. Birinchi o’tish avval kichik hajmlarda va ketma-ket butun beton hamirini qamrab oladi. Ikkinchi tuzilishdan uchinchi tuzilishga o’tishda (tsement hamirining to’ldiruvchilar orasidagi g’ovaklarni to’ldirishga etishmayotgan jarayonda) beton qorishmasini qorishtirish yoki yoyishda katta miqdorda havo qo’shilib ketadi va ular to’ldiruvchidagi donalararo bo’sh g’ovakliklarni to’ldirib, sement hamiri hajmini oshirgandek bo’ladi. Bunday tuzilishni ikkinchi turga mansub deyish mumkin. Sement hamirini miqdorini tobora kamayishi bilan kirayotgan havo va havo pufakchalari o’lchamlarining ortishi natijasida notekisliklar va yoriqlar paydo bo’ladi. Bunday tuzilish uchinchi turga mansub. Beton qorishmasi tuzilishi harakterini ketma-ket o’zgarishi natijasida turli tuzilishlar orasidagi chegaralar nisbiydir. Bu chegaralar sement va to’ldiruvchi, beton qorishmasining harakatchanligi, qoliplash usullari va boshqa faktorlarni o’zgarishi bilan ahamiyatli darajada surilishi mumkin. Odatdagi beton qorishmalari ikkinchi tur tuzilishiga kiradi. Bunday tuzilishlar o’zining katta samaradorligi balan ajralib turadi va minimal sement sarfi bilan berilgan harakatchanlikdagi qatlamlashmaydigan beton qorishmasini olish 56 imkonini beradi. Tuzilishi birinchi turga mansub bo’lgan qorishmalarga armotsement konstruktsiyalar tayyorlash uchun qo’llaniladigan bog’lovchi sarfi orttirilgan sement-qumli qorishmalar kiradi. Tuzilishi uchinchi turga mansub qorishmalarga qumsiz beton qorishmalari va boshqa sayoz qurilish qorishmalari kiradi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling