O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent arxitektura-qurilish instituti


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/45
Sana02.06.2024
Hajmi0.74 Mb.
#1840252
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   45
Bog'liq
Beton texnologiyasi 1 qism

3. 5-rasm. Beton qorishmasining bikirligini aniqlaydigan standart asbob 
1- qolip; 2- konus mahkamlanadigan tutqichlar; 3- konus; 4- voronka; 5- shtanga; 
6- yo’naltiruvchi vtulka; 7-dis mahkamlanadigan vtulka; 8- oltita teshikli disk; 9- 
shtativ (tutqich); 10- shtativning mahkamlovchi moslamasi.
 
3. 6-rasm. Beton qorishmasini qulay quyiluvchanligini aniqlashning 
soddalashtirilgan usuli 
a-asbobning umumiy ko’rinishi; b-tebranishga qadar beton qorishmasi; v-
aksincha, tebranishdan so’ng; 1-konus; 2-kub qolip; 3-beton qorishmasi; 4-
titratgich.
 
Asbobni titratuvchi moslama ustiga zich o’rnatadilar. So’ng idishga konus 
shaklidagi metall qolip tushiriladi. Konus o’lchamlari yuqorida ko’rsatilgan.
Konus-shaklni maxsus aylana-tutqich yordamida asbobga mahkamlanadi va 
qorishmani uchga bo’lib har birini alohida metall tayoqcha bilan zichlashtirib 
to’ldirib chiqiladi. So’ng konusni mahkamlab, shtativni burib, beton qorishmasi 
ustiga keltiriladi va titratuvchi moslama ishga tushiriladi. Amplitudasi 0, 5 mm 
bo’lgan titratish jarayoni sement hamiri diskning ikki teshigidan chiqqungacha 
davom еttiriladi. Titratish davom еtgan vaqt – beton qorishmasining bikirlik 
ko’rsatkichidir. Laboratoriyalarda ba’zan B. G. Skramtayev tomonidan tavsiya 
еtilgan beton bikirligini aniqlashning soddalashtirilgan usulidan foydalanadilar.
Bu usul bilan tadqiqotlarni quyidagi tartibda o’tkazadilar. Kublar tayyorlanadigan 
o’lchamlari 20x20x20 sm bo’lgan oddiy qolipga standart konus o’rnatiladi.


63 
Oldindan undan tayanchlarni olib tashlab kub ichiga joylashishi uchun uning pastki 
asosining diametri kamaytiriladi (3. 6-rasm). Konusni odatdagidek uch bosqichda 
to’ldiriladi. Metall konus olingandan so’ng laboratoriya maydonchasida beton 
qorishmasini titratiladi. Titratish jarayoni beton qorishmasi kubning barcha 
burchaklarini qoplab, yuzasi tekislanguncha davom еttiriladi.
Titratishning davomiyligini (s) beton qorishmasining bikirlik darajasi sifatida 
qabul qilinadi. Standart titratish maydonchasi quyidagi qiymatlarga mos tushishi 
kerak: kinematik momenti 0, 1 N

m; amplitudasi 0, 5 mm; tebranishlar davri 3000
-
1
. Tajribalarning ko’rsatishicha standart asbobda aniqlangan bikirlik darajasi B.
G. Skramtayev usuli bilan olingan qiymatlardan taxminan 1, 5-2 marta kamligi 
aniqlandi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling