O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent arxitektura-qurilish instituti
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
Beton texnologiyasi 1 qism
3. 2 - jadval
Bikirlik, s Harakatchanlik,sm TSement sarfi quyidagicha bo’lganda, kg/m 3 suvga bo’lgan talabchanlikning kamayishi, % 500 400 300 - 10-12 15 12 10 - 5-7 12 10 8 20-30 - 10 8 6 30-100 - 8 6 - Beton qorishmasining harakatchanligi vaqt o’tishi bilan sement va suvning o’zaro fizik-kimyoviy ta’sirlashuvi natijasida kamaya boradi. Xususan bikir beton qorishmasining qulay to’shaluvchanligi yomonlashadi, shuning uchun bunday qorishmani imkoniyat darajasida tezroq qoliplarga yoyish zarur. Betonning tarkibini aniqlashda berilgan beton qorishmasining harakatchanligidan kelib chiqqan holda suv sarfi aniqlanadi. Buning uchun beton qorishmasining harakatchanligi suv sarfi va boshqa omillarga nisbatan bog’liqligi qo’llaniladi. Taqriban suv sarfini tajribalar asosida, keyinchalik beton tarkibini tekshirish uchun qorishma tayyorlab, sinab ko’rib olingan jadvallar va grafiklar (3. 7-rasm) bo’yicha tanlash mumkin. Qum va shag’alning suvga bo’lgan talabidan kelib chiqib (Sq va Ssh), turli omillarning ta’sirini kengroq inobatga olish mumkin. 3. 7-rasm. Portlandtsement, o’rtacha yiriklikdagi qum (suvshimuvchanligi 7%) va yirik donador shag’aldan tayyorlangan plastik (a) hamda bikir (b) beton qorishmasining suvshimuvchanlik grafigi (V, l/m 3 -S, l/m 3 ) 1 - 80 mm; 2 - 40 mm; 3 - 20 mm; 4 - 10 mm; J 1 - texnik viskozimetr bo’yicha qulay joylashuvchanlik; J 2 - aynisi, B. G. Skarmtayev usuli bo’yicha. 67 Еslatma: 1. Agarda 7% dan ortiq suvshimuvchanlikka еga bo’lgan mayda qumdan foydalanilsa, suv sarfini har bir foyizi uchun 5 l. dan orttiriladi: suvshimuvchanligi 7% dan kam bo’lgan yirik qum qo’llanganda, suv sarfini har bir foyizi uchun 5 l. dan kamaytiriladi. 2. Chaqilgan tosh qo’llanilganda suv sarfini 10 l. ga orttiriladi. 3. Putstsolan sementlar qo’llanilganda suv sarfini 15-20 l. ga orttiriladi. 4. Sement sarfi 400 kg dan ortganda har 100 kg sement uchun 10 l. dan suv sarfi orttiriladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling