O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent arxitektura-qurilish instituti
V-bob. Og’ir beton tarkibini loyihalash
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
Beton texnologiyasi 1 qism
V-bob. Og’ir beton tarkibini loyihalash
5. 1. Beton tarkibini aniqlash usulining asosiy qoidalari Beton tarkibi loyihalanganda ishlatiladigan materiallar o’rtasidagi nisbat shunday topilishi kerakki, natijada, tayyorlash texnologiyasi ham nazarda tutilganda, konstruktsiyadagi betonning mustahkamligi, beton qorishmasining harakatchanligi va betonning tejamli bo’lishi (tsement sarfini minimal kamaytirish) kafolatlanishi lozim. Beton tarkibini aniqlash quyidagilarni o’z ichiga oladi: a) konstruktsiyaning turi, qanday sharoitda ishlatilishi va tayyorlanish usulidan kelib chiqqan holda betonga qo’yiladigan talabni belgilash; b) beton uchun material tanlash va ularning xususiyati bo’yicha kerakli ma’lumotni olish; v) betonning birlamchi tarkibini aniqlash; g) namuna uchun qorilgan beton tarkibini tekshirish; d) beton tayyorlashni nazorat qilish; e) tayyorlash vaqti, to’ldiruvchilar xususiyati va boshqa omillar o’zgarganda uning tarkibiga tuzatishlar kiritish. Beton tarkibini birlamchi aniqlash beton mustahkamligining sement faolligi, suv-tsement omili, ishlatiladigan materiallarning sifati, beton qorishmasi harakatchanligining suv sarfi va boshqa omillarga bog’liq bo’lishi asosida amalga oshiriladi. Beton xususiyatlari va beton qorishmasining uning tarkibiga qay darajada bog’liq еkanligini aniq belgilash uchun, agar imkon bo’lsa, dastlabki sinov ishlari o’tkaziladi. Bu holda tajribani rejalashtirish va uning natijalarini o’rganishning matematik usullarini ishlatish tavsiya еtiladi. Beton mustahkamligiga qanday talab qo’yilganligi ish chizmalarida ko’rsatiladi. Beton qorishmasining harakatchanligi (bikirligi) konstruktsiyaning o’lchami, armaturalarning qalinligi, beton quyish va uni joylashtirish usullaridan kelib chiqqan holda belgilanadi (5. 1-jadval). 5. 1-jadvalda betonning bikirligi standart konus va texnik viskozimetrlarda ko’rsatilgan. Tarkibidagi sement miqdori etarli bo’lgandagina beton qorishmasining joylanishi oson bo’ladi. Sement miqdorining belgilangan darajadan kam bo’lishi 74 beton qorishmasining ajralishi, unda mikro bo’shliqlar paydo bo’lishi va xizmat muddatining kamayishi xavfini oshiradi. Beton qorishmasining harakatchan va mustahkam bo’lishiga talablar Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling