O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti jismoniy tayyorgarlik asoslari


bob. SOG‘LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISHDA JISMONIY TARBIYA VA SPORT


Download 248.29 Kb.
bet19/19
Sana07.06.2020
Hajmi248.29 Kb.
#115829
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Iqtisod-moliya-fayllar.org

bob. SOG‘LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISHDA JISMONIY TARBIYA VA SPORT



13.1. Sog‘lom turmush tarzi haqida

Sog‘lom turmush tarzi tushunchasi keng ko‘lamli ijtimoiy-madaniy hamda tarbiyaviy jarayon sifatida, har bir inson yoki oilaning ma’naviy va jismoniy barkamolligi, mehnat jamoasi hamda mahalla muhitida faol ishtirok etish, ko‘pchilikka ibrat, namuna bo‘lish ma’nosini bildiradi. Unda mustahkam oilada tinch-totuv yashash, mehnat jarayonida yuksak samaralar keltirish, madaniy, ommaviy va sport tadbirlarida doimiy ishtirok etish kabi jihatlar mujassamlashadi.

Mamlakatimiz mustaqil bo‘gach sog‘lom turmush tarzi bilan bog‘liq bo‘lgan tadqiqotlar yanada ko‘paydi. Ular asosida milliy qadriyatlarni qayta tiklash, ma’naviy-ma’rifiy madaniyatimizni davr talablari asosida boyitishga doir qator o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, ommabop kitoblar yuzaga kelmoqda.

Ma’lumki, inson salomatligi ko‘p sohalar bilan bevosita bog‘liq. Bunda tibbiy va gigienik talablar, dam olish, ovqatlanish, uyqu, madaniy hordiq chiqarish kabilar ustuvor turadi. Ularning tarkibida esa, amaliy jihatdan real harakat qilish (suzish, yugurish, sakrash, yuk ko‘tarish, nafas olish va shu kabi tabiiy harakatlar) eng muhim omil hisoblanadi). Tabiiy harakatlarni sifatlash, takomillashtirishda jismoniy mashqlar, sport turlari, sayohatlar va xalq milliy o‘yinlari to‘la xizmat qila oladi. Jismoniy madaniyat va sport mazmuni ma’lum maqsadlarga qaratilishi bilan birgalikda, ular aholining, ayniqsa – o‘quvchi yoshlar, talabalarning jismoniy barkamolligini tarbi- yalashga yo‘naltiriladi. Bu esa ma’naviy va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlangan insonni yetishtiradi. Demak, sog‘lom turmush tarzi mazmunida jismoniy tarbiya, sport, sayohat va xalq milliy o‘yinlari o‘ziga xos xususi- yatlarga ega. Shu o‘rinda Respublika Prezidenti I.A.Karimov «O‘zbekis- tonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» risolasida bayon etilgan «O‘zining sa- lomatligi haqida shaxsan g‘amxo‘rlik qilib borish madaniyatini yoshlikdan, oila, maktab, mahalla sog‘liqni saqlash tizimi, jismoniy tarbiya sportning ko‘magida singdirish kerak. Shunisi muhimki, odamlar so‘zda emas, balki amalda o‘z salomat-ligining qadriga etib, uni milliy boylik sifatida avaylab- asrasinlar», - deb ta’kidlaganini eslash zarur.

Aholining salomatligini yaxshilash, ularning sog‘lom turmush ke- chirishlari yo‘lida ulkan tadbirlar amalga oshirilmoqda. «Sog‘lom avlod uchun» ordenini ta’sis etish (1993-yil 3-mart), Sog‘lom avlod Davlat das- turining qabul qilinishi (1999), «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus test- lari majmuining qo‘llanilishi (2000-yil 1-mart), jismoniy tarbiya va sport sohasidagi qonunlar (1999, 2000) va qator qarorlar (1993, 1996, 1998, 1999, 2000, 2002 va hokazo) qabul qilinishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Aholining madaniy turmush sharoitini tobora yaxshilash yo‘lida keng qamrovli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, qishloq aholisining gaz, suv, elektr bilan ta’minlash, kichik korxonalar qurish, fermerlik xo‘jaligi va shaxsiy xo‘jaliklarni yuritishga keng yo‘l ochib berildi. Hozir 8-12 yoshda- gi bolalar kurash, shohmot, sharqona yakkakurashlarda Osiyo va jahon chempioni unvoniga sazovor bo‘lmoqda. Bu esa sog‘lom turmush tarzi na- munalaridandir.

Sog‘lom turmush tarzini o‘rganish va uni hayotga jriy etishda ba’zi bir salbiy xususiyatlar ham uchraydi. Bunda, asosan quyidagilarga alo- hida e’tibor berish kerak:

  1. G‘arazgo‘ylik, hasad (ko‘rolmaslik) va ig‘vo, chaqimchiliklar, boshqalarga nisbatan hurmatsizlik.


  2. Urushqoqlik, ma’naviy qashshoq v.b.


  3. Tuhmat, ko‘zbo‘yamachilik, aldamchilik.


  4. Spirtli ichimliklar, va giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish, chekish.


  5. Qonunbuzarlik, jinoyatchilikka moyillik.


Rus olimlari M.I.Sechenov, I.P.Pavlov va boshqa juda ko‘p shifo- korlar, tabobat olamining ilg‘or namoyondalari, pedagoglar tomonidan ilmiy asoslangan jismoniy tarbiya tizimi yuzaga keldi. Bunda ayniqsa,

P.F. Lesgaftning xizmatlari g‘oyat kattadir.

Jismoniy tarbiya nazariyasi, jismoniy tarbiya va sportni boshqarish, jismoniy madaniyat va sport tarixi, shuningdek, sport turlari bo‘yiga davlat tilida yangi darsliklar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar yaratilmoqda.

Shunga qaramasdan sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va uni yoshlar hayotiga joriy etishda takomillashtirishda jismoniy tarbiya va sportning o‘rni haqida mukammal ishlangan qo‘llanmalar yo‘q. Yaratilgan ba’zi bir qo‘llanmalar ham faqat gigiyenik qoidalar, kundalik rejimlar, kasallikning oldini olish yoki uni davolash kabilarnigina o‘z ichiga olgan.

Ma’lumki, jismoniy tarbiya va uning vositalari (umumrivojlantiruvchi mashqlar, o‘yinlar, sport turlari, piyoda yurish, sayohatlar va h.k) o‘ziga xos xususiyatlarga ega, ya’ni faol amaliy harakatlar (jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish) natijasida inson tanasidagi barcha bo‘g‘inlar, mushak- larni harakatga keltiradi. U bilan doimiy shug‘ullanish esa jismonan chini- qishni ta’minlaydi. Bunda nafas olish tezlashadi va chuqurlashadi, qon ayla- nish tizimi gavdani qizdiradi va hujayra, to‘qimalarni yaxshi oziqlantiradi. Shuningdek, jismoniy mashqlar ovqatni hazm qilish va asablarni tinchitish, mustahkamlashga bevosita xizmat qiladi. Shu asosda salomatlikni yaxshi- lash, jismonan chiniqish va sport mahoratini tarbiyalash amalga oshiriladi. Bu harakatlarni amalga oshirishda shug‘ullanuvchilarning yoshi, jinsi, salo- matligini hisobga olish zarur. Demak, jismoniy mashqlar salomatlik, bar- damlik va chiniqish manbadir.

Jismoniy mashqlar shaklan va mazmunan xilma-xildir. Ularni qu- yidagi asosiy guruhlarga bo‘lish mumkin:

  1. Ertalabki gigienik gimnastika mashqlari, ya’ni gavda harakati, ayniqsa bo‘g‘inlarni ishga soluvchi har xil harakatlar (yurish, yugurish, sakrash, egilish, burilish, siltash, cho‘zilish v.b. mashqlar).


  2. Bo‘sh vaqtlarda (dam olish kuni, kechki paytlar va ertalab) umum- rivojlantiruvchi jismoniy harakatlar qilish. Bunda aniq maqsad yo‘lida (chi- niqish, kuch orttirish-kulturizm va hokazo) maxsus mashqlar (osilish, torti- lish, tosh ko‘tarish, yugurish, futbol o‘ynash va h.k) bilan shug‘ullanish.


  3. O‘quvchi – yoshlar va talabalar jismoniy tarbiya darslarida baja- radigan mashqlar, o‘yinlar, musobaqalar va h.k.




  1. Sport to‘garaklaridagi mashg‘ulotlarda ishtirok etish.


  2. Dam olish kunlari va ta’til paytlarida sayohatlarga chiqish.


Deyarli barcha mashqlar va turli harakatlarni bajarishda xilma-xil usullardan foydalaniladi va ularning me’yorlari ham turli-tuman bo‘ladi. Masalan: bir joyda o‘tirib-turish mashqlarini kimdir tez va kimdir sekin bajaradi. Kimdir bu mashqni 5-10 marta takrorlay oladi, boshqasi esa 20-30 marotaba takrorlashi mumkin. Bunday holatlar barcha turdagi mashqlar, faol harakatlarda ham uchraydi.

Demak, shug‘ullanuvchining salomatligi va jismoniy holatiga qarab mashqlarni tanlash hamda ularni boshqarish yo‘llari, miqdorlari, hajmlarini ustozlar hamda har bir kishi bilishi shart.

Sog‘lom turmush tarzini yaratishda sport turlarining, ayniqsa suzish, futbol, yengil atletika, sport o‘yinlari, piyoda yurish sayohati muhim ahami- yatga ega. Shu sababdan ham ko‘pchilik yoshlar, hatto katta yoshdagilar ham sportning u yoki bu turi bilan doimiy ravishda shug‘ullanishadi.

O‘zbekiston sportchilari davlatimizni butun jahonga tanitmoqda. Bunda XII (Xirosima 1994), XIII (Bankok 1998) va XIV (Pusan 2002) Osiyo o‘yinlari, XXVI (1996, Atlanta) va XXVII (2000, Sidney) olimpiya o‘yinlaridagi erishilgan yutuqlar e’tiborga sazovordir.

Ko‘pchilik o‘quvchi yoshlar va sportchilar boks, shohmot, tennis, sharqona yakka kurashlar va boshqa sport turlari bo‘yicha xalqaro tur- nirlar hamda jahon birinchiliklarida yuqori natijalarga erishmoqda.

O‘zbek kurashlari (Buxora va Farg‘ona usullari hamda turon-qo‘l jangi) bo‘yicha Osiyo va jahon birinchiliklarining o‘tkazilishi yurtimiz- da milliy qadriyatlarning ustuvorligi va ma’naviy-ma’rifiy madaniya- timizning boyib borishidan dalolatdir. Bu o‘z navbatida aholining tur- mush madaniyati o‘sishi, yoshlarning o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishdagi ijtimoiy-tarbiyaviy jarayonlarining yaxshi yo‘lga qo‘yilayotganining dalilidir.

Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va unga to‘la erishishda insonning sog‘lom bo‘lishi oliy ne’matlardan biridir.

Respublika Prezidenti I.A.Karimov «Farzandlari sog‘lom yurt qudratlidir» deb bejiz aytmagan. Shuningdek, Prezidentimiz: «Sog‘lom avlod deganda, shaxsan men, eng avvalo, sog‘lom naslni, nafaqat jis- monan baquvvat, shu bilan birgalikda, ruhi, fikri sog‘lom, iymon – e’tiqodi butun, bilimli, ma’naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlodni tushunaman», deydi (“Inson baxt uchun tug‘iladi”, 2001 y., 109 bet).

Bunday keng ko‘lamli ijtimoiy-tarbiyaviy xususiyatlarga erishish- da sportning mohiyati katta. Kurash bo‘yicha jahon chempionatlarining o‘tkazilishi (1999, Toshkent, 2000 , Antaliya, 2001, Vengriya, 2002, Armaniston) va Osiyo birinchiligining tashkil etilishi (2002-yil 8-12 - dekabr – Dehli, Hindiston) O‘zbekistonning xalqaro hamjamiyatlardagi nufuzini oshirmoqda. Bu esa yurtimizda «Umid nihollari», «Barkamol avlod», «Universiada» sport musobaqalari hamda «Alpomish o‘yinlari»,

«To‘maris o‘yinlari» Respublika festivallarini an’anaga aylantirmoqda. Bunday musobaqalarning ommaviy ravishda tashkil qilinishi o‘quv-

chi-yoshlar, talabalar va mehnatkash aholining sportga bo‘lgan qiziqish- larini kengaytirish bilan birgalikda, ularni sog‘lom turmush tarzini kechi- rish, da’vat etmoqda. Demak, sportning ijtimoiy-tarbiyaviy xususiyatlari katta ahamiyat kasb etadi. Sog‘lom turmush tarzi yo‘lida odamlar salqin, tabiatning go‘zal manzarali, ayniqsa tog‘li joylarda hordiq chiqaradilar.

O‘zbekistonning Farg‘ona vodiysi, Toshkent viloyatining tog‘li hu- dudlari, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining o‘rmon xo‘jaliklari, qo‘riqxonalarida xushmanzara joylar juda ko‘p. Ularda o‘quvchi – yoshlarning yozgi dam olish oromgohlari, talabalarning sog‘- lomlashtirish-sport maskanlari va mehnatkashlarning dam olish uylari joy- lashgan va har yili yozda ularda o‘n minglab kishilar hordiq chiqarishadi. Bunda tog‘, daryo, ko‘l, o‘rmonlarga sayr-sayohatlar qilish dam olish va sog‘lomlashtirishning asosiy mazmunini tashkil etadi.

Maxsus ishlab chiqilgan yo‘l yurishlar (marshrutlar) bo‘yicha pi- yoda yurish sharoitlarida balandliklarga chiqish, undan tushish, adir va soylarda yugurish, zilol suvlarda cho‘milish, ba’zi to‘siqlardan (ariq, jar, qiyalik, qoyalar va h.k.) o‘tishda turli xil amaliy faoliyatlar, harakatlarni bajarishga to‘g‘ri keladi. Sof havoda yurish, uxlash va quyosh issiqligida toblanish, cho‘milish va toza buloq suvlaridan ichish jismonan chiniqishni ta’minlash bilan birgalikda, sayohatchilarni tabiatga bo‘lgan qiziqishi, uni o‘rganishi, ekologik muvozanatlarni saqlashni taqozo etadi. Demak, sayohatlar madaniy dam olishning sevimli tadbirlaridan biridir. Bu jarayonlar tarixiy-madaniy obidalar, muhitlarga sayr qilishda ham o‘ziga xos mazmun – mohiyatga ega.



MUNDARIJA

Kirish………………………………………………………………… 3

I bob. Jismoniy tayyorgarlikning umumiy va maxsus xususiyatlari……. 4
    1. Umumiy jismoniy tayyorgarlik tushunchasi…………………..……… 4


    2. Maxsus jismoniy tayyorgarlik tarixi ………………………………..... 6


    3. Maxsus jismoniy tayyorgarlikning afzalliklari……………………….. 8




II

bob.

Jismoniy sifatlarning asosiy belgilari………………………………. 11

    1. Jismoniy sifatlar tushunchasi…………………………………………. 11


    2. Chiniqish va chidamlilik……………………………………………… 11


2.3. Kuchlilik belgilari…………………………………………………..... 12

2.4. Chaqqonlik…………………………………………………………… 14



III

bob.

Jismoniy tarbiyada sportning o‘rni……………………………….. 16

3.1. Sport haqida…………………………………………………………. 16





IV

bob.

Mehnat faoliyatini ilmiy tashkil qilishda jismoniy tarbiya va sportning 18

roli………………………………………………………..

    1. Jismoniy tarbiya va sportning ijtimoiy-tarbiyaviy ahamiyati………… 18


    2. Mehnatni ilmiy tashkil qilishda jismoniy tarbiya va sport ……........... 18


    3. Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ilmiy-tadqiqotlar……………… 19


    4. Ishlab chiqarish-mehnat jamoalarida jismoniy tarbiya tashkilot-chilarini 23 tayyorlash……………………………………………………


    5. Jamoatchi tashkilotchilardan maqsadli foydalanish………………… 24




V

bob.

Tabiyatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlari-salomatlikning muhim omili 27

………………………………………………………………….



5.1. Havoning inson salomatligiga ta’siri………………………………… 27

5.2. Suv – tiriklik manbayi…………………………………………………. 28

    1. Quyoshning insonga ijobiy va salbiy ta’sirlari va ulardan foydalanish, saqlanish …………………………………………………………....... 28


    2. Inson tanasining biologik xususiyatlari va ularga jismoniy tarbiyaning


ta’siri…………………………………………………...... 29


    1. Jismoniy mashqlarning fiziologik tuzilmalari……………………….. 31




VI

bob.

Jismoniy mashqlar ta’sirida inson tanasida yuz beradigan fiziologik va kimyoviy o‘zgarishlar………………………………… 35

6.1. Yurak faoliyati haqida........................................................................... 35

6.2. Qon bosimi va uning qon aylanishiga ta’siri………………………… 36

6.3. Nafas olish jarayonlari……………………………………………….. 36


    1. Hazm a’zolarining faoliyati…………………………………………. 37


    2. Markaziy asab tizimi faoliyati……………………………………….. 38


6.6. Tayanch-harakat a’zolari……………………………………………... 38





VII

bob.

Insonning harakatlari va ishchanligiga jismoniy tarbiya va sportning ta’siri ………………………………………....................... 41

7.1. Insonning harakati va ish faoliyati haqida umumiy tushunchalar......... 41

7.2. Harakatchanlikni ta’minlash vositalari.…............................................. 43

    1. Ish qobiliyatini oshirishda organizmning fiziologik faoliyati………... 45


    2. Organizmni jismoniy mashqlarga ko‘niktirish………………………. 46




VIII

bob.

Oliy o‘quv yurtlarida tibbiy nazorat va ko‘riklarning ijtimoiy-tarbiyaviy ahamiyati va ularni tashkil qilish……………………... 49

    1. Talabalarni tibbiy nazoratdan o‘tkazish……………………………… 49


    2. Jismoniy rivojlanish alomatlarini baholash. Antropometrik o‘lchovlar 51




IX Jismoniy jarohatlanishning oldini olish va jarohatlanganlarga



bob.

9.1.



ko‘maklashish………………………………………………………..

Jarohatlanishdan saqlanish va jarohatlangan yoki toliqqanlarga




amaliy

53



yordamlashish…………………………………………………




53



X

bob.


O‘zbekistonning iqlim sharoitida jismoniy tarbiya va sport

mashg‘ulotlarining xususiyatlari……………………………………

56

10.1.

Respublikaning iqlim sharoitida jismoniy tarbiya, sport, sayohat va xalq

milliy o‘yinlarini uyushtirish…………………………………….




56

10.2.

Sport mashg‘ulotlari va musobaqalarini tashkil qilish………………..

58

10.3.

Sayohatlarni tashkil qilish…………………………………………….


59

10.4.

Xalq milliy o‘yinlarini tashkil etish………………………………….


60



XI

bob.

11.1.



O‘zbek xotin-qizlari va jismoniy tarbiya………………………….
Xotin – qizlarning hayotida jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati

61
61




XII

bob.

12.1.



Jismoniy tarbiya va sportning ijtimoiy ahamiyati………………..
Jismoniy tarbiya tarixi………………………………………………...

64
64


12.2.

Jismoniy tarbiya va sportning ta’lim – tarbiyadagi ijtimoiy mohiyatlari…..

66

12.3.

Jismoniy tarbiya va sportning yoshlarni harbiy – vatanparvarlik ruhida

tarbiyalashdagi roli…………………………………………….


67

12.4.

Sayohatlar va xalq milliy o‘yinlarining ijtimoiy – tarbiyaviy ahamiyati….

68



XIII

bob.

13.1.



Sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda jismoniy tarbiya va sport…
Sog‘lom turmush tarzi haqida…………………………………………

75
75



JISMONIY TAYYORGARLIK ASOSLARI

(o‘quv-uslubiy qo‘llanma)

Muharrir Sh. Xudoyberdieva Sahifalovchi D. Safarova

Bosishga ruxsat etildi 14.11.2010. Qog‘oz bichimi 60х841/16.

Hisob-nashr tabog‘i 5,25. Adadi 100 Buyurtma №129

«IQTISOD-MOLIYA» nashriyotida tayyorlandi. 100084, Toshkent, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi, 7-uy.

«HUMOYUNBEK-ISTIQLOL MO‘JIZASI» bosmaxonasi

100000, Toshkent, Qori-Niyoziy ko‘chasi, 39-uy.


80
http://fayllar.org
Download 248.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling