O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti jismoniy tayyorgarlik asoslari


Jismoniy tarbiya va sportning yoshlarni harbiy - vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi roli


Download 248.29 Kb.
bet18/19
Sana07.06.2020
Hajmi248.29 Kb.
#115829
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Iqtisod-moliya-fayllar.org

Jismoniy tarbiya va sportning yoshlarni harbiy - vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi roli

Yurtimizning tinchlik va osoyishtaligini ko‘ra olmaydigan ichki va tashqi yovuz kuchlar borligi sir emas. Shu sababdan ham mamlakatda yosh- larni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlariga jiddiy e’tibor berilib, eng avvalo mahallalar, o‘quv yurtlari, ishlab chiqarish korxonalari, muassa- salarda ta’lim-tarbiyaga ojd ishlarni kuchaytirishga katta e’tibor berilmoqda. Harbiy-vatanparvarlik tushunchalari va unga doir amaliy tadbirlar,

asosan quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirilmoqda:

      1. Barcha turdagi o‘quv yurtlarida o‘smirlar bilan ularni harbiy xizmatga chaqirish gacha bo‘lgan harbiy tayyorgarlik mashg‘ulotlarini paxta o‘lish.


      2. Harbiy tashkilotlarga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining faoliyat yuritishi.


      3. Tuman-shahar harbiy komissariatlari.


      4. Mahallalar va oilalar.


Yuqorida ta’kidlangan yo‘nalishlarda harbiy-jismoniy tayyorgarlik tadbirlari mazmunida jismoniy mashqlar, sport, sayohat (turizm- chamalab topish, belgilash va h.k.) va xalq milliy o‘yinlaridan maqsadli foydalanilmoqda. Ularning ba’zilariga qisqacha tavsif berish mumkin:




  1. Jismoniy tarbiya darslari. Umum ta’lim maktablarining yuqori sinflari va o‘rta maxsus hamda oliy o‘quv yurtlarida o‘tkaziladigan jis- moniy tarbiya darslarining mazmuni, asosan o‘quvchi-yoshlarni jismo- nan barkamol bo‘lish va chiniqishiga qaratilgan. Bunda gimnastika, yen- gil atletika, suvda suzish, kurash va boshqa sport turlarining element- laridan foydalaniladi.
  2. Chaqiriqqacha bo‘lgan harbiy mashg‘ulotlar darslarida maxsus texnik va taktik tayyorgarliklar mazmunida jismonan chiniqish ham o‘z o‘rniga ega. Bunda turnikda tortilish, osilib chiqish, aylanish, o‘rta va uzoq masofalarga yugurish, suvda suzish, bilak kuchini sinash, to‘siq- lardan sakrab o‘tish va boshqa mashqlar keng qo‘llaniladi.


  3. Harbiy chaqiriq punktlarida (tuman-shahar harbiy komissiariatlari) jismoniy tayyorgarlikni sinov tariqasida tekshirish va bo‘lajak askarlarni maxsus jismoniy tayyorgarliklarga o‘rgatish mashg‘uloti tashkil etiladi.


  4. Harbiy qismlar, bo‘linmalardagi turlar hamda ixtisosliklarga qarab, harbiy-jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.


  5. Ofitserlar va katta ofitserlar bilan doimiy ravishda o‘tkazib boriladigan jismoniy tayyorgarlikni ta’minlovchi mashg‘ulotlar.


Yuqorida ta’kidlangan yo‘nalishlardagi harbiy-jismoniy tayyorgar- lik mashg‘ulotlarining asosiy maqsadi shundaki, xizmatchi va askarlar- ning harbiy-jismoniy tayyorgarligi Vatan mudofaasi uchun qo‘llanilishi bilan bir qatorda, shaxsiy tarkib va barcha a’zolarning sog‘lom bo‘lishini taminlashga ham qaratiladi. Bu jihatlar o‘z navbatida har bir xizmatchi va askarning ma’suliyatini oshirish, Vatan va xalq oldidagi burchlarini sadoqat bilan bajarishga safarbar etadi. Bu jismoniy tarbiya vositalari- ning (mashqlar o‘yinlar, sport va h.k.) ijtimoiy-tarbiyaviy ahamiyatidan dalolat beradi. Shu sababdan o‘quvchi Yoshlar va talabalar o‘quv jarayonlarida jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishni odat qilib olishlari zarur. Shuningdek, jsimoniy tarbiya va sportning harbiy-jismoniy tayyorgarlikdagi ahamiyatini o‘rganish, ularni yoshlarga singdirish yo‘llarini topishlari kerak.


    1. Sayohatlar va xalq milliy o‘yinlarining ijtimoiy- tarbiyaviy ahamiyati

Sayohat (turizm) mazmuni, shakl va maqsadlari bilan ijtimoiy- tarbiyaviy xususiyatlarga ega bo‘lgan pedagogik jarayon sifatida jismoniy tarbiyaning muhim omili hisoblanadi.

Sayohatlar o‘z ichiga sayr (ekskursiya), sarguzashtlar va turli tomoshalarni qamrab oladi. Ularning maqsadi o‘lkani, tarixni, madani- yatni, ijtimoiy muhit sharoitlarini o‘rganish, tomosha qilishdan iboratdir. Ularning orasida piyoda yurish, toqqa chiqish, qoyalarni zabt etish, no- ma’lum joylarni chamalab va kompas orqali topish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, ularning barchasida jismoniy chiniqish, maxsus jismoniy tayyorgarliklar talab etiladi. Bu esa sayohatlarning ijtimoiy- tarbiyaviy xususiyatlari hamda mazmunini tashkil etadi. Piyoda yurish sayohatlarining ijtimoiy-tarbiyaviy mohiyatlarini e’tiborga olgan holda bolalar texnik stantsiyasi, tabiatni o‘rganish markazi, sayohat klublari mavjud. Shuningdek, “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari tarki- bida piyoda yurish sayr-sayohatlar ham o‘z o‘rniga ega.

O‘zbekiston mustaqil bo‘lgach turizm yangi yo‘nalishga qadam qo‘ydi. Ya’ni “O‘zbekturizm” turistik kompaniyasi tashkil etilib, uning zimmasiga xalqaro turizmni rivojlantirish yuklatildi. Toshkent, Samar- qand, Buxoro, Xiva, Termiz, Shahrisabz kabi shaharlarda sayr-sayohat- larni uyushtirish xalqaro andozalarga moslashtirildi. O‘quvchi-yoshlar va talabalarning ommaviy ravishda piyoda yurish sayohatlarini qayta tiklash muammolarini yaqin yillar ichida hal qilish lozim.

O‘zbekistonda milliy o‘yinlarning kelib chiqish tarixi uzoq o‘t- mishdagi ajdodlarimizning ijtimoiy turmush sharoiti va madaniyati bilan bog‘liq. Bu haqda “Avesto” (uch ming yil avval), “Alpomish” (ming yildan ortiqroq avvalgi davr), “Go‘ro‘g‘li”, “To‘maris afsonasi”, “Qirq qiz”, “Tohir va Zuhra” kabi tarixiy manba’lar, xalq og‘zaki ijodining durdonalari guvohlik beradi.

Ajdodlarimizning ijtimoiy-mehnat va madaniy turmush sharoitlarida kurashlar, ot o‘yinlari, dorbozlik, yuk (tosh) ko‘tarish, piyoda poyga, kabi yuzlab xil o‘yinlardan maqsadi foydalanishgan. Bunday voqeliklar, madaniy tadbirlar haqida ko‘plab taniqli olimlarning ilmiy-tadqiqotlari diqqatga sazo- vordir. Barcha xalq milliy o‘yinlarining mazmunlari va ijtimoiy-tarbiyaviy xususiyatlari yoshlarni mehnatsevarlik, jangovarlik va jismonan barkamol bo‘lishga qaratilganligi bilan, ular hozirgi zamon sport turlaridan qolish- maydi. Shu sababdan o‘zbek kurashlari (milliy kurash, belbog‘li kurash, qo‘l janggi) va ot o‘yinlari (poyga, sakrash, uloq va h.k) Osiyo hamda jahon sporti darajasiga chiqib oldi. Bunday imkoniyatlarga etishishda mustaqillik- ning sharofati, Prezidentimiz va hukumatimizning say’-harakatlari hamda bevosita g‘amxo‘rligi muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Yurtimizda milliy qadriyatlarni qayta tiklash, aholining ma’naviy va ma’rifiy madaniyatini yanada yuksaltirish borasida o‘tkazilayotgan “Navro‘z”, “Mustaqillik kuni”, “Hosil bayrami”, “Kasb-mehnat bayra- mi” va boshqa turli an’anaviy-madaniy tadbirlarda xalq milliy o‘yinlari- dan keng foydalanilmoqda.

Yoshlarda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini shakllantirish, ularni yanada takomillashtirish yo‘lida olib borilayotgan ulug‘vor tadbirlar tarkibida xalq milliy o‘yinlari bo‘yicha "Alpomish o‘yinlari", "To‘maris o‘yinlari", Respublika sport festivallari (1998-2002) hamda “Mahalla polvonlari” shaklidagi sport musobaqalari e’tiborga molik.

“O‘zbek kurashi” bo‘yicha jahon chempionatlari (1999 - Toshkent, 2000 - Antaliya, 2001 - – Vengriya, 2002 - Armaniston) va Osiyo birin- chiliklari (2002 - Hindiston) o‘tkazilishi O‘zbekistonning buyuk istiqlol

yo‘lidan borayotganligidan dalolatdir. Bu esa o‘zbek xalqining milliy madaniyati yuksalishini namoyish etuvchi eng ustuvor tadbirdir.

Milliy sport, sportga xos o‘yinlar hamda harakatli o‘yinlarning mazmu- nida jismoniy sifatlar, insoniy fazilat (guruh yoki jamoa uchun kurashish) mujassamlanganligi bilan ularning ijtimoiy-madaniy va tarbiyaviy xususi- yatlari jamiyatimiz hamda davlat tizimida muhim ahamiyatga ega kasb. Xalq milliy o‘yinlarining jismoniy sifatlarini o‘stirish, Vatan himoyasidagi o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olingan holda ularning eng sevimli turlari o‘quv yurtlarining “Jismoniy tarbiya” dasturiga (1999) kiritilgan. Xalq milliy o‘yinlarining yana bir ijtimoiy-madaniy xususiyatlari hamda ularning mohiyatlari xalq orasida juda e’zozlanib kelinadi. Ularni qishloq- lardagi to‘ylarda kurash, ko‘pkari, poyga va boshqa ko‘p o‘yinlarning qo‘l- lanilishi timsolida ko‘rish mumkin. Shunga asosan xalq milliy o‘yinlaridan ba’zi birlariga atroflicha baho berish va ularning ijtimoiy-madaniy turmush sharoitimizda tutgan o‘rnini o‘quvchi-yoshlarga eslatish lozim.

Kurash. O‘zbek xalqining azaliy milliy o‘yinlaridan biri kurash hi- soblanadi. Kurash Farg‘ona vodiysi, Zarafshon va Sirdaryo, Qashqadaryo vohasi, Xorazm o‘lkasi hamda boshqa hududlarda o‘ziga xos usullar, qoidalar asosida shakllanib va rivojlanib kelgan. Kurash tushish va g‘olib bo‘lish an’analari urug‘-aymoqlar orasida, jangovar faoliyatlarda qahra- monlik ramzi sifatida qo‘llanilgan. To‘y marosimlari, ekin ekish (bahor) va hosil yig‘imi yakunlariga (kuz) bag‘ishlab turli xil bayramlar o‘tkazganda kurashchilar bahsi asosiy madaniy tadbir bo‘lib hisoblangan. Shu asosda jismoniy chiniqish, pahlavonlikka erishish maqsad qilib qo‘yilgan.

Ulug‘ alloma Abu Ali Ibn Sino “Tib qonunlari” asarida kurashdan badan (jismoniy) tarbiya jarayonlarida foydalanilishi, shu asosda jismonan barkamollikka erishish yo‘llarini ko‘rsatib bergan. Kurash mustaqillik yillarida o‘zining haqiqiy mazmuniga ega bo‘di va kelajakda yanada rivojlanib borishi shubhasiz.

O‘zbekistonda kurash bo‘yicha Xalqaro Assotsiatsiya ta’sis etilishi, uning faxriy Prezidenti etib I.A.Karimovning saylanishi kurashning Osiyo va boshqa mintaqalarga ham tarqalishi, milliy federatsiyalar tash- kil etilishiga sabab bo‘ldi. Hozir jahonning 70 dan ortiq mamlakatlarida o‘zbek kurashi bilan shug‘ullanish yo‘lga qo‘yilgan. Kurash bo‘yicha har yili (1999-yildan boshlab) jahon birinchiligi o‘tkazilmoqda. Shuningdek, “belbog‘li kurash” (Farg‘ona usuli) va “Turon” (qo‘l jangi) kurashlari- miz bo‘yicha ham xalqaro federatsiyalar tuzilib, nufuzli turnirlar, chem- pionatlar o‘tkazilmoqda.

Ot o‘yinlari. Bu o‘yinlarning turlari juda ko‘p. Qadimdan odat tusiga aylangan ko‘pkari (uloq), poyga xalqimizning eng sevimli o‘yinlardan hisoblanadi. Viloyatlardagi ko‘pgina qishloqlar, obuddagi katta to‘ylar ko‘pkarisiz o‘tkazilmaydi. Ko‘pkari tashkil etilganda yuzlab chopqir otlar va mahoratli chavondoz polvonlar uzoq-yaqindan kelishadi va ular faqat sovrin uchungina emas, balki otlar va chavandozlarning shuhratini sinash, namoyish etish uchun ham to‘ylardagi uloqlarga borishadi. Bunday qiziqarli o‘yinlardan tomoshabinlar zavqlanib, bahra olishadi, yosh chavandozlar kattalaarning tajribasini o‘rganadi.

Chavandozlarning otda yurishi, uloqni bor kuch va amali (usuli) bilan tortishishi, raqibdan tortib olingan uloqni egar qoshiga o‘ngarib (ortib), otni tez haydashida qanchadan-qancha kuch sarf bo‘ladi. horat oshiradi. Yerga tushgan uloqni to‘dada (15-20 otlar) ilib olish, uni olib chiqish va marraga tez yetkazish usullari har qanday sportdagi texnik- taktik yo‘llar va jismoniy sifatlardan ancha ustuvordir.

Umuman olganda, ot o‘yinlari u bilan shug‘ullanuvchilarning jis- moniy va ma’naviy saviyasini oshirishga xizmat qiluvchi eng muhim omillardan biri sifatida xizmat qiladi. Shu sababdan ham ko‘pkari (uloq) va ot sporti Respublika federatsiyasi tashkil etilmoqda. 2002-yil 12- dekabrda Jizzax otchoparida bu sohada ilk bor Respublika birinchiligi tashkil etildi. Bunda umum-to‘da shaklida emas, balki jamoa bo‘lib o‘ynash sinovdan o‘tkazildi. Bu jarayonlar ot o‘yinlarini sport darajasiga ko‘tarish, Osiyo va jahon musobaqalarida qatnashishga qaratilgan.

Harakatli o‘yinlar. O‘zbek xalq milliy harakatli o‘yinlari haqida olim- lardan M.Murodov, T.S.Usmonxo‘jayev, F.Xo‘jayev va boshqalar fikr-mulo- hazalar bildirishgan. Mutaxassis-olimlar ularning e’tirof etishicha, harakatli o‘yinlar mavsum, mehnat, ijtimoiy-madaniy turmush, jangovarlik va boshqa sohalarga qaratilib, asosan insonning jismoniy rivojlanish hamda chiniqishini ta’minlaydi. T.S.Usmonxo‘jayev, F.X. Xo‘jayevlarning “Harakatli o‘yinlar”, “1001 o‘yin” (1991) va boshqa kitoblarida milliy harakatli o‘yinlar o‘z ifodasini top-ganligi muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda.

Xalq harakatli o‘yinlarining ijtimoiy-madaniy hamda tarbiyaviy aha- miyati va undagi o‘ziga xos pedagogik xususiyatlar haqida F.N.Nasriddinov, J.T.Toshpo‘latov, A.Q.Atoyev va boshqa juda ko‘p taniqli olimlar hamda yosh ijodkor mutaxassislar o‘z mulohazalarini izhor etishgan. Bunday mu- nosabatlar R.Abdumalikov, R.Q.Qudratov, K.D.Yarashevlarining “Ko‘pkari” ilmiy-ommabop risolasida (1997) atroflicha bayon etilganligi e’tiborga lo- yiqdir.

Umumta’lim maktablar, o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar, oliy o‘quv yurtlari va hatto bolalar bog‘chalarining “Jismoniy tarbiya” dasturlariga ba’zi bir milliy harakatli o‘yinlar kiritilgan. Bu o‘yinlar orqali bolalar, o‘quvchi-yoshlar va talabalarga milliy qadriyatlarimiz mazmuni, ma’naviy-ma’rifiy madaniyatimiz boyligi va eng muhimi, milliy g‘urur, iftixor his-tuyg‘ularini singdirib borishga imkoniyatlar yaratilmoqda. Shu asosda xalq milliy o‘yinlarining ijtimoiy-pedagogik xususiyatlari va mohiyatlari amalda o‘z ifodasini topmoqda. Ba’zi bir harakatli o‘yinlar haqida qisqacha ma’lumotlar berish zarur.

Oq suyak. O‘yinning mazmuni va bajarilish texnik-taktik jihatlari Amerika xalqining regbi o‘yiniga o‘xshab ketadi. Ya’ni o‘ynovchilar teng ikki jamoaga bo‘linib (sharoitlarga qarab har bir jamoada 5-7 yoki undan ham ko‘proq kishi) sardor (boshliq) saylaydi. Chek tashlash asosida o‘yinni boshlovchi jamoa aniqlanadi. Boshlovchilar raqiblarning ko‘zini bog‘lab (kechasi o‘ynalsa, ko‘zni yumib, teskari qarash) “Oq suyak”ni (biron qattiqroq buyum) maydonining istagan tomonga uloqtiradi. Keyin hakamning ruxsati bilan ko‘zlardagi ochiladi boylab yechiladi va “Oq suyak”ni topib, hakamga olib kelishga ruxsat beriladi. “Oq suyak”ni ikki jamoa ham izlashga tushadi. Topgan kishi abjirlik va hiylalar bilan uni olib qochadi. Agar u raqiblar qarshisida noiloj bo‘lib qolsa, suyakni sherigiga uzatadi. Shu tariqa suyak qo‘ldan-qo‘lga o‘tib, o‘yin shiddatli tortishuvlar, olib qochishlar, to‘sqinlik qilishlar va boshqa turli-tuman amallarni ishlatish bilan davom etadi. O‘yin-ikki uch marotaba takrorlanishi mumkin. Suyakni kim avval hakamga yetkazib bersa, o‘sha jamoa yutgan hisoblanadi. Yutqizgan jamoa o‘yin qoidasiga binoan raqiblarini opichib ko‘tarib, o‘yin maydonini bir marta aylanishi lozim.

O‘yinning ijtimoiy-tarbiyaviy xususiyatlarini e’tiborga olib, shartlar o‘zgarilishi va yangi qoidalar kiritilishi mumkin.

Bu o‘yin, asosan keng maydon, futbol maydoni va dalalarda o‘ynaladi. O‘yindagi xatti-harakatlar, asosan tez yugurish, burilib, qochish, raqiblar ustidan (yiqilsa) sakrab o‘tish, to‘p bo‘lib suyakni bosib yotganda undan chiqa olish (chidash) kabi jismoniy sifatlarni tarbiyalashda xizmat qiladi.

Poda to‘p. O‘yinning «Poda to‘p» deb aytilishiga sabablardan biri, qadimda to‘pni (koptok) poda (sigir, ho‘kiz va h.k.) junidan (qo‘lni namlab podaning ustini ishqalash yo‘li bilan junlarni dumalatib to‘p yasash) yasashgan. Ikkinchidan esa, o‘yin mazmuni cho‘ponning mol boqishi va kechki payt ularni qo‘raga qamashini ifoda etadi. Shu asosda 10-15 o‘yinchi doira shaklida (oraliq 1-1,5 m. tizilishib, o‘zlariga chuqur uy tayyorlashadi va doiraning o‘rtasida esa kengroq chuqur (qo‘ra) tayyorlanadi. O‘yinchilar

orasidan birini boshlovchi (cho‘pon) qilib saylashadi. Barcha o‘yinchilarda 1- 1,5 m. uzunlikda tayoq bo‘ladi. Boshlovchi (cho‘pon) to‘pni (mol) tayog‘i bilan dumalatib, chuqurga (qo‘ra) kiritishga harakat qiladi. Boshqalar esa uni qaytarishga kirishadi. Boshlovchi paytdan foydalanib, bo‘sh chuqurga o‘z tayog‘ini kiritishi lozim. Bu holat yuz bermaguncha boshlovchi to‘pni surib, qaytarib yuradi. To‘p (mol) uzoqroqqa ketganda hakamning «olmosh» (joyni o‘zgartir) degan topshirig‘i beriladi. Shu payt barcha o‘yinchilar bir-biri bilan joy almashishi shart. Boshlovchi tez yugurib ulgursa, biron joyga ega bo‘lishi mumkin. Shunda joysiz qolgan o‘yinchi boshlovchi vazifasini bajaradi. Sharoitga qarab o‘yin 0,5-1 soat davom etadi, boshqa o‘yinchilar bo‘lsa ularni kiritish mumkin bo‘ladi.

O‘yin xuddi chim xokkeyga o‘xshaydi. Shu sababdan bu o‘yinni tekis va ochiq maydon, dalada tashkil etiladi. O‘yinda tennis to‘pi yoki oddiy kichik rezino to‘plardan foydalaniladi. O‘yinda tezlik, abjirlik, xushyorlik kabi sifatlar bilan birgalikda vijdonlilik, to‘g‘rilik, do‘stlik kabi hislatlar ham tarbiyalanadi.

Umuman aytganda, o‘zbek xalqi orasida xilma-xil qiziqarli harakatli o‘yinlar juda ko‘p. Hali o‘rganilmagan o‘yinlar ham behisob desa bo‘ladi. Qishloq yoshlari (asosan tog‘li joylar) orasida kabi yuzlab o‘yinlar qiziqish bilan o‘ynalib kelinadi. Ularning aksariyati futbol, kurash, boks, tennis, voleybol kabi ko‘pchilikni qiziqtiradi. Lekin, ularni tashkil qilish sharoitlari (asosan joylar, asboblar, o‘rgatuvchilar) yetarlik darajada emas.

Sportga xos bo‘lgan milliy harakatli o‘yinlarni qayta ishlab chiqish, ularni zamonaga moslashtirish yo‘li bilan ommalashtirish hamda sport maqomiga ega qilish lozimdir.

Barcha milliy harakatli o‘yinlarimiz milliy qadriyatlar mazmuni, ma’naviy-ma’rifiy madaniyatimiz ramzi va jismoniy barkamollikni ta’minlovchi muhim omil sifatida ta’lim-tarbiya jarayonlarida (o‘quv yurtlari, mahalla, oila va sport inshootlarida) maqsadli qo‘llanilishi lozim. Buni amaliy jihatdan hayotga singdirishda ommaviy sog‘lomlashtirish jismoniy tarbiya va sport sohasida mutaxassis kadrlar tayyorlashni kengaytirish zarur. Shuningdek, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va sport turlari bo‘yicha murabbiylar tayyorlash, ularning ish malakalarini oshirish jarayonida tashkilotchilik faoliyatlarini yanada chuqurlashtirish, xalq milliy o‘yinlari bo‘yicha yanada chuqur bilim, amaliy malakalar bilan qurollantirishni davr taqozo etadi.



Xulosa shuki, jamiyat taraqqiyoti ijtimoiy muhit va sharoitlarga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Bunda ijtimoiy mehnat, ijtimoiy iqtisod, ijtimoiy siyosat,

ijtimoiy madaniyat va ijtimoiy munosabatlar asosiy o‘rinni egallaydi. Shuningdek, insonning salomatligi, mehnat qobiliyati, uzoq umr ko‘rishlari ijtimoiy taraqqiyot va turmush madaniyatida muhim ahamiyatga egadir.

Salomatlik manba’ining muhim tarmoqlaridan biri jismoniy mashqlar (jismoniy tarbiya va sport) aholining ijtimoiy turmush madaniyati va sog‘lom turmush tarzini ta’minlashda xizmat qiluvchi vositalar hisoblanadi. Jis-moniy tarbiya va sport davlat ahamiyatiga ega. O‘zbekiston sportchilarining xalqaro sport maydonlarida erishayotgan ulkan muvaffaqiyati yurtimiz shon-shuhratini jahonga tarqatishda xizmat qilmoqda.

O‘quvchi-yoshlarni kasb-hunarga yo‘llash, mutaxassis kadrlar tayyorlash, aholining mehnat qilish hamda turmush kechirishlarini yanada yaxshilashda jismoniy jihatdan sog‘lom bo‘lishini davr talab et- moqda. Bu yo‘lda «Umid nihollari», «Barkamol avlod», «Universiada»,

«Mahalla pahlavonlari» kabi nufuzli sport musobaqalari, shuningdek

«Alpomish o‘yinlari», «To‘maris o‘yinlari» Respublika festivallari ijti- moiy-madaniy va tarbiyaviy jarayon sifatida xizmat qilmoqda. «Alpo- mish» va «Barchinoy» maxsus testlari majmui aholining deyarli barcha qatlamlari hamda tabaqalarida salomatlikni ta’minlashga qaratilgan.

O‘zbekistonda Jismoniy madaniyat va sport ijtimoiy-madaniy va tarbiyaviy jihatdan eng ustuvor tadbirlardan biriga aylanmoqda. Buni o‘tkazilayotgan ommaviy sport tadbirlari, yirik sport musobaqalari, xalqaro turnirlar, Osiyo va jahon birinchiligi uchun o‘tkazilayotgan musobaqalarda ko‘rish mumkin bo‘ladi.


    1. Download 248.29 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling