O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo‐texnologiya instituti “menejment va kasb ta’limi” fakul’teti
Download 5.13 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sharq tabobati rivoji 9 asr
- 3-ilova “Sinkveyn” metodini amalga oshirish (4-ilova)
- O’quv mashg‘ulotining maqsadi
- Pedagogik vazifalar O‘quv faoliyati natijalari
- O‘qitish usullari Axborotli ma’ruza, “Aqliy hujum” va “Klaster” usuli O‘qitish vositalari
- Texnik vositalar bilan ta’minlangan o‘quv xonasi Monitoring va baholash Og‘zaki nazorat, savol-javob
- Tinglovchi faoliyatining mazmuni I-bosqich. Mavzuga kirish. (10 minut)
- II-bosqich. 2.1. Ma’ruza rejasi bilan tanishtiradi Tinglaydilar va rejani 2 – MAVZU
- (1-ilova) 2.2. Mavzuning 1-rejasini Klaster usulida yoritib beradi (2-ilova)
- (3-ilova) 2.4.
- III-bosqich. Yakuniy qism (15 minut)
- (6- ilova)
- (2-ilova) 1. Yosh davrlarining ta’rifi.
Fiziologiya asoschilari Gippokrat Galеn Aristotеl Dioskorid 10 Gippokrat (miloddan avvalgi 460-375 y) tashqi muhit omillari (iqlim, tuproq, suv)ni jismoniy va ruhiy shakllanishga taʻsiri to‘g‘risida fikr yuritgan. U odamning xulq-atvori, his-tuyg‘usi turlicha bo‘lishini o‘rganib, temperament (mijoz) haqida asar yozgan va odamlarni to‘rt xil mijozga bo‘lgan. Galen (miloddan avvalgi 134-211 y) maymunlarda tajribalar o‘tkazib, anatomiya, fiziologiyaga katta hissa qo‘shgan. Markaziy Osiyo xalqlarining tibbiyotga oid yozma maʻlumotlari IX-X asrlarga (bizning eramizgacha) tegishli. Bunday maʻlumotlar Eron va Markaziy Osiyo xalqlarining iloxiy kitobi bo‘lgan “Avesto”da hamda loydan yasalgan jadvalda o‘z ifodasini topgan. Avesto markaziy Osiyo xalqlari tibbiyotiga oid yozilgan birinchi maʻlumot bo‘lib hisoblanadi. O‘rta asrlar davomida sharq mamlakatlarida ilm va fan juda rivojlandi. Shu davrda jaxonga tanilgan ko‘pgina olimlar yashab, ijod qilganlar. “Shaxsning fiziologik rivojlanishi” fаnini o’rgаnаr ekаnmiz, bu fаnning umumаn tibbiyot fаnining rivоjigа ulkаn hissа qo’shgаn vаtаndоshlаrimizni eslаshimiz lоzim. Abu Bakr ibn Axaviy Buxoriy o‘zining “Xidoyat” (tibbiyotni o‘rganuvchilarga qoʻllanma) kitobida kattalar va bolalarda uchraydigan ko‘pgina kasalliklar va ularni davolashda qoʻllaniladigan dorilar xaqida maʻlumotlar bergan. Abu Nosir Muhammad Al-Forobiy tibbiyotga ko‘p yangiliklar kiritgan. U nervlarni sezuvchi va harakatlanuvchi nervlar boshqaradi deb taxmin qilgan. Ismoil Jurjoniy (1080 – 1141) mohir tabib sifatida tanilgan. Uning kasallikni aniqlash usullariga oid “Tibbiyot usullari” kabi kitoblari ma’lum va mashxur bo‘lgan. U odam sog‘lig‘ini saqlash uchun zararli taʻsir etuvchi barcha narsalarni yo‘qotish lozim deb yozadi. Abu Bakr ar-Roziy (865-925) “Organlar funksiyalari” nomli kitobida odam tanasidagi barcha organlarni bayon etadi. Uning fikricha, odamning kasallanishiga asriy sabab havo, muhit, turmush sharoiti, yil fasllarining o‘zgarishidir. Ar-Roziy birinchi bo‘lib bemorga tashxis qo‘yishni taklif etadi. U birinchi bo‘lib chechakni oldini olish uchun emlash hamda uni qanday ijro etish kerakligini to‘liq ko‘rsatib bergan. Jaxon ilmiy tafakkuri rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk alloma Abu Ali Ibn Sino (980–1037) juda katta ilmiy meros qoldirgan. U o‘zidan oldin o‘tgan Sharq mutafakkirlarining asarlarini chuqur o‘rganish bilan birga, qadimgi yunon tibbiy-ilmiy va falsafiy merosini, xususan, Aristotel, Evklit, Ptolomey, Galen, Gippokrat kabilarning Sharq tabobati rivoji 9 asr: Xusayin ibn Ibodiy;Abu Xanifa 11 asr: Abu Ali ibn Sino; 13 asr: Abu Xomid Muxammad 10 asr: Abu Rayxon Bеruniy; Abu Bakr ar 15 – 16 asr:Yusuf ibn Muhammad al ‐Hanafiy 11 asarlarini qunt bilan o‘rgandi. Ibn Sinoning “Kitob al-qonun fittib” (Tib qonunlari) kitobi beshta katta kitobdan iborat bo‘lib, 1956-1962 yillarda rus va o‘zbek tillarida qayta nashr etilgan. Bu kitoblarda odam anatomiyasi, fiziologiyasi va gigienasi kabi tibbiyotning nazariy fanlariga hamda ichki kasalliklar, jarrohlik, dorishunoslik, yuqumli kasalliklarga tegishli bilimlar bayon etilgan. Bu kitob 600 yil davomida butun jaxondagi shifokorlar uchun asosiy qoʻllanma bo‘lib keldi, undagi ko‘pgina maʻlumotlar hozir ham ahamiyatini saqlab kelmoqda. U 36 marta qayta nashr etilgan. Ibn Sino turli yuqumli kasalliklarning kelib chiqishi va tarqalishida ifloslangan suv va havoning roli katta ekanini uqtirib, suvni qaynatib yoki filtrlab isteʻmol qilishni tavsiya etgan. U tashqi muhitdagi turli tabiiy narsalar suv, havo orqali kasallik tarqatuvchi ko‘zga ko‘rinmaydigan “mayda hayvonlar” yaʻni mikroblar haqida L. Pasterdan 800 yil ilgari o‘z fikrini bildirgan. Kasalliklarni oldini olishda tashqi muhitni muhofaza qilish, shaxsiy va ijtimoiy gigiena qoidalariga amal qilish zarurligi haqidagi fikrlarni bundan 100 yil ilgari bayon etgan. Ibn Sinoning bolani tarbiyalash va o‘stirish to‘g‘risidagi fikrlari diqqatga sazovordir. XII asrda yashab ijod qilgan Ismoil Jurjoniy, Najibuddin Samarqandiy, XVI asrda yashagan Sulton Ali Tabib Xurosoniy anatomiya, fiziologiya va gigiena fanining rivojiga katta hissa qo‘shganlar. XVII-XVIII asrlarda S.Gels qon bosimini o‘lchadi. V.M.Lomonosov, L.Paster, R.Kox, I.I.Mechnikov va boshqalar o‘z kashfiyotlari bilan anatomiya, fiziologiya va gigiena faning rivojlanishiga katta hissalarini qo‘shganlar. XIX asrga kelib anatomiya, fiziologiya va gigiena fani tez rivojlana boshladi. Rus fiziologlaridan I.M.Sechenov, I.P.Pavlov S.P.Botkinlar tomonidan progressiv taʻlimot yaratildi. I.M. Sechenov 1862 yili “Bosh miya reflekslari” nomli asarini nashr qilgan va ushbu asarida markaziy nerv sistemasidagi tormozlanish jarayonini ochib bergan. Fiziologiya fanining rivojlanishida I.P. Pavlovning hissasi juda katta. U reflekslar nazariyasini rivojlantirdi. Bolalar va o‘smirlar gigienasi mustaqil fan sifatida XIX asrning o‘rtalarida shakllana boshladi. Rus gigiyenist olimlari A.P. Dobroslavin va F.F. Erismannning uzluksiz tajribalar olib borishlari natijasida gigiena eksperimental fan bosqichiga ko‘tarildi va tez rivojlana boshladi. Erisman (1842-1915) ko‘plab o‘quv qoʻllanmalarini yaratdi, barcha gigienik talablarga javob bera oladigan sinf xonalarining modeli, o‘quvchilarning bo‘yiga mos jihozlarning turlarini, o‘quvchilarni partada to‘g‘ri o‘tirish yo‘llarini ishlab chiqdi. N.R. Gundobin sog‘lom o‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalashda gigiena muhim rol o‘ynaydi deb o‘qitgan va uni pediatriyaning ajralmas bir qismi deb hisoblagan. U Yoshlik davrlari tizimini tuzgan. V.M.Bonch-Bruevich, I.A.Semashko, V.I.Molchanov, P.N.Speranskiylar bolalar va o‘smirlar gigienasi sohasiga katta hissalarini qo‘shganlar. 1918 yilda Toshkentda Turkiston dorilfununining tashkil topishi O‘zbekistonda fiziologiya va gigiena fanlarining rivojlanishiga asos bo‘ldi. Fiziologiyaga oid dastlabki ilmiy tadqiqot izlanishlar Turkiston dorilfununining professorlari E.G‘.Polyakov va I.P.Mixaylovskiylar tomonidan olib borilgan. Keyinchalik professorlar A.S.Shatalina, N.V.Danilov va A.I.Izaillar ilmiy tadqiqot ishlari fiziologiya fanining rivojiga katta hissalarini qo‘shganlar. Hozirgi davrda ham biologiya va tibbiyot sohasida ko‘pgina taniqli olimlar etishib chiqdilar, jumladan A.Yu.Yunusov fiziologiya fanining rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shgan. U yuqori haroratni organizmning qon, tuz, suv almashinuvi, energiya almashinuvi, hazm funksiyalariga taʻsiri xaqida bir necha ilmiy asarlar yaratdi. “Odam 12 fiziologiyasi” darsligi, fiziologik lug‘atni yaratdi. Yo.X.To‘raqulov qalqonsimon bez kasalligini o‘rganish va davolashga doir olib borgan ilmiy ishlari uchun Davlat mukofotining sovrindori bo‘lgan, I.K.Musaboev yuqumli kasalliklarnig tarqalish sabablarini, U.Oripov jarrohlik sohasida, K.A.Zufarov turli kasalliklar tufayli hujayralarda kechadigan o‘zgarishlarni, Sh.S.Shamsiev bolalar kasalliklarini o‘rganish va davolashga doir salmoqli ilmiy ishlar olib borgan. Bulardan tashqari, ko‘plab zamondosh olimlarimiz biologiya va tibbiyot fanining turli sohalarini rivojlantirishga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar. 5. Gigiena va sanitariya masalalari. O‘rta asrlar tarixi haddan tashqari katta epidemiyalar va Evropa aholisining qirilishini bir qadar aks ettiradigan tarixdir. O‘rta asrlarda Evropada chechak, tif, gripp epidemiyalari bir-biriga ulanib turgan.Tanosil kasalliklari, teri va ko‘z kasalliklari keng tarqalgan. XVI asrda toun epidemiyasi Evropa aholisini to‘rtdan bir qismining yostig‘ini quritgan. Yangi paydo bo‘lgan burjuaziya sinfi sanoatni rivojlantirish, mehnat unumdorligini oshirish va foydali ko‘paytirishdan manfaatdor edi. Bunday maqsadga erishishida unga sog‘lom ishchilar kerak bo‘lganligi uchun ham va ma’lum sanitariya chora-tadbirlarini amalga oshirishga majbur bo‘ldi. Ketma-ket sodir bo‘lib turgan epidemiyalar yirik shaharlarda sog‘lomlashtirishga oid shoshilinch sanitariya chora-tadbirlarini amalga oshirishni, vodoprovod, kanalizatsiya o‘tkazish kabilarni taqazo etdi. XIX asrning o‘rtalarida biologiya, kimyo va fizika fanlarining gurkirab rivojlanishi gigiena taraqqiyotida ham yangi davrni boshladi. Bakteriologik va fizik-kimyoviy tahlil usullari gigienaga ham kirib keldi, aholi istiqomat qiladigan hudud va uy-joylar sanitariya holatini sog‘lamlashtirish, ovqatlanish gigienasi, me’yor va talablarni asosolashda qo‘llanila boshladi. Bu gigienadagi eksperimental yo‘nalishning ibtitdosi bo‘ladi. Ingliz olimi Parks va nemis gigienisti Pettenkofer gigiena fanining asoschilari hisoblanadi. Parks 1857 yilda tashqi muhit omillarini fizik-kimyoviyva bakteriologik tekshirish natijalariga asoslangan gigienasha oid asarlarini nashr ettirgan bo‘lsa, Pettenkofer gigienaning aniq fanga aylanishiga yo‘l ochgan ko‘p yillik laboratoriya-statistik tekshirishlarini o‘tkazdi. Pettenkoferning turar joylarni shamollatish (ventilyasiya qilish) va isitish sohasida olib borgan tekshirishlari muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Pettenkoferning zamondoshi va hamkori – fiziolog Foytning ovqatlanish fiziologiyasi va gigienasi sohasidagi ishlari, ayniqsa qimmatlidir. Pettenkoferning izdoshlari Rubner va Flugge havo, tuproq, suv, turar joy va kiyim-kechakka sanitariya nuqtai nazaridan baho berishning gigienik me’yorlarini ishlab chiqdilar. XIX asrning ikkinchi yarmida bakteriologiyaning rivojlanishi mashhur Lui Paster (1822-1895) kashfiyotlari bilan bevosita bog‘liq. Uning kashfiyotlari turar joylar, aholi yashaydigan joylarni sog‘lomlashtirish va kasalliklarning oldini olish masalalarini hal qilish uchun gigienada yangi tekshirish usullaridan foydalanish imkonini berdi. Bu gigienaning yangi sohalari epidemiologiya va sanitariya bakteriologiyasining tez rivojlanishiga olib keldi. Gigiena mustaqil ilmiy fan sifatida XIX asrning o‘rtalarida rivojlana boshladi. Gigiena kafedrasi ilk bor 1871 yilda Peterburg harbiy meditsina akademiyasida tashkil etildi, unga gigienaning turli masalalariga oid 90 dan ortiq ilmiy asarlar muallifi A.P. Dobroslavin boshchilik qildi. “Jamoat sog‘lig‘ini saqlash kursi”, “Gigiena”, “Harbiy gigiena kursi” kitoblar uning qalamiga mansubdir. Moskva Universitetida F.F. Erisman rahbarligida gigiena kafedrasi tashkil qilindi. U va uning shogirdlari tomonidan uch 13 tomlik “Gigiena bo‘yicha qo‘llanma” asarini chop etishdi. Unda gigienaning barcha bo‘limlari o‘z aksini topdi. 2 Xulosa “Shaxsning fiziologik rivojlanishi” fаni tаlаbаlаrgа, bo’lаjаk muаllimlаrgа rivоjlаnаyotgаn оrgаnizmning o’sish vа rivоjlаnishi, bоlаlаrning yosh хususiyatlаri, uning tаshqi muhit bilаn o’zаrо bоg’liqligi, bоlаlаrdа uchrаydigаn turli kаsаlliklаr vа ulаrni оldini оlish yo’llаrini o’rgаtishdа, bilimgа egа qilishdа kаttа аhаmiyatgа egа. 3-ilova “Sinkveyn” metodini amalga oshirish (4-ilova) Mavzu bo‘yicha tayanch so‘zlar. Fiziologiya, gigiena, sanitariya, pedagogika, tabiiy fanlar, kibernetika, texnik fanlar, Gippokrat, Arastu, Galen, “Avesto”, Abu Ali ibn Sino, Al-Forobiy, Ismoil Jurjoniy, Samarqandiy, V.M.Lomonosov, L.Paster, R.Kox, I.I.Mechnikov, N.R. Gundobin, A.Yu.Yunusov, Yo.X.To‘raqulov, Sh.S.Shamsiev, Bakteriologik va fizik-kimyoviy tahlil usullari, ventilyasiya qilish, isitish, epidemiologiya va sanitariya. (5-ilova) Mavzu bo‘yicha nazorat savollari. 1. “Shaxsning fiziologik rivojlanishi” fanining predmeti va maqsadi. 2. Fiziologiya fanining vazifalari nimalardan iborat? 3. Bolalar va o‘smirlar gigienasining asosiy vazifalari. 4. “Shaxsning fiziologik rivojlanishi” fani qaysi fanlar bilan aloqador? 5. Pedagoglar uchun “Shaxsning fiziologik rivojlanishi” fanini o’rganish nima uchun muhim? 6. “Shaxsning fiziologik rivojlanishi” fanini tabiiy fanlar bilan aloqasini izohlang. 7. “Shaxsning fiziologik rivojlanishi” fanini o’rganishda Kibernetikaning roli qanday? 8. “Shaxsning fiziologik rivojlanishi” fani bilan texnika fanlari hamkorligini tushuntiring. 9. “Shaxsning fiziologik rivojlanishi” fanining ahamiyati. 2 Theodore hough and William T. Sedgwick - The human mechanism its physiology and hygiene and the sanitation of its surroundings- Ginn and company proprietors Boston U.S.A.-2010, 612 p 1. Fiziologiya 2. 3. 4. 5. 1. Sanitariya 2. 3. 4. 5. 1. Gigiena 2. 3. 4. 5. 14 10. “Shaxsning fiziologik rivojlanishi” fanining rivojlanish tarixini qisqacha so‘zlab bering. 11. “Shaxsning fiziologik rivojlanishi” fanini rivojiga hissa qo‘shgan olimlardan kimlarni bilasiz? 12. Fiziologiya asoschilarini sanab o’ting. 13. Fanning rivojlanishiga salmoqli hissa qo’shgan o’zbek olimlari haqida sozlang. 14. Gigiena va sanitoriya tarmog’ining alohida fan sifatida rivojlanish tarixi. (6-ilova) Mavzu bo‘yicha foydalanilgan adabiyotlar. 1. Theodore hough and William T. Sedgwick - The human mechanism its physiology and hygiene and the sanitation of its surroundings- Ginn and company proprietors Boston U.S.A.-2010, 612 p 2. Klemesheva L.S. “Vozrastnaya fiziologiya i gigiena”. Ucheb. posobie. Toshkent. “O‘qituvchi”, 1991g. 3. Klemesheva L.S., Ergashev M.S. “Yoshga oid fiziologiya”. O‘quv qoʻllanma. Toshkent. “O‘qituvchi”, 1991 y. 4. Maxmudov E. “O‘smirlar fiziologiyasi”. O‘quv qoʻllanma. Toshkent. 1985 y. 5. Sodiqov Q., Aripov S.X., Shaxmurova G.A. “Yosh fiziologiyasi va gigienasi”. Darslik. Toshkent, “Yangi asr avlodi”. 2009 y. 6. Sodikov K.S. “O‘quvchilar fiziologiyasi va gigienasi” Toshkent. “O‘qituvchi”. 1992 y. 7. Xripkova A.G., Antropova M.V., Farber D.A. “Yosh fiziologiyasi va gigienasi” M. Prosveshenie 1990 g. 8. Internet sayti: www.ziyo.net.uz 9. Internet sayti: www.FIZIOLOGIYA.ru 15 1.1. Ma’ruza olib borish texnologiyasi O’quv soati: 2 soat Talabalar soni: 26 ta O’quv mashg‘ulot shakli Axborotli, vizual ma’ruza Ma’ruza rejasi 1.Yosh davrlarining ta’rifi. 2. Oʻsish organizmning miqdor koʻrsatkichi. 3.Rivojlanish organizmning sifat koʻrsatkichi. 4. Yashash muxitining insonga ta’siri. O’quv mashg‘ulotining maqsadi: Zamonaviy bilim berish uchun avvalo pedagog o‘sib, rivojlanib kelayotgan avlodning turli davrlardagi o‘zgarishlarini, tashqi muhit sharoitining bola organizmiga taʻsirini gigienik ahamiyatini bilish orqali o‘quv-tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil etish, yosh davrining xar bir bosqichida kechadigan fiziologik o’zgarishlarni talabalarga etkazish Pedagogik vazifalar O‘quv faoliyati natijalari Interfaol metodlarni qo‘llagan holda o‘quv jarayonini tashkil etish; Yosh davrlariga ta’rif berish; Oʻsish va rivojlanishning mohiyatini ochib berish; Oʻsish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlarini o’rganish; Akselerasiya va uning nazariyalari bilan tanishtirish. Yoshga oid davrlar haqida ma’lumotga ega bo’ladilar; Oʻsish va rivojlanishning mohiyatini anglaydilar; Oʻsish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari bilan tanishadilar; Akselerasiya va uni yuzaga chiqishiga sababchi bo’lgan omillarni o’rganadilar. O‘qitish usullari Axborotli ma’ruza, “Aqliy hujum” va “Klaster” usuli O‘qitish vositalari Darslik, ma’ruza matni, kompyuter slaydlari, doska O‘qitish shakllari Jamoada ishlash O‘qitish shart-sharoiti Texnik vositalar bilan ta’minlangan o‘quv xonasi Monitoring va baholash Og‘zaki nazorat, savol-javob 1.2. Insonning yosh davrlari bosqichlari mavzusining texnologik xaritasi Ish bosqichlari O’qituvchi faoliyatining mazmuni Tinglovchi faoliyatining mazmuni I-bosqich. Mavzuga kirish. (10 minut) 1.1. Talabalarni mavzuning nomlanishi, maqsadi va kutiladigan natijalar bilan tanishtiradi Tinglaydilar II-bosqich. 2.1. Ma’ruza rejasi bilan tanishtiradi Tinglaydilar va rejani 2 – MAVZU: INSONNING YOSH DAVRLARI BOSQICHLARI 16 Asosiy qism (55 minut) (1-ilova) 2.2. Mavzuning 1-rejasini Klaster usulida yoritib beradi (2-ilova) 2.3. Oʻsish va rivojlanish haqidagi rejalarni yoritishdan oldin Aqliy hujum metodidan foydalangan holda savol tashlaydi. Javoblar tinglangandan so’ng, rejalar mazmun- mohiyati batavsil ochib beradi (3-ilova) 2.4. So’ngi rejani horijiy adabiyotdan olingan ma’lumotdan foydalanib yoritib beradi (4-ilova) yozib oladilar Tinglaydilar Savolga javob beradilar Tinglaydilar va asosiy ma’lumotlarni konspekt daftarlariga yozib oladilar III-bosqich. Yakuniy qism (15 minut) 3.1. O’tilgan mavzu bo’yicha guruhdagi talabalar bilimini sinash va mustahkamlash maqsadida nazorat savollarini beradi (5- ilova) 3.2. Mustaqil tayyorlanish hamda, uy vazifasi sifatida amaliy mashg’ulot mavzusi va topshiriqlarini beradi. 3.3 Mavzu bo‘yicha foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati bilan tanishtiradi (6- ilova) Savollarga javob beradilar Uyga berilgan topshiriqni va adabiyotlar ro’yxatini yozib oladilar (1-ilova) REJA: 1. Yosh davrlarining ta’rifi. 2. Oʻsish organizmning miqdor koʻrsatkichi. 3. Rivojlanish organizmning sifat koʻrsatkichi. 4. Yashash muxitining insonga ta’siri. (2-ilova) 1. Yosh davrlarining ta’rifi. Bolalar va o‘smirlarni to‘g‘ri tarbiyalash uchun ular organizmining o‘sishi va rivojlanishi kabi asosiy xususiyatlarini bilish zarur. O‘sish va rivojlanish barcha tirik organizmlar kabi odam organizmiga xos xususiyatdir. Organizmning har tomonlama o‘sishi va rivojlanishi uning paydo bo‘lgan vaqtidan boshlanadi. Bu ikki jarayon murakkab hisoblanib, bir butun va bir-biriga bog‘langandir. O‘sish deganda, tana hujayralarining ko‘payishi natijasida tirik organizm o‘lchamlarining ortishi, yaʻni bo‘yning cho‘zilishi, og‘irlikning ortishi tushuniladi. Bola maʻlum yoshgacha to‘xtovsiz, ammo o‘sish davrida ayrim tana qismlarining nomunosib o‘sishi (bosh, oyoq, qoʻl suyaklari, ko‘krak qafasi va qorin bo‘shlig‘i ichki organlari) turli yoshda har xil jadallikda bo‘lishi mumkin, shunga qaramasdan barcha to‘qima va hujaylarda yaʻni organlarda o‘sish bir vaqtda ayollarda o‘rtacha 18-19 yoshgacha, yigitlarda 19-20 yoshgacha tugallanadi. O‘sish qatorida hujayrada ularning bajaradigan vazifasining ortishi jarayoni kuzatiladi. Bu rivojlanish jarayonidir. Rivojlanish deganda, o‘sayotgan organizm to‘qima, hujayra va organlarining shakllanishi, yaʻni bola organizmi hujayralarining takomillashib, o‘smirlik va yetuk yoshdagi odamlarga xos bo‘lgan bir muncha murakkab tizimlarga ega bo‘lishiga aytiladi. Organizm o‘sishi va rivojlanishida barcha etaplarni bolalik, o‘smirlik, yoshlik, yetuklik davrlarini bosib o‘tadi. O‘sish bu organizmning miqdor ko‘rsatkichi, rivojlanish 17 esa sifat ko‘rsatkichi, bu ikki jarayon notekislik, yaʻni geteroxroniya, uzluksizlik va akseleratsiya jarayonlari asosida yuzaga chiqadi. Rivojlanishdagi akseleratsiya (lotincha acceles-tezlashtirish) yoki tezlashgan rivojlanish muammosi butun dunyo biologlari, tibbiyotchilari va sotsiologlari diqqatini jalb qilgan. Odam organizmini rivojlanishi uzluksiz jarayon sifatida inson hayotining barcha davrida davom etadi. Odam hayotining har bir davrida shu davrning xarakterli xususiyatlari, oldingi davrning qoldiqlari va kelgusi davrning kurtaklari paydo bo‘ladi. Bu davrlarda organizm ketma-ket morfologik biokimyoviy va fiziologik o‘zgarishlarga uchraydi. Bu o‘zgarishlar o‘sish va rivojlanish bosqichlarini yuzaga keltiruvchi irsiy faktorlarga bog‘langan. Bolaning rivojlanish davrlari tana va azolar og‘irligi va kattaligi, skelet suyaklarini qotish darajasi, tishlarni paydo bo‘lishi, ichki sekretsiya bezlaridagi birlashtiruvchi to‘qimalarni rivojlanishi, kortikal faoliyat tavsifi va boshqa belgilar asosida aniqlanadi. Lekin, hozirgi davrgacha yoshga oid davrlarni tizimlashtirish uchun asos bo‘ladigan universal umumiy biologik, funksional va morfologik belgilarning to‘liq ro‘yxati aniqlangani yo‘q. Yoshga oid davrlar tizimi N.P.Gundobin tomonidan tavsiya qilingan bo‘lib, tizimlashtirishda bir tomondan organizmning asosiy rivojlanish qonuniyatlari, ikkinchi tomondan, bolalik va o‘smirlik davrida tarbiyalashni tashkil qilish masalalari hisobga olingan. Shuning uchun quyidagi: yasli, bog‘cha, boshlang‘ich, o‘rta va yuqori maktab yosh davrlarini pedagogik davrlar deb ham yuritsa bo‘ladi. Bolalik davrining tizimi quyidagicha tavsiya etilgan: 1. Ona qornidagi rivojlanish davri. Ushbu davr, xomila ovqatlanish, nafas olish, harorati va boshqa omillari masalalarida ona organizmi bilan to‘liq bog‘liqdir. Bu davrda xomilaning o‘sishi va rivojlanishi tez sodir bo‘ladi. 2. Yangi tug‘ilgan davri. Bu davr 2-3 xaftani tashkil qiladi. Ushbu davr tug‘ilish momentidan boshlanib, to 2,5- 3,5 xaftagacha davom etadi va organizmni tashqi muxit sharoitiga moslashuvi bilan tavsiflanadi. YAngi tg‘ilgan bolada ilk bor o‘pka orqali nafas olish sodir bo‘ladi va o‘pkada qon aylanish funksiyasi boshlanadi. Ona organizmi orqali ovqatlanish o‘rniga bolaning shaxsiy ovqat hazm qilish trakti funksiyasi orqali ovqatlanishi amalga oshadi, analizatorlar ham organizm faoliyatida faol ishtirok etadi. Ushbu davrda xomilani oziqlanishini taminlaydigan tizimning uzilib tushishi va kindik yarasini tuzalishi sodir bo‘ladi, tana og‘irligini oldin kamayishi so‘ngra esa tiklanishi va ortishi boshlanadi. 3. Chaqaloqlik davri. Bu davr bir yilgacha davom etadi. Ushbu davrda tana uzunligi 1,5 barobar kattalashadi va o‘rtacha 75 sm ga etadi, og‘irligi uch barobar ortiradi va 11-12 kg atrofida bo‘ladi, asosiy almashinuv ortadi, endokrin bezlar funksiyasi tezlashadi, nutqni harakatlantiruvchi analizatorlari ancha rivojlanib bola gapirishni boshlaydi, lekin so‘z boyligi kam bo‘ladi, yani atagi 10 tacha so‘zni tashkil qiladi. 4. Yasli yosh davri. Bu davrda 1 yoshdan to 3 yoshgacha davom etadi. Ushbu davrda o‘sish va tana og‘irligini ortishi birmuncha pasayadi, lekin bola yurish va so‘z nutqi ko‘nikmalariga ega bo‘lishi oqibatida, ularning atrof muxit bilan muloqot qilish soxasi kengayadi. Bolada o‘zini o‘zga odamlardan farqlay olish qobilyati paydo bo‘ladi (ismini aytib chaqirganda qaraydi, qo‘lini beradi va x.k). A'zolarning tuzilishi va funksiyalari takomillashadi. 18 5. Maktabgacha yosh davri. Bu davr 3 yoshdan to 7 yoshgacha davom etadi. Ushbu davrda bilish jarayonlari (xotira, tafakkur, ijodiy fikrlashga harakat) jadal rivojlanadi, skelet suyaklarini qotishi va suyak-mushak tizimini mustahkamlanishi jadal sodir bo‘ladi, bolaning harakatlari ancha turli-tuman va kordinatsiyalangan holda sodir bo‘ladi, yangi tug‘ilgan davrdagiga nisbatan mushaklarning kuchi 4-5 marotaba oshadi va yurak faoliyati sezilarli darajada yaxshilanadi, miyasining og‘irligi kattalashadi va 7 yashar bolada 1250 grammni tashkil qiladi, shartli reflektorli aloqalar ko‘p sonli bo‘ladi, shartli tormozlanish rivojlanadi. 6. Kichik maktab yoshi davri. Bu davr 7 yoshdan to 12 yoshgacha davom etadi. Ushbu davrda o‘sish va skelet suyaklarini qotishi davom etadi, oyoqlarning o‘sishi hisobiga tana proporsiyalari o‘zgaradi, mushaklar jadal rivojlanadi, katta yarim sharlar po‘slog‘ining integratsiyalovchi roli ortadi, tormozlanish jarayonlari kuchayadi. Jigar, buyraklar, o‘pka, yurak va boshqa mazolar hamda to‘qimalarning strukturaviy va funksional differensiyalashuvi yakuniga etadi. Timus bezini qayta rivojlanishi boshlanadi. Qalqonsimon bez va gipofizning funksiyasi kuchayadi. Jinsiy bezlarning gormonal tasiri boshlanadi. 7. O‘rta maktab yosh davri. Bu davr 12 Yoshdan to 15 yoshgacha davom etadi. Bu davr jadal o‘sish va tana vaznini ortishi bilan tafsiflanadi. Tana proporsiyalari sekin– asta voyaga etgan inson ko‘rsatkichlariga yaqinlashadi. Jinsiy voyaga etish (o‘g‘il bolada 13- 14, qiz bolada 11-12 yosh) va jinsiy bezlar gormonlarining tasirini ortishi ostida qalqonsimon bezning funksiyalari kuchayadi, timus qayta rivojlanishga (involyusiyaga) uchraydi. Bosh miya katta yarim sharlarining qobig‘i «organizmning barcha funksiyalarini bosh boshqaruvchisi va taqsimlovchisi» sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Qo‘zgalish va tormozlanish jarayonlari muvozanatlasha boradi, farqlash va umumlashtirish funksiyalari, ayniqsa, ikkinchi signal tizimini rivojlanishi tufayli murakkablashadi. 8. Yuqori maktab yoki o‘spirinlik yosh davri. Bu davr qiz bolada 13 yoshdan to 18 yoshgacha, o‘g‘il bolada 15-16 yoshdan to 19-20 yoshgacha davom etadi. Bu davr qiz bolada 13 yoshdan to 18 yoshgacha, o‘g‘il bolada 15-16 yoshdan to 19-20 yoshgacha davom etadi. Ushbu davr jinsiy bezlar funksiyasini kuchayishi, ikkilamchi jinsiy yakunlanishi bilan tavsiflanadi. Boshqa ichki sekretsiya bezlarining, ayniqsa, gipofiz va qalqonsimon bezning funksiyalari ham kuchayadi. Timus bezi bundan mustasno, uning involyusiyasi davom etadi. Barcha azolar va tizimlar funksiyasi, uzluksiz rivojlanish oqibatida, sezilarli darajada takomillashadi. 19 Moskvada yosh fiziologiyasi va jismoniy tarbiya instituti tomonidan 1965 yilda yoshga oid davriylik muammolariga bag‘ishlab o‘tkazilgan simpozium barcha ilmiy, talim, davolash va boshqa tashkilotlarga quyidagi yoshga oid davriylik sxemasidan foydalanishni tavsiya qilgan: 1. Yangi tug‘ilgan - birinchi 10 kun; 2. Go‘daklik yoshi - 1 yoshga qadar; 3. Ilk bolalik - 1 yoshdan to 3 yoshgacha qadar; 4. Birinchi bolalik - 4 yoshdan to 7 yoshga qadar; 5. Ikkinchi bolalik - o‘g‘il bolalar 8 dan 12 yoshga qadar, qiz bolalar 8 dan 11 yoshga qadar; 6. O‘spirinlik yoshi - o‘g‘il bolalar13 dan 16 yoshga qadar, qiz bolalar 12 dan 15 yoshga qadar; 7. Navqironlik yoshi - o‘g‘il bolalar 17 dan 21 yoshga qadar, qiz bolalar 16 dan 20 yoshga qadar; 8. Yetuklik yoshi - birinchi davr: erkaklar 35 yoshga qadar, ayollar 21 dan 35 yoshga qadar; ikkinchi davr: erkaklar 36 dan 60 yoshga qadar, ayollar 36 dan 55 yoshga qadar; 9. Qarilik yoshi - erkaklar 61 dan 71yoshga qadar, ayollar 56 dan 74 yoshga qadar; 10. Keksalik yoshi - erkaklar va ayollar 90 yoshga qadar; 11. Uzoq umr ko‘ruvchilar - erkaklar va ayollar 90 yosh va undan yuqori. Keyinchalik har bir yoshga oid davrni eksperimental asoslash paytida ushbu davriylikka aniqlik kiritilishi mumkin. Download 5.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling