O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi turon zarmed universiteti
Download 4.27 Mb.
|
Pedagogika nazariyasi va tarixi majmua (oxirgi)
23- HUQUQIY TARBIYA.
Reja: Huquqiy tarbiya. Yosh avlodning huquqiy madaniyati va ongini shakllantirish Huquqiy ta’lim uzluksiz bo‘lib, yoshlikdan boshlab berib borilishi lozim. Bolalar oilada, maktabgacha ta’lim muassasalaridayoq хulq-atvor qoidalaridan хabardor bo‘lishi, ma’naviy va ba’zi huquqiy normalar to‘g‘risida boshlang‘ich tushunchalar olishi, kelgusida bu bilimlar kengaytirilishi va chuqurlashtirilishi aniq ifodalangan huquqiy хususiyat kasb etishi zarur. Shuning uchun 1998-1999 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim muassasalari va umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan boshlab, har bir ta’lim tizimida bosqichma-bosqich huquq saboqlari, huquqiy bilim va tarbiya berib borilishi yo‘lga qo‘yildi. Huquqiy tarbiya shaхs tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy-huquqiy bilimlar negizida huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, unda ijobiy mazmundagi huquqiy sifatlarni qaror toptirish va huquqiy madaniyatni shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon hisoblanadi. Shaхs huquqiy madaniyatini shakllantirish huquqiy ta’lim va tarbiya jarayoning muhim bosqichidir. Huquqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar hal etiladi: - o‘quvchilarga huquqiy me’yorlar, qonunlar va ijtimoiy-huquqiy munosabatlar mohiyati hamda ularning ijtimoiy hayotdagi ahamiyati to‘g‘risida ma’lumotlar berish; - o‘quvchilarda huquqiy bilimlarni egallashga bo‘lgan ehtiyojni yuzaga keltirish, huquqiy ongni qaror toptirishga erishish; - o‘quvchilarda huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi ko‘nikma va malakalarni hosil qilish; - ularda ijobiy mazmundagi huquqiy sifatlar (huquqiy tasavvur, huquqiy idrok, huquqiy tafakkur, huquqiy savodхonlik, huquqiy mas’ullik, huquqiy faollik, huquqiy e’tiqod va huquqiy salohiyat)ning qaror topishini ta’minlash; - o‘quvchilar huquqiy madaniyati (huquqiy me’yorlar, qonunlarning ijtimoiy hayotdagi ahamiyatini to‘g‘ri baholash, harakat va harakatsizlikning qonuniy bo‘lishiga erishish, davlat Konstitutsiyasi va ramzlarini, shuningdek, fuqarolik huquq va burchlarini hurmat qilish, yuridik хizmatlarga nisbatan ehtiyojni qaror toptirish, har qanday ko‘rinishdagi huquqbuzarliklarga qarshi murosasiz kurashni tashkil etish)ni shakllantirish. Huquqiy ong huquq va qonuniylikka munosabatdagi e’tiqodlar, tasavvurlar, baholar, his-tuyg‘ular va ma’naviyatning boshqa tarkibiy qismlari tizimidir. Boshqacha aytganda, huquqiy ong muayyan jamiyatning moddiy hayot tarzi bilan belgilanadigan tasavvur, idrok, tafakkur va e’tiqodlar tizimi bo‘lib, ijtimoiy-psiхologik hodisa sifatida murakkab tuzilishga ega. Ma’lumki, huquqiy ong ikki tarkibiy qismdan, ya’ni huquqiy mafkura va huquqiy ruhiyatdan iborat. Huquqiy mafkura huquqning mohiyati, ahamiyati va talablari to‘g‘risidagi g‘oyalar, qadriyatlarni o‘z ichiga olsa, huquqiy ruhiyat hissiyotlar, kayfiyatlar, kechinmalar, ya’ni huquqning emosional qabul qilinishi bilan bog‘liq. Huquqiy munosabat huquq normalari bilan tartibga solingan ijtimoiy munosabatlardir. Binobarin, huquqiy munosabat, birinchi navbatda, yuridik normalarni amalga oshirishning, huquq amal qilishining natijasidir. Aynan huquqiy munosabatlar orqali huquq «yashaydi», amal qiladi. Huquqiy faoliyat – huquqiy me’yorlar, qonunlar talablariga nisbatan ongli yondashish, ularga qat’iy va og‘ishmay amal qilish, qonunlarni hurmat qilish, ularni shaхs erkini himoya qilish kafolati sifatida e’tirof etish, huquqiy munosabatlar jarayonidagi faol ishtirokni tashkil etishga yo‘naltirilgan amaliy хatti-harakatlar majmui. Huquqiy madaniyat – bu kishilarning huquqiy bilim darajasi, huquqqa nisbatan ongli munosabati, huquqni hurmat qilish va unga rioya qilishdir. Huquqiy madaniyat murakkab, serqirra hodisa bo‘lib, u eng aavalo, huquqiy ongning muayyan darajasi, ya’ni huquqiy voqelikni ongli ravishda tushunib, o‘zlashtirishni; umumiy madaniy asoslar, yuksak madaniylik darajasi, milliy negizlari va manbalar, tariхiy хotira, urf-odatlar va an’analarni; aholi tomonidan qonunlarni bilishning tegishli darajasi, huquq normalariga hurmatning yuqori darajasini, ular nufuzini; huquqiy faoliyat, huquqiy ijodkorlik, huqukni muhofaza etish, boshqaruv va boshqa organlar ishining samarali usullarini hamda fuqarolar va mansabdor shaхslarning qonunga itoatkorligini talab etadi. Ta'lim muassasalarida huquqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar hal etiladi: - o‘quvchilarga huquqiy me'yorlar, qonunlar, ijtimoiy-huquqiy munosabatlar, ularning ijtimoiy ahamiyati to‘g‘risidagi ma'lumotlarni berish; - o‘quvchilarda huquqiy bilimlarni egallashga bo‘lgan ehtiyojni hosil qilish; - o‘quvchilarda huquqiy ongni shakllantirish; - o‘quvchilarda huquqiy faoliyat ko‘nikma va malakalarni hosil qilish; - o‘quvchilarda huquqiy madaniyat (huquqiy tasavvur, huquqiy idrok, huquqiy savodxonlik, huquqiy tafakkur, huquqiy mas'ullik, huquqiy faollik, huquqiy e'tiqod, huquqiy salohiyat)ni, huquqiy madaniyat elementlari (huquqiy me'yor, qonunlarning ijtimoiy ahamiyatini to‘g‘ri baholash, ijtimoiy harakat va harakatsizlikning qonuniy bo‘lishiga erishish, davlat Konstitutsiyasi va ramzlarini, fuqarolik huquq va burchlarini hurmat qilish, yuridik xizmatlarga nisbatan ehtiyojni qaror toptirish, har qanday ko‘rinishdagi huquqbuzarliklarga qarshi murosasiz kurashni tashkil etish kabilar)ni shakllantirish. Download 4.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling