O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi turon zarmed universiteti


Pedagog xodimlarning majburiyatlari


Download 4.27 Mb.
bet59/270
Sana15.11.2023
Hajmi4.27 Mb.
#1777195
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   270
Bog'liq
Pedagogika nazariyasi va tarixi majmua (oxirgi)

Pedagog xodimlarning majburiyatlari
Pedagog xodimlar:
ta’limtarbiya jarayoni ishtirokchilarining sha’ni, qadrqimmati va ishchanlik obro‘sini hurmat qilishi;
o‘quv mashg‘ulotlarini sifatli o‘tkazishi;
axborotkommunikatsiya texnologiyalaridan, o‘qitish va tarbiyaning ilg‘or hamda innovatsion shakllari va usullaridan foydalanishi;
ta’lim oluvchilarning psixologik va o‘ziga xos xususiyatlarini, jismoniy va ruhiy salomatligini, fiziologik rivojlanishini hisobga olishi, jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan shaxslarni o‘qitish uchun shartsharoitlar yaratilishiga e’tibor qaratishi;
voyaga yetmagan ta’lim oluvchilar bilan ta’limtarbiya ishlarini ularning otaonasi yoki boshqa qonuniy vakillari bilan hamkorlikda olib borishi;
ta’lim tashkilotining ustaviga va (yoki) boshqa ta’sis hujjatlariga, ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etishi;
o‘z malakasini muntazam ravishda oshirib borishi, egallab turgan lavozimiga muvofiqlik jihatidan davriy attestatsiyadan o‘tishi;
tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tishi shart.
Pedagog xodimlarning zimmasida qonunchilikka, shuningdek ta’lim oluvchi va ta’lim tashkiloti o‘rtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Pedagog xodimlarga pedagogik faoliyatni amalga oshirishda axloq va etika normalariga zid harakatlar sodir etish taqiqlanadi.
Pedagog xodimlarning kiyimboshiga doir talablar ta’lim tashkilotlari tomonidan belgilanadi.
Mavzuni takrorlash va mustahkamlash uchun savollar hamda topshiriqlar:

  1. Modernizatsiya jarayonlari haqida ma’lumot bering.

  2. Ta'limni modernizasiyalash deb nimani tushunasiz.

  3. O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi davlat siyosati mazmuniini tushuntiring.

  4. O‘zbekiston Respublikasinin “Ta’lim to‘g‘risida”ti Qonuni qachon qabul qilingan.

  5. O‘zbekiston Respublikasinin “Ta’lim to‘g‘risida”ti Qonunini o'qib chiqing va oldingi qonunlar bilan solishtiring.

  6. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplarini izohlang.

  7. O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim tizimi haqida ma’lumot bering.

  8. Ta’lim olish shakllariga izoh bering.

  9. Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi haqida ma’lumot bering


Download 4.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling